Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


Turizm geografik belgilar bo‘yicha 2 ga bo‘linadi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

Turizm geografik belgilar bo‘yicha 2 ga bo‘linadi; ichki va tashqi 
(xalqaro) turizm. 
Ichki turizm – bu o‘z mamakati hududida qiyinchiliksiz (vizasiz, 
bojxona to‘siqlarisiz va h.k) istalgan joyga safar qilishi, dam olishi va 
boshqa turistik faoliyatda mashg‘ul bo‘lishidir. Ichki turizm bilan xalqaro 
turizm bir-biri bilan chambarchas rivojlanib boradi. Ammo ichki turizmda 
so‘zlashuv, transport (ko‘pchilik o‘z shaxsiy avtomabillarida sayohat 
qilishini hisobga olib) va boshqa muammolar oson kechadi. Hozirgi 
kunda ichki turizm salmog‘i – 90 %. 
Xalqaro turizm – bu bir davlatdan boshqa davlatga uyushtirilgan 
sayohatidir. U viza, meditsina tekshiruvi, valyuta almashtirish va boshqa 
ko‘pgina tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro turizm ma‘lum maqsadda 
uyushtirilgan marshrut yo‘nalishi asosida guruh yoki yakka tartibda 


40 
kechishi mumkin. Bunda eng avvalo sayyohlar shu davlatning o‘ziga xos 
bo‘lgan tarixiy obida va shaharlari, madaniyati san’ati, urf-odati bilan 
tanishish hamda boshqa betakror turistik obyektlaridan zavq olishdan 
iboratdir. 
Xalqaro turizm mamlakatning to‘lov balansiga ta’sir ko‘rsatishga 
qarab faol va nofaol turlariga bo‘linadi. Har bir mamlakat uchun uning 
fuqoralari boshqa mamlakatlarga sayohat qilishi nofaol turizm, xorijiy 
sayyohlarning kelishi esa faol turizm deyiladi. 
Sayohat qilishning davomiyligiga qarab xalqaro turizm qisqa 
muddatli va uzoq muddatli turlariga ajratiladi. Agar turistik sayohatning 
davomiyligi 3 kungacha bo‘lsa, uni qisqa muddatli turizm, 3 kundan oshsa 
uzoq muddatli turizm qatoriga kiritadilar. 
Turistik oqimlar asosan 2 ta yo‘nalishda kechadi; bular kelish va 
ketish. Ma’lum bir davlat fuqoralarining boshqa davlatlarga sayohat 
qilishi ketish yo‘nalishiga misol bo‘la o‘lsa, boshqa davlatlardan bizning 
davlatimizga turistlarning tashrif buyurishi kelish yo‘nalishiga misol bola 
oladi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin