Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


Maqsadiga ko‘ra turizm quyidagi turlarga bo‘linadi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

Maqsadiga ko‘ra turizm quyidagi turlarga bo‘linadi 
Rekreatsiya turizimi – turistlarning o‘z yurti yoki biror bir 
mamlakatga dam olish uchun borishdir. Ispaniya, Italiya, Fransiya va 
Avstraliyaga boruvchi turistlar ko‘proq dam olish uchun boradilar. 
Davolanish turizmi. Ushbu turdagi turizm shaxsiy xarakterga ega 
bo‘lib, ko‘p hollarda turistlar o‘z sog‘ligini tiklash, yani davolanish uchun 
bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga boradilar. Davolanish turizmi 
organizmga ta’sir ko‘rsatishiga qarab, iqlimiy, dengiz iqlimida 


41 
davolanish, shifobaxsh balchiqqa, quyosh nurlarida davolanish kabi 
turlarga bo‘linadi. 
Ko‘rish(Tanishuv) turizmi. Turizmning ushbu turi biror bir 
mamlakat hududini tomosha qilish uchun tashkil qilinadi. Sayohat 
qilishdan asosiy maqsad – turistlarning dunyoqarashini kengaytirishdir. 
Tomosho qilish uchun sayohatga chiqishning muhim turlaridan biri 
avtomobillarda, avtobuslarda sayohat qilish hisoblanadi. 
Tadbirkorlik turizmi. Turizmning ushbu turida turistlar ma’lum 
bir maqsad yuzasidan bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga boradilar. 
Ish yuzasidan amalga oshiriladigan turistlar davvlat yoki biror bir 
tashkilot tomonidan safar xarajatlari to‘lanadi. Shu sababli ko‘pchilik 
davlatlar o‘zlarida ko‘proq xalqora yig‘ilishlr o‘tkazishga harakat 
qiladilar. Tadbirkorlik turizmida savdo-sotiq ishlarini tashkil qlish, ilmiy 
kongres, anjuman, ishlab chiqarish seminarlari, xalqaro ko‘rgazmalar, 
stanoklarning Yangi texnologik linyalarini ishga tushirish, shartnomalarni 
imzolash ishlari amalga oshiriladi. 
Ilmiy turizm. Bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o‘qish, ta’lim 
olish, malakasini oshirish, anjumanlarda ishtirok etish uchun amalga 
oshiriladigan tashriflar ilmiy turizm deb ataladi. Turizmning ushbu turi 
Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiya, Xitoy kabi davlatlarda rivojlangan. 
Sport turizmi. Turizmning ushbu turi sportchilarning turli 
musobaqalarda qatnashishi, ma’lum sport turi bo‘ycha tayyorgarlik 
ko‘rish uchun joy mamlakatlarga borishidir. 
Shop turizm. Xorijiy mamlakatlardan har xil tovarlar sotib olishi 
tushuniladi. Jumladan, turistlar Turkiya, Italiya, Portugaliya va Suriyaga 
poyabzal, trikotaj va boshqa tovarlar sotib olish uchun borsa, Hindistonga 


42 
to‘qimachilik mahsulotlarini sotib olish uchun Gretsiya va Argentinaga 
mo‘yna, po‘stin sorib olish uchun borishadi. Turizmning ushbu turi 
hisobiga Tovar sotuvchi mamlakatlar kata foyda oladilar. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin