Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

4-bo'lim: «Turistlarga hizmat ko'rsatishni xalqaro andozalar darajasiga 
ko'tarish, turizm infratuzilmasini har tomonlama rivojlantirish»,deb 
nomlanib, unda Toshkent, Samarqand, Buhoro va Hiva shaharlaridagi 
turistlarni ijaraga avtomobil vositalari bilan ta'minlash; Markaziy Osiyo 
respublikalari uchun mutahassislarni tayyorlash maqsadida Toshkent 
shahrida BTTning malaka oshirish institutini tashkil etish; BTT orqali 
turizm bo'yicha xalqaro markazlarda (Amerika, Yevropa va Osiyo 
mamlakatlari) «O'zbekturizm» MK hodimlarini, turizm va gidtarjimonlik 
bo'yicha mutahassislarni o'qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash; 
Madaniytarihiy inshootlarda halq ijodi va hunarmandlik mahsulotlari 
sotish uchun kioskalar tashkil etish, halq urfodatlari, an'analarini 
namoyish etuvchi videoroliklar tayyorlash va ularning savdosini tashkil 
etish; Muzey kolleksiyalari va arheologik topilmalar nusxalaridan 
tayyorlangan sovg`alar ishlab chiqarishni tashkil etish; Turizm 
ob'ektlarida milliy urfodatlar va an'analarni namoyish etish; Mulkchilik 
shaklidan qat'iy nazar turizm tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va 
ularning rahbarlarini attestatsiyadan o'tkazish; turistlik hizmat ko'rsatish 
andozalariga muvofiqlikni nazorat qilib borish masalalariga asosiy e'tibor 
qaratildi. Mazkur bo'limda belgilab berilgan vazifalar ham amalga 
oshirilmoqda.


74 
5bo'lim: «Jahon merosi, madaniyati va tarihiga kiruvchi 
qo'riqhonalar, yodgorlik shaharlarini muhofaza etish va ulardan maqsadli 
foydalanish 
bo'yicha 
tadbirlar»,deb nomlanib, unda quyidagi 
yo'nalishlarga 
e'tibor 
qaratildi: 
xalqaro 
ilmiyamaliy 
turistlik 
ekspeditsiyalarni tashkil etish yordamida horijdagi Vatanimiz madaniyati, 
tarihi, fani va san'ati yodgorliklarining qimmatini o'rganish; milliy boylar, 
an'anaviy choyhonalar, halq amaliy san'ati va ko'rgazmalarini tashkil etish 
va ularni turizm marshrutlariga kiritish; turizm ob'ektlarini mamlakatimiz 
tarihi bilan bog`liq tarihiy va madaniy yodgorliklarni doimiy ravishda 
qayta tiklash.
6-bo'lim: «Ichki turizmni tashkil etish bo'yicha tadbirlar»,deb 
nomlanib, unda Samarqand, Buhoro, Hiva shaharlari turizm markazlarida 
piyoda yuruvchi turistlar uchun mahsus yo'laklar tashkil etish; Toshkent, 
Samarqand, Buhoro, Hiva shaharlari va Farg`ona vodiysiga ma'naviy - 
ma'rifiy va tarihiy ekskursiyalarni tashkil etish; o'quvchi yoshlarimizni 
o'tmish merosimizga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 
maqsadida muzeylarda doimiy ravishda ochiq eshiklar kunini o'tkazish; 
bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta'minlangan oilalar farzandlari 
uchun bepul ekskursiyalar tashkil etish; O'zbekiston fuqarolari uchun 
Imom Buhoriy, alFarg`oniy, Bahovuddin Naqshband, alHorazmiy, 
atTermiziy, 
SHayh 
Najmiddin 
Kubro 
va 
boshqa 
o'tmish 
allomalarimizning memorial majmualariga ekskursiyalar tashkil etish 
vazifalari belgilab berildi. Bu boradagi ishlar ham hozirda amalga 
oshirilmoqda. Navbatdagi hujjatlar - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1996yil 21noyabrdagi «Horijiy fuqarolarning va 
fuqaroligi bo'lmagan shahslarning O'zbekiston Respublikasiga kelishlari, 


75 
ketishlari, buyerda bo'lishlari va tranzit o'tishlari tartibi to'g`risida» qarori 
va unga Respublika Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 
qarori bilan o'zgartirishlar va qo'shimchalarning kiritilishi bo'ldi. Ushbu 
qarorlarda «Horijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo'lmagan shahslarning 
O'zbekiston 
Respublikasiga 
kelishlari 
hamda 
O'zbekiston 
Respublikasidan ketishlari tartibi» tasdiqlandi. Tartibning birinchi bo'limi 
«Umumiy qoidalar»,deb nomlanib, unda respublikamizga kelish va 
ketishga haqli deb - hususiy hamda hizmat ishlari bo'yicha, turizm, dam 
olish, o'qish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun borayotgan 
shahslar va boshqa masalalar belgilab berilgan. Ikkinchi bo'lim 
«O'zbekiston Respublikasiga kelish «viza» larini rasmiylashtirish 
tartibi»,-deb nomlanib, uning 12-bandida, ayniqsa to'liq ma'lumotlar 
mujassam. Uchinchi bo'lim «O'zbekiston Respublikasidan ketish «viza» 
larini 
rasmiylashtirish 
tartibi», to'rtinchi bo'lim «O'zbekiston 
Respublikasiga kelish va undan ketish huquqidagi cheklashlar», beshinchi 
bo'lim «Chet elga ketish huquqi rad etilganligi ustidan shikoyat qilish 
tartibi»deb nomlangan. Shuningdek, ushbu qarorlarda «Horijiy fuqarolar 
va fuqaroligi bo'lmagan shahslarning O'zbekiston Respublikasida 
bo'lishlari qoidalari» tasdiqlangan. Bu qoidaning birinchi bo'limi 
«Umumiy qoidalar», ikkinchi bo'limi «O'zbekiston Respublikasida 
vaqtincha bo'luvchi horijiy fuqarolarni ro'yhatga olish»,-deb nomlangan. 
qoidaning 
13-bandida: 
mehmonhonalar, 
davolash 
muassasalari, 
sanatoriylar, dam olish uylarining mas'ul shahslari tomonidan kelib 
joylashgan shahslarning hisobi yuritiladi. 19bandida: Mehmonhonalar 
ma'muriyati O'zbekiston Respublikasiga kelish «viza» siga ega 
bo'lmagan, shuningdek, boshqa qoida buzishlarga yo'l qo'ygan horijiy 


76 
fuqarolar to'g`risida hududiy ichki ishlar organlariga zudlik bilan habar 
qilishga 
majburdir. 
Bunday 
shahslarni 
mehmonhonalarda 
rasmiylashtirish va mehmonhonalarga joylashgan horijiy fuqarolarning 
bo'lish muddatini uzaytirish qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma 
iltimosnomasida (turistlar uchun turning amal qilish muddatida) 
ko'rsatilgan, lekin «viza» ning amal qilish muddati darajasida oshiriladi»,- 
deyiladi. 
Uchinchi 
bo'lim 
«Horijiy 
fuqarolarga 
O'zbekiston 
Respublikasida doimiy yashash uchun ruhsatnomalar berish», to'rtinchi 
bo'lim «Horijiy fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi hududida 
yurishlari», beshinchi bo'lim «O'zbekiston Respublikasida bo'lish 
muddatini qisqartirish va undan chiqarib yuborish»,-deb nomlangan. 
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorlarida, shuningdek, «Horijiy 
fuqarolarning, 
fuqaroligi 
bo'lmagan 
shahslarning 
O'zbekiston 
Respublikasi hududi orqali tranzit o'tishlari qoidalari» ham tasdiqlangan. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika davlat boshqaruvi 
organlari tizimini takomillashtirish to'g`risida» 2003yil 9dekabrdagi 
Farmonini bajarish yuzasidan va turizm soh asi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan 2004yil 28iyulda «O'zbekturizm» MK faoliyatini yanada 
takomillashtirish to'g`risida» gi qarori qabul qilinganligini alohida 
ta'kidlab o'tish lozimQarorda «O'zbekturizm» MKning tashkiliy tuzilmasi 
va markaziy apparat hodimlarining cheklangan umumiy soni 45 nafar, shu 
jumladan boshqaruv hodimlari 30 nafar bo'lgan markaziy apparati 
tuzilmasi ham tasdiqlandi. «O'zbekturizm» MKning tashkiliy tuzilmasi: 
Mintaqaviy bo'limlar uchta viloyatda saqlanib qolgan: Samarqand 
mintaqaviy bo'limi, Horazm mintaqaviy bo'limi, Buhoro mintaqaviy 
bo'limi. hududiy sayohat va ekskursiya byurolari davlat korhonalari 


77 
(bundan keyin SEB dk) esa yettita viloyatda tashkil etildi: Surhondaryo 
SEB dk, Qashqadaryo SEB dk, Navoiy SEB dk, Qoraqalpog`iston SEB 
dk, Jizzah SEB dk, Namangan SEB dk, Farg`ona SEB dk. «O'zbekturizm» 
MK tizimida quyidagi mehmonhona komplekslari saqlanib qoldi: 
«AfrosiyobPalas» 
mehmonhona 
kompleksi 
davlat 
korhonasi, 
«BuhoroPalas» mehmonhona kompleksi davlat korhonasi, «Hiva» turizm 
ekskursiya kompleksi davlat korhonasi, «Jayhun» mehmonhona 
kompleksi davlat korhonasi, «Horazm» mehmonhona kompleksi davlat 
korhonasi, «Uzolmonhotelz» qo'shma korhonasi. Hizmat ko'rsatuvchi 
tuzilmalardan «Dispetcherlashtirish va hizmat ko'rsatish markaziy 
boshqarmasi» davlat korhonasi, «Respublika ilmiy-o'quv konsalting 
markazi» davlat korhonasi, «qurilayotgan ob'ektlar direkciyasi» davlat 
korhonasi ham milliy kompaniya tizimida saqlanib qoldi. Xorazm 
viloyatida turizm sohasida ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada 
yaxshilash, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya 
qilishga yo’naltirilgan qo’shimcha loyihalarni amalga oshirish uchun 
qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 
“Xorazm viloyatida turistik infratuzilmaning qo’shimcha ob’ektlarini 
barpo etish to’g’risidagi” 2013 yil 20 sentyabrda 261-sonli Qarori qabul 
qilindi: Unda quydagilar o’z aksini topgan: 1.Xorazm viloyati hokimligi, 
O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan 
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Madaniyat va sport 
ishlari vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo 
vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, «O’ztransgaz» 
aktsiyadorlik 
kompaniyasi, 
«O’zbekturizm» milliy kompaniyasi 
«O'zbekturizm» MK ma’lumotlaridan foydalanildi. hamda O’zbekiston 


78 
Respublikasi Prezidentining «Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini, 
infratuzilmasi va turizm sohasini rivojlantirish, obodonchilikni va aholi 
suv ta’minotini tubdan yaxshilash bo’yicha kompleks dasturiy chora-
tadbirlarni ishlab chiqish to’g’risida» 2012 yil 25 oktyabrdagi F–3921-
son farmoyishi bilan tuzilgan Xorazm viloyatida turizm sohasini 
rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo’yicha ishchi guruhning: davlat 
mulkining bo’sh turgan ob’ektlarini investitsiya majburiyatlari qabul 
qilish sharti bilan sotish; Urganch shahri, O’zbekiston ko’chasi manzilida 
joylashgan, 
«O’ztransgaz» 
aktsiyadorlik 
kompaniyasining 
«Urganchtransgaz» sho’’ba korxonasiga tegishli bo’lgan sobiq «Bolalar 
dunyosi» do’koni binosini baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan 
970,42 mln so’m miqdoridagi qiymat bo’yicha, 275,0 mln so’m 
miqdoridagi dastlabki to’lovni to’lagan va qolgan summani choraklar 
bo’yicha teng ulushlarda taqsimlab 5 yilda bo’lib-bo’lib to’lagan holda 
«Infinbank» xususiy ochiq aktsiyadorlik tijorat bankiga uning Xorazm 
viloyatidagi filialini tashkil etish uchun sotish; Yangi turizm ob’ektlarini 
20132015 yillar davrida Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish 
dasturiga kiritish to’g’risidagi takliflariga rozilik berilsh. 2. Investorlar 
jahon standartlariga muvofiq bo’lgan, kamida uch yulduzli mehmonxona 
darajasida munosib xizmat ko’rsatish sifatiga ega bo’lgan zamonaviy 
mehmonxonalar, shuningdek ushbu qarorga davlat mulki ob’ektlari 
bazasida xizmatlar sohasining boshqa ob’ektlarini barpo etish bo’yicha 
investitsiya majburiyatlarini o’z zimmasiga oladilar; sobiq «Bolalar 
dunyosi» do’konining binosini sotishdan tushgan mablag’lar summasi 
275,0 mln so’mini binoning balans qiymatini qoplash uchun 


79 
«O’ztransgaz» aktsiyadorlik kompaniyasining «Urganchtransgaz» 
sho’’ba
korxonasiga va 695,42 mln so’mini xayriya tarzida — Xiva tumanida 
joylashgan va Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi 
doirasida buziladigan ko’chmas mulk ob’ektlarini buzish xarajatlarini 
qoplash uchun Xorazm viloyati hokimligining maxsus hisob raqamiga 
yo’naltirish yo’li bilan taqsimlanadi. 3. O’zbekiston Respublikasining 
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish 
davlat qo’mitasi «Kengashlar uyi» binosini (Xiva shahri, Markaz 
ko’chasi, 1-uy manzilida) va FHDYo binosini (Urganch hahri, Xonqa 
ko’chasi, N.Kubro nomidagi bog’ hududi manzilida) sotishdan tushgan 
mablag’larni Xiva tumanida joylashgan va Xorazm viloyatida turizm 
sohasini rivojlantirish dasturi doirasida buziladigan ko’chmas mulk 
ob’ektlarini buzish xarajatlarini qoplash uchun Xorazm viloyati 
hokimligining maxsus hisob raqamiga o’tkazish. 4. O’zbekiston 
Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Xorazm viloyati hokimligi 
balansda saqlovchilar hamda «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi bilan 
birgalikda investitsiya majburiyatlari to’liq hajmda bajarilgandan keyin, 
ob’ektga mulk egasi huquqini berish sharti bilan investitsiyalar kiritish 
jadvalini tasdiqlagan holda investorlar bilan ushbu qarorga 1ilovada 
ko’rsatilgan davlat mulki ob’ektlari bo’yicha tegishli oldi-sotdi 
shartnomalarini tuzsish. 5. Xorazm viloyati hokimligi balansda 
saqlovchilar bilan birgalika ushbu qarorda ko’rsatilgan davlat mulki 
ob’ektlarining investorlarga berilishiqabul qilinish; O’zbekiston 


80 
Respublikasi «Ergeodezkadastr» davlat qo’mitasi bilan birgalikda ushbu 
qarorgadavlat mulki ob’ektlariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilish; 
O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi bilan 
birgalikda 
ta’mirlashqurilish ishlarini amalga oshirish uchun 
investorlarga zarur bo’lgan ruxsatnoma va loyihsmeta hujjatlari 
tasdiqlanish; 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Xususiylashtirish, 
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi 
bilan birgalikda — Urganch shahri FHDYosining yangi bino qurilishi 
tugallangunga qadar foydalanilmayotgan davlat mulki binosida vaqtincha 
joylashtirilishini (ijara to’lovisiz) ta’minlash. 6. «O’ztransgaz» 
aktsiyadorlik kompaniyasi «Urganchtransgaz» sho’’ba korxonasi 
tomonidan «Infinbank» xususiy ochiq aktsiyadorlik tijorat banki bilan 
sobiq «Bolalar dunyosi» do’koni binosining oldisotdi shartnomasi 
tuzilishini ta’minlash. 7. Xorazm viloyati hokimligi, O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va 
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasining Toshkent 
axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining Urganch shahri, 
Yangi Urganch ko’chasi, 18uy manzilida joylashgan ma’muriy binosini 
Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasiga tekin berish to’g’risidagi 
taklifiga rozilik berilsh. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 
Urganch filiali joriy yilning sentyabr oyi oxirigacha ushbu qarorning 
7bandida ko’rsatilgan ko’chmas mulkni belgilangan tartibda topshirsin, 
Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi balansga qabul qilsin va undan 
maqsadli foydalanilishini ta’minlash. 9. «O’zbekenergo» Davlat 
aktsiyadorlik kompaniyasi va «O’zkommunxizmat» agentligi Xorazm 
viloyati hokimligi hamda tanlab olingan investorlar bilan birgalikda ikki 


81 
hafta muddatda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu 
qarorga ilovalarda ko’rsatilgan barpo etiladigan mehmonxonalarni 
zamonaviy energiya samaradorligi yuqori bo’lgan isitish tizimlari va 
energiyani tejaydigan bug’qozonlari bilan jihozlash bo’yicha asoslangan 
takliflar kiritish.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin