Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


TURIZMDA STATISTIK HISOBLAR USULLARI



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

TURIZMDA STATISTIK HISOBLAR USULLARI 
Bir xil hayotdan bezgan bu odamlar o‘zlarini kundalik zerikarli 
vaqtlarini o‘zgartirish maqsadida vaqtincha uylaridan yaqin atrofdagi 
mehmonxonalarga ko‘chib o‘tadilar va turist sifatida qayd etiladilar. 
Ikkinchidan, joylashtirish vositalarining hammasi haqida ham tegishli 
statistik hisobot berishga majbur emaslar. 
Ko‘p mamlakatlarda pansionatlarda, jihozlangan xonalarda, xususiy 
kvartiralarda va boshqalarda kelishlar qayd qilinmaydi, ularda to‘xtagan 
turistlar hisobga olinmaydi. Nihoyat, bu usulda sayohat chog‘ida 
joylashish vositalarini almashtirish turistlarni ikki marta hisoblashdan 
qochib bo‘lmaydi. Joylashtirish vositalaridan olingan kelish to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar chegara statistikasi ma’lumotlaridan keskin farq qilishi 
mumkin. 
Turistik 
daromadlar 
va 
harajatlar 
(https://fayllar.org/makroiqtisodiyot-daromadlar-harajatlar-zaxiralar-
oqimlar-muvoz.html), jismoniy turistik oqim singari turli usullarda 
hisoblanadi. Xalqaro turizmning qiymat ko‘rsatkichlari turizm 
industriyasi korxonalari yoki bank hisobotlaridan tegishli formalarda 
olinishi mumkin. Bank 67 usuli – xalqaro turistlar tomonidan amalga 
oshirilgan valyuta operatsiyalari haqidagi axbortlarni yig‘ishdan iborat. 
Markaziy (milliy) bank turistik harajatlar hisobini tijorat banklari va 
valyuta almashtirish punktlari orqali turizm yo‘nalishi bo‘yicha xorijiy 
banknotlarni sotish va sotib olish haqida ular taqdim etadigan 
ma’lumotlarga tayanib olib boradi. Bank usuli Fransiya va boshqa 
davlatlarda keng foydalaniladi. Bu turistlardan qo‘shimcha axborotlar 


105 
talab qilmaydi va chegara rasmiyatchiliklarini murakkablashtirmaydi. 
Shu jumladan, statistika organlari ishini ham yengillashtiradi. 
Ma’lumotlarni qayta ishlashni va to‘lov balansini tuzayotganda markaziy 
(milliy) bank bu ishni bajaradi. Muntazam va operativ ravishda 
tizimlashtirilgan material turistik harajatlar dinamikasini tahlil etish va 
ular o‘zgarishini kuzatib borish imkonini beradi. Moliya – valyuta bozori 
ustidan qat’iy nazorat qilish va yaxshi yo‘lga qo‘yilgan hisobda bank usuli 
xalqaro turizm qiymatini ishonchlik baholashga yordam beradi. Ammo, 
biroq bu holatda ham kamchiliklardan qochish imkoni bo‘lmaydi. 
Turistik harajatlar haqiqiy hajmi juda ko‘p sabablarga ko‘ra to‘liq aks 
etmasligi mumkin: Valyuta prallel bozorining mavjudligi va moliyaviy 
suiste’mollardan, «Qora bozor» mavjud mamlakatlarda valyuta 
oqimining bir qismi bank kanallarini chetlab o‘tadi. Lekin bank 
tarmoqlari ishtirokida amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari ham ularni 
hali qayd etishni kafolatlamaydi. 
Mayda almashtirish punktlari ko‘p hollarda chet el banknotlarini 
oldi-sotdi faktlarini soliq to‘lovini yengillashtirish maqsadida yashirib 
qolishadi va bu bilan turistik harajatlar hajmini kamaytirishadi; 
Jismoniy va yuridik shaxslarning naqd valyutani to‘lov vositasi sifatida 
foydalanishdan bosh tortishi oqibatida; 
Turistik korxonalar va 
tashkilotlar ishida kliring usuli ya’ni turistlar almashishda o‘zaro 
kompensatsiya 
hisob-kitoblari 
sistemasi 
keng 
qo‘llaniladi. Bu 
operatsiyalar, shuningdek turistik tovar va xizmatlarga tashrif 
buyuruvchilar tomonidan kredit kartochkalari bo‘yicha to‘lovlar bank 
usulida hisobga olinmaydi; Xalqaro valyuta operatsiyalarini qayd qilish 
paytida, ayniqsa yirik miqdorda, ayrim mamlakatlarda qayd etish zarur 


106 
bo‘lgan transmilliy operatsiyalar uchun yuqori ostona darajasi 
belgilangan. O‘rtacha turistik harajatlar, turgan gap bu kattalikdan 
oshmaydi va statistik hisobotlarda aks etmaydi; Mamlakatda vaqtincha 
bo‘lish paytida xorijiy turistlarda almashtirilmagan mahalliy valyutaning 
mavjudligi. Xalqaro turistik harajatlar hajmi banklarda almashtirilgan 
milliy valyuta summasida o‘lchanadi. Turistlar vatanida almashtirilgan va 
olib kelgan yoki qarindosh – urug‘lariga qarz bergan mahalliy valyuta 
javob vizitlari chog‘ida kompensatsiyalanadi, bular bank usulidagi 
statistik hisobga kirmay qoladi. Nihoyat bank usuli hududiy 
bo‘linmalarda turistik harajatlar haqida to‘liq va to‘g‘ri tasavvur 
bermaydi. Hisob - kitoblar mamlakat bo‘ylab kezib yuradigan pul 
birligida yuritiladi. Ularning ayrimlari juda keng hududda harakterlanadi 
va turli davlatlardan kelgan turistlar tomonidan almashtirishga 
chiqariladi. Bunday vaziyatda 68 valyuta operatsiyalarini ushbu 
mamlakatlar bo‘yicha taqsimlash nafaqat juda qiyin, balki buning iloji 
ham yo‘q. 
Venesian universiteti huzuridagi turizm iqtisodiyoti bo‘yicha 
xalqaro tadqiqotlar markazi mutaxassislarning baholashlari bo‘yicha 
Italiyada bank usulida hisoblashda xalqaro turizmdan tushgan tushumlar 
20 % kam chiqqan. Xatoni maxsus statistik kuzatuvlar yordamida 
aniqlash va tuzatishga muvaffaq bo‘lindi. Turizmda maxsus tashkil 
qilinadigan kuzatuvlar. Turistik oqimlar va harajatlar aniq hisobi turizm 
statistikasi bosh usullari - chegaraga va joylashtirish vositalariga 
kelganlarni qayd etish, shuningdek bank usullari – maxsus kuzatuvlar 
tashkil etish bilan birgalikda olib borilganda ortadi. Immigratsiya xizmati 
tomonidan taqdim etiladigan hisobot, turistlarni qabul qilish bo‘yicha 


107 
korxonalar, banklar va valyuta almashtirish punktlari hisobotlari asosiy 
statistik axborotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ammo ommaviy-
iqtisodiy murakkab hodisalar singari u turizmning hamma tomonlarini 
qamrab olish imkoniyatiga ega emas.
Shuning uchun ham uning bir qism ma’lumotlari maxsus statistik 
kuzatuvlar yordamida olinadi. Ularning axborotlari kelib tushishi 
chog‘ida ishlanadi. So‘ngra tizimlashtiriladi, hisobdorligi to‘ldiriladi va 
turistik faoliyatning alohida qirralarini sinchiklab o‘rganishga imkon 
beradi. Tekshiruv o‘tkazish kata tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladigan 
juda murakkab ish bo‘lib, u olinadigan ma’lumotlarning to‘liqligini, 
ularni ishnochligini, birxilligini, o‘z vaqtidaligi va taqqoslanganini 
ta’minlashi lozim. Ma’lumotlarni yig‘ish oldindan ishlab chiqilgan reja 
bo‘yicha amalga oshiriladi. Rejada kuzatuvning metodologik, metodik va 
tashkiliy masalalari aks etadi. Unda maqsadi qo‘yiladi, ob’ekti va kuzatuv 
birligi ajratiladi, hamda tekshiruv dasturi tuziladi. Har qanday statistik 
kuzatuvni rejalashtirishda eng avvalo uning aniq maqsadlari 
shakllantiriladi. Xuddi ana shu vazifalar ruyxatini aniqlashtiradi va 
statistik kuzatuvlar jarayonida olinadigan ma’lumotlarni aniqlaydi. 
Turistik tekshiruvlarning ko‘proq tarqalgan maqsadlari alohida 
mamlakatlar bo‘yicha kelishlar sonini (chiqib ketish oqimi uchun 
chiqishlar) belgilash hisoblanadi. Unda tashrif buyuruvchilarning jinsiy 
tarkibi, yoshi, oilaviy ahvoli, fuqaroligi, ma’lumotlilik darajasi va 
boshqalar ifodalanadi. Turistik tekshiruvlarda safarning o‘ziga alohida 
e’tibor qaratiladi. Boriladigan joyi, ko‘zlangan masofa, transport turi, 
bo‘lish davomiyligi, joylashtirish tipi va boshqalar ko‘zda tutiladi. Tashrif 
buyuruvchilarni tekshirishdan maqsad – Aruba oroliga (Kichik Antil 


108 
orollari arxipelagi, Vest-Indiya) uyushtiriladigan sayohatlarni muntazam 
har uch oyda bir marta ko‘zdan kechirishdan iborat. Ya’ni turistlar 
tarkibini aniqlash, orolga asosiy turistik oqimni tashkil qilayotgan 
mamlakatlar, tashrif buyuruvchilar tomonidan turistik yo‘nalish sifatida 
Arubani tanlanishi, ularning Arubada bo‘lish chog‘ida harajatlari 
kattaligi, taklif qilingan turistik mahsulotlardan qoniqish darajasi kabilar 
e’tiborga olinadi. Bu axborotlar marketing strategiyasini ishlab chiqish va 
amalg oshirish, taklif qilinayotgan turistik mahsulotlarni takomillashtirish 
yoki yangilarini yaratish uchun zarurdir. Maqsadni tanlash bilan bir 
qatorda kuzatuv ob’ekti ajratiladi. Ya’ni olinadigan ma’lumotlar mohiyati 
o‘rganiladi. Kuzatuv ob’ektini aniqlashda o‘rganilayotgan 69 statistik 
ma’lumot aniq chegarasini belgilash talab etiladi. Bir holatda bu ish 
maqsadlarida safar qilayotgan shaxs, boshqasida shaxsiy avtomobilda 
sayohat qiluvchi, uchinchisida esa faqat Yevropadan yoki boshqa biror 
mamlakatlar (hududlar)dan kelayotgan turistlar bo‘lishi mumkin. 
Kuzatuv ob’ekti bo‘lib tashrif buyuruvchilarning barcha ma’lumotlari 
mazmuni hisoblanadi. Bunday tekshiruv Fransiyada muntazam 
o‘tkaziladi. 
Maxsus anketa mamlakatga kelayotgan xorijiy turistlar haqida 
mayda-chuyda tafsilotlargacha axborot olish imkonini beradi. Fransiyada 
o‘tkazilgan anketalashtirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, mamlakatga 
tashrif buyurayotgan xorijiy turistlarning yarmigina chegaraga kelishning 
eski tizimida hisobga olingan. Kuzatuv ob’ekti elementlardan yoki 
bittaginadan iborat bo‘ladi. 
Ular ob’ekti bir butun holatda o‘rganishga imkon beradigan statistik 
harakteristikaga taaluqlidir. Bu birlikka munosabat tarzida bir qator 


109 
ajralib turuvchi qirralar, qiziqtirayotgan ma’lumotlar (belgilar) qayd etib 
boriladi. Turizmda birlik kuzatuvi bo‘lib alohida olingan tashrif 
buyuruvchi yoki sayohatchi guruh (oila) a’zolarining barchasi haqida 
axborot beruvchi boshliq xizmat qilishi mumkin. Misol uchun, AQShda 
turistik harajatlarni o‘rganishda ko‘proq sayohatchi guruh boshlig‘idan 
so‘rashni ma’qul ko‘radi. Bunda albatta guruh tarkibi va soni aniqlanadi. 
Ba’zan kuzatuv ma’lumotlari uning o‘zidan emas, balki tashkiliy 
yacheykalar (korxona, muassasa va h.k) dan olinadi. Mamlakatda 
turistlarning bo‘lishi davomiyligi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish 
vositalaridan ham yig‘ib olish mumkin. Kuzatuv ob’ekti haqida 
tasavvuraga ega bo‘lish uchun, bu birlikka kiruvchi hammadan so‘rab 
chiqish shart emas. Bu tekshirish muddatlarini cho‘zib yuborgan bo‘lardi. 
Sezilarli moliyaviy sarf-harajatlarni talab qilardi. Faollar katta qismi 
diqqatini jalb etardi, umuman tekshiruvning o‘zi bosh og‘riq bo‘lardi. 
Shuning uchun statistik kuzatuvlarning kattagina qismi yoppasiga 
bo‘lmasdan, balki tanlangan holda o‘tkaziladi. Tartib - qoidaga asosan 
so‘raluvchilar sifatida tekshiruvda ishtirok etishlari uchun ma’lum 
miqdorda odamlar tanlab olinadi. Tanlash hajmi kuzatuv maqsadi va 
vazifalaridan kelib chiqilib belgilanadi. Agar bu turistik oqimning 
umumiy ta’rifi bilan chegaralaniladigan bo‘lsa, 1,5 – 2 ming tashrif 
buyuruvchidan so‘rash kifoya. Murakkabroq vazifalarni hal etish uchun 
esa, masalan, mamlakatlar yoki turistlar turli yosh guruhlarining asosiy 
xususiyatlarini o‘rganishda, ko‘proq kishilarni tanlab olish talab qilinadi. 
Tanlab olish nechog‘lik to‘g‘ri qilingani ko‘p jihatdan statistik 
axborotlarning ishonchligi va sifatiga bog‘liqdir. Singapur milliy turistik 
ma’muriyati xorijiy tashrif buyuruvchilarni muntazam ravishda tanlab 


110 
tekshiruv o‘tkazib turadigan mamlakatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Turistik kuzatuvlar amaliyoti 1971 yilda, mamlakatda birinchi marta 
turistik harajatlar kattaligi va tarkibi haqida axborot yig‘ish tashkil 
etilganda, boshlangandi. 1971 yildan buyon Singapurning «Changi» 
xalqaro aeroportidan uchib ketadigan xorijiy tashrif buyuruvchilar har yili 
so‘rovdan o‘tkaziladi. Uning oldiga katta va muhim vazifalar qo‘yilgan 
edi.
Ya’ni sayohatning modellarini tadqiq etish, tashrif buyuruvchilar 
maqsadlari, ularning turistik infrastrukturaga bergan baholari va 
Singapurda xizmat ko‘rsatish sifatini aniqlash kabilar. 70 Tekshirish 
rejasiga muvofiq tashrif buyuruvchilar tanlab olinadilar va 10 ming kishi 
atrofida anketa so‘rovidan o‘tkaziladi. Ob’ekt va kuzatuv birligi 
aniqlangach, statistik kuzatuv dasturi ishlab chiqiladi. Ya’ni javob 
olinadigan savollar ro‘yxati tuziladi. Dasturni tuzishda so‘raluvchiga 
qanday savollar berish, uni qanday shaklda ifodalash, qanday tartibda 
tarqatish masalasini hal etish zarur bo‘ladi. Odatda kundalik hayotda har 
bir kishi atrofidagilarga savol beradi. Biroq amaliy sotsialogiya va 
statistikada savollar tadqiqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun 
beriladigan savollarni tuzish alohida e’tiborni talab qiladi. Savollar 
tushunarli ma’noda, qisqa, aniq bo‘lib, anglashuvmovchiliklarga yo‘l 
qo‘ymasligi kerak. Statistik kuzatuvlar dasturini tuzuvchilarni boshqa bir 
muammo qiynab qo‘yadi, ya’ni savollar ruyxati juda uzun bo‘lib ketishi 
mumkin. O‘z-o‘zidan ma’lumki, savollar sonini o‘zaytirish bilan kuzatuv 
natijalari aniqligini oshirib bo‘lmaydi. Lekin dastur tuzishda qo‘shimcha 
savollar tug‘ilishini ham e’tibordan soqit qilmaslik kerak. Chunki, 
ularning ko‘pchiligi keyin ma’lum bo‘ladi. Ularga javob berish shart 


111 
emas. Oqibatda dastur qalinlashib ketadi, yig‘ilgan axborotlar esa sifatsiz 
bo‘lib chiqadi. Shuning uchun so‘raluvchiga savol berishdan oldin bu 
kuzatuv maqsadiga mos keladimi yo‘qmi, kutilgan javob olinadimi
hammasini taroziga solib ko‘rish kerak bo‘ladi. Moboda foydasi bo‘lmasa 
savolni tushirib qoldirish lozim. 
Anketada mavjud savollar mazmuniga qarab (so‘raluvchining 
shaxsi, xulqiatvori, bilim darajasi, haqidagi dalillar) farqlanadi. Vazifasi 
bo‘yicha esa (asosiy va asosiy emas), shakli bo‘yicha (ochiq va yopiq) 
aniqlanadi. Odamlarning bilim darajasi dalillari, haqida savollar ularning 
fikrini, istaklarini, mo‘ljallari, kelajakdagi rejalari va h. k. larni aniqlashga 
qaratilgan bo‘ladi. Turistik tekshiruvlarda odatda ular tashrif 
buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatiga taalluqlidir. Xulq-atvor 
haqidagi 
savollarda 
tashrif 
buyuruvchining 
hatti-harakatlari, 
qilmishlariga doir dalillar aniqlanadi. Shaxs, haqidagi savollarda esa 
so‘raluvchining anketadagi barcha dalillari aks etadi. Ya’ni jinsi haqidagi 
ijtimoiy-demografik blok savollari, yoshi, oilaviy ahvoli, kasbi, 
ma’lumoti va h.k.lar o‘rganiladi va aniqlanadi. Anketadagi savollar 
vazifasiga qarab o‘rganiladi, asosiy va asosiy bo‘lmagan savollarga 
bo‘linadi. Anketaning asosiy savollari tadqiq qilinayotgan ob’ekt haqida 
axborotlar yig‘ishga qaratilgan. Asosiy emaslari – so‘raluvchiga 
beriladigan savollarni tanlab (filtr savollar) javoblarni samimiy ekanligini 
ishonch hosil qilish (nazorat savollar) uchun mo‘ljallangan.
Filter – savollariga zarurat tadqiqotchiga ko‘rilayotgan barcha 
savollarga emas, balki ularning bir tizimi haqida ma’lumotlar olishda 
qo‘llaniladi. Qiziqtiruvchi guruh so‘raluvchilari boshqalardan ajratilib, 
ularga filtr – savollar beriladi. Tashrif buyuruvchilar uchun so‘rov 


112 
joylashtirish vositalarida barcha savollarni qamrab olish bilan birga 
o‘tkaziladi: turistik diqqatga sazovar joylar, anketa bloki mazmuni, 
turistlar eng ko‘p keladigan joylar haqida so‘rov filt-savollardan 
boshlanadi: Jumladan «Siz biror joylashish vositasida to‘xtadingizmi, 
yaxshi yetib keldingizmi, muammo bormi, yordam kerak emasmi»?. Bu 
savollar tunovchi turistlar, tashrif buyuruvchilarni joylashishi vositasida 
ikki marta hisobga olishning oldini oladi va 71 bor kuchlarini tunovchi 
tashrif buyuruvchilar (ekskursantlar)ga qaratish imkonini beradi. 
Nazorat savollaridan esa tadqiqotchi javoblarining ishonchligini 
tekshirib ko‘rish lozim bo‘lganda foydalaniladi. Ulardan asosan 
anketaning turistik harajatlar bo‘limini to‘ldirishda foydalaniladi. Negaki 
buni so‘raluvchi uncha xohlamay to‘ldiradi va ba’zan axborotlarni 
noto‘g‘ri beradi. Nazorat savollari asosiy savollardan oldin ham, keyin 
ham qo‘yilishi mumkin. Misol uchun, asosiy savol quyidagicha qo‘yilgan 
ishi mumkin. «Sizning joylashish uchun harajatlaringiz kattaligi 
qanday?».
Nazorat savoli undan keyin qo‘yiladi: «Siz yolg‘izmi yoki guruhda 
sayohat qilayapsizmi?». Bu ma’lumotlarga zarurat hamisha tug‘iladi. 
Chunki turist guruhda (oila) sayohat qilishi mumkin va yolg‘iz o‘zining 
emas, balki butun guruh oilaning harajatlarini ko‘rsatadi. Shakllariga 
ko‘ra savollar yopiq va ochiq bo‘ladi. Anketada yopiq savollarga javob 
variantlarining barcha ruyxati to‘liq kiritiladi. So‘raluvchi vazifasi 
shundan iboratki, u fikriga mos keladigan bitta yoki bir nechta javob 
variantlarini tanlashi mumkin.
So‘rovning bunday shakli anketani to‘ldirish va keyinchalik 
ishlanish vaqtini sezilarli tejaydi. Yopiq savollardan farqli ravishda ochiq 


113 
savollar (misol uchun: «Siz «O‘zbek havo yo‘llari» aviakompaniyasi 
haqida nima deb o‘ylaysiz») aytib berish mazmuniga ega emas va 
so‘raluvchiga javob variantini «chiqishtirmaydi». Ochiq savollar nurqtai 
nazarni to‘liq va erkin, mayda-chuyda tafsilotlarigacha ifodalashga imkon 
beradi. Shuning uchun ochiq savollar yordamida mazmuni ancha boy 
axborotlar yig‘ish mumkin. Ochiq savollarni oldindan ma’lum va bir 
xildagi javoblar variantlari ruyxati bo‘lmaganda tuzish maqsadga 
muvofiq. Savollarni tuzishdan tashqari, ularni joylashtirish tartibi ham 
muhim ahamiyatga ega.
Anketada ulardan oldin qisqagina kirish (so‘raluvchiga murojaat) 
beriladi: unda mavzu, maqsad, so‘rov vazifasi va uni o‘tkazayotgan 
tashkilot nomi aytiladi. Shuningdek anketani to‘ldirish tartibi 
tushuntiriladi. So‘ngra osonroq – betaraf ma’nodagi savollar 
joylashtirladi. 
Ular nafaqat o‘zlarining bildirish vazifasini bajarishadi, balki 
suhbatga «tortish»ni ta’minlaydi, hamkorlikka ruhiy vaziyat yaratadi. 
Bular hamsuhbatni qiziqtirishi, muhokama etilayotgan muammoga jalb 
etishi lozim. Odatda tahlil talab, fikrlanadigan, xotirani faollashtiradigan 
murakkabroq savollar anketaning o‘rtalariga joylashtiriladi. Anketa bilan 
ishlash oxirida savollar uncha qiyinlashmay boradi. Keyin uning xulosa 
qismida «pasportcha» yozib quyiladi. Uning yordamida so‘raluvchining 
shaxsiga doir ma’lumotlarni olish mumkin. Misol tariqasida Ka`Foskari 
(Italiya) Venesiya universiteti huzuridagi turizm iqtisodiyoti bo‘yicha 
Xalqaro tadqiqotlar markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan 
anketalar shakllarini keltiramiz.


114 
Statistik kuzatuv dasturiga 1- shakldagidan tashqari yana uch anketa 
shakllari kiritiladi. Ularning hammasi YEI direktivalariga muvofiq 
tuzilgan (savollar, direktiv ko‘rsatmalardan olingan, anketada qalin 
harflar bilan ajratilgan). 2 – shakl turistik harajatlar haqida ma’lumotlar 
yig‘ishga mo‘ljallangan. Safar haqida fikrlar va taasurotlar esa 3-shaklda 
aks ettiriladi. 4 – shakl o‘zida «pasportcha»ni aks ettiradi. 72 Undagi 
ma’lumotlar tashrif buyuruvchining iste’molchilik xulq atvorini 
tushinishda juda muhim rol o‘ynaydi. Bunday xildagi tekshiruvlar 
so‘raluvchi bilan juda ehtiyot bo‘lib muomila qilishini talab etadi. 
Tekshiruv kata amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, so‘rov davomida olingan 
materiallar turistik firmalar, xususan, strategik rejalashtirish va marketing 
siyosatini ishlab chiqishda foydalanishi mumkin. Potensial mijozlarning 
turli harakteristikalarida haqiqiy va yolg‘on ma’lumotlarni ajrata olish 
turistik mahsulotlarning bozordagi harakati samarali yo‘llarini qidirib 
topishda yordam beradi. Misol uchun, Ogayo shatitida o‘tkazilgan 
tekshiruv tashkilotchilari grek yo‘nalishida ishlovchi turistik firmalarga 
AQShda tarqalgan grek gazeta –jurnallari reklamalaridan, Amerikada 
eshittiriladigan grek radiosidan foydalanishni tavsiya etishadi. Unchalik 
qimmat bo‘lmagan bu reklama vositalari mijozni jalb etishga unga zarur 
axborotlarni yetkazib berishga imkon yaratadi. Amerika greklarini 
tekshirish usuli etnik kamchilikni, tashkil qiluvchi boshqa diasporalarga 
ham joriy etilishi mumkin.
Amerika greklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tekshiruvning ko‘proq 
ommaviy usuli-so‘rov yo‘li bilan to‘plangan. Uning xususiyati o‘zi 
hisoblanadi. Chunki o‘rganilayotgan hodisa va sotsial jarayonlarning 
bevosita ishtirokchisi uning o‘zidir. So‘rovchilar bilan munosabat 


115 
shakllariga bog‘liq holda og‘zaki yoki yozma ravishda so‘rovning ikki 
xiliga bog‘liq: intervyu va anketa so‘rovlari.
Bir qator tekshiruv holatlari aralash strategiyaga tayanadi. Alohida 
guruhlar 
so‘raluvchilari 
anketa 
natijalari 
bo‘yicha 
intervyu 
chuqurlashtirilgan dastur bo‘yicha olinadi.
Birlamchi ma’lumotlar yig‘ish chog‘ida hisobchi so‘raluvchi bilan 
hamma vaqt ham yuzma-yuz munosabatda bo‘lmaydi. Ba’zan, u zarur 
ma’lumotlarni operativ vositalar, misol uchun EHM yordamida olishi 
mumkin. Keyingi vaqtlarda G‘arbda kompyuter intervyusi tez-tez 
qo‘llanilapti. Bunday intervyu olish chog‘ida so‘raluvchiga savollar 
monitor ekrani orqali beriladi. 
Javoblar EHM xotirasiga qayta kodlanmasdan va tahrir 
qilinmasdan kiritiladi. Bu vaqtni tejaydi, xatolar ehtimolini kamaytiradi.
So‘rovlar uchun kompyuterlar ko‘p hollarda otellarda xollarga 
o‘rnatiladi. Unga erkin borish ta’minlanadi va har bir mehmon tegishli 
yozuvni amalga oshirishi mumkin. Bu yozuvlarda uning fikri, istak va 
takliflari aks etadi. So‘rov keng tarqalgan bo‘lsada, lekin kuzatuvning 
universal usuli emas. Statistik va sotsial amaliyotda shunday vaziyatlar 
bo‘ladiki, u yetarli samarali bo‘lmaydi. Bunday hollarda mutaxassislar 
boshqa usullar – hujjatlar tahlili, ekspert baholashlar va boshqalar yoki 
ularning so‘rovlar mosligi bilan ish ko‘radilar. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin