Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

Savol va topshiriqlar 
1.Turistiq oqimlar statistikasini o'rganishdan maqsad nima? 
2.Turistik daromadlar qanday usullarda hisoblanadi? 


131 
3.Turistik harajatlar qanday usullarda hisoblanadi? 
4.BMT jahonni nechta turistik makroreginga ajratadi? 
 
9-mавзу . Turistik bozorni segmentlash. Turizm turlari  
Reja: 
1. Turistlik xizmat bozorining funksiyalari va tarkibi 
2. Turistlik xizmat bozorini segmentatsiyalash  
3. Turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar 
.
 
1. Turistlik xizmat bozorining funksiyalari va tarkibi 
Turistlik xizmat bozori turistlik mahsulotni sotish va sotib olish 
jarayonini ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab 
chiqaruvchi va turistlik mahsulot iste’molchisi o‘rtasida jamoa iqtisodiy 
munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir. Natijada turistlik 
xizmatning pulga aylanishi (sotish-sotib olish) jarayoni vujudga keladi. 
Har bir turmahsulot ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida bir-
biriga mos tushmaydigan iqtisodiy manfaatlar bo‘ladi. Ularning bir-biriga 
mos kelishi oqibatida esa turmahsulotni sotish va sotib olish jarayoni 
vujudga keladi. Bozorda o‘ziga xos xususiyat sodir bo‘ladi, bunda xizmat 
ko‘rsatuvchi va iste’molchi qiziqishlarining kelishuvidir. Bozorda 
markaziy holatni iste’molchi yaratadi. Yaxshi sotuvchining vazifasi esa 
o‘z mijozlari talablarini qondirish hisoblanadi 
Turistlik xizmat bozori murakkab hisoblanib, bunda uning 
mahsuloti to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki o‘rtadagi dallol orqali (xo‘jalik 
sub’ekti-turoperator-turagent) sotiladi. 


132 
Ushbu omillardan tashqari yana bir holatni e’tiborga olish kerak, 
ya’ni ko‘rsatib o‘tilgan bitim har doim bir joyda amalga oshirilmaydi 
(masalan, 
mehmonxona, 
turistlarni 
qabul 
qilish 
joyi 
yoki 
turoperatorlarda). Turistlik xizmat bozori ma’lum bir o‘ziga xos joy yoki 
geografik hudud bilan chegaralan-magan. Shuning uchun turistlik 
mahsulotning oldi-sotdi ishlari sotuvchi va haridorlarni jalb qilmagan 
holda teleks, telegramma, faks, telefon, aniq hisob-kitob orqali amalga 
oshirilishi mumkin. 
Quyidagi aniq shart-sharoitlarga amal qilgandagina bozor samarali 
faoliyat yuritadi: 
• Erkin raqobat, bunda bozorning barcha ishtirokchilari o‘z 
maqsadlari (maksimal foyda bilan mahsulotni sotish yoki minimal harajat 
bilan mahsulotni sotib olish) ga intiladilar; 
• Ko‘rsatilayotgan xizmat va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
sifati va xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalarning borligi; 
• Iste’molchining erkin xolatda tanlay olish imkoni.
Zamonaviy turistlik xizmat bozori quyidagi o‘ziga xos bo‘lgan 
funksiyalarni bajaradi:
1. Turistlik mahsulotdagi iste’molchilik qiymati va sotuv qiymati 
funksiyasi. Bu turistlik mahsulot va o‘zaro pul almashuvida ayon 
bo‘luvchi qiymat harakatini bildiradi. Buning natijasida jamiyat takror 
ishlab 
chiqarishning 
normal 
yo‘nalishi ta’minlanadi, turizmni 
rivojlantirish uchun pul mablag‘i paydo bo‘ladi va yig‘iladi.
2. Iste’molchi (turist)ga turistlik mahsulotni yetkazib berish 
jarayonini tashkillashtirish funksiyasi. Turist o‘z mablag‘ini turistlik 
mahsulotga sarf qilgan holda o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojini 


133 
qondiradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, turistlik xizmat bozori 
ishchi kuchining harajatini qoplagan holda jamoaning asosiy ishlab 
chiqarish kuchini qayta tiklaydi. 
3. Mehnatga moddiy manfaatni iqtisodiy tomondan ta’minlab berish 
funksiyasi. Taqsimlash bozoridagi o‘zaro pul va turistlik mahsulotni 
taqsimlash jarayonining tugallangan shaklidan iborat.
Turistlik xizmat bozori o‘ziga xos xususiyatlariga ega: 
Turistlik mahsulotni amalga oshirishda mahsulotni sotib olish va 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin