Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


Turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

Turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar 
Turizm xizmat bozoriga va turizm talabiga bir qancha omillar ta’sir 
qiladi. Turizm talabiga boshqa tovar va xizmatlar kabi aholining oldigan 
daromadi va ularning sayohat uchun ishlatilishi ta’sir qiladi. 
Turizm iqtisodiyotning bir tarmog‘i sifatida ikki holatda barqaror 
bo‘ladi, ya’ni fuqarolarning bo‘sh vaqtlari va yetarli daromadlarining 
borligi bilan belgilanadi. Shu sababli turizmda yuqori darajada turizmga 
bo‘lgan talabni shakllantirish uchun, aholining bo‘sh vaqtini va 
daromadini oshirish yo‘llarini amalga oshirish kerak. Turizmga bo‘lgan 
talabni oshiruvchi asosiy ob’ektiv omil bo‘lib, aholining bo‘sh vaqti 
tendesiyasi hisoblanadi. 
Aholining ba’zi ehtiyojlari qondirilmaguncha, turizm ommaviy 
ahamiyat kasb etmaydi. Turizm xizmat bozorini tahlil qilishda turizm 
xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar, ya’ni so‘nggi yillarda 
O‘zbekistonda o‘z o‘ringa ega bo‘lgan iste’molchilarning ijtimoiy –
demografik va psixologik xatti-harakatlarini ko‘rib chiqamiz. 
Bu yerda asosiy omil bo‘lib, aholining joylashish strukturasi, 
aholining daromadlar darajasi, ta’lim, mashg‘ulotlar turi, aniq bir irqga 
mansubligi, jinsi, vaqti, hayot tarzi va h.k. hisoblanadi. 
Aholining strukturasi – O‘zbekiston ko‘p millatli respublika 
bo‘lib, bu yerda yuzdan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Aholining 
asosiy qismi o‘zbeklardan iborat bo‘lib, ularning salmog‘i muttasil ortib 
bormoqda. Yevropalik aholining salmog‘i kamaymoqda, buning sababi 


151 
tub aholi bilan yevropalik aholining tug‘ilish darajasidagi katta 
tafovvutdir. Respublika aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi 
istiqbolda ham kutiladi. 2015 yillarga aholi 36333 ming kishini tashkil 
qilishi hisoblab chiqilgan.
Hozirda turizm rivojlanishining kelajagini aholi strukturasining 
o‘zgarishi belgilaydi. Shu tufayli O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga 
barcha asoslar mavjudligi ko‘rinib turibdi. 
Yosh. Aholi strukturasida yoshining o‘zgarishi biznesning barcha 
sohalariga ta’sir qiladi. Turizm rivojlanishini bashorat qilishda, mamlakat 
aholisining yosh bo‘yicha tarkibini o‘rganish va turizm xizmat bozoriga 
ta’sirini aniqlash muxim ahamiyat kasb etadi. 
G‘arb kuzatuvchilari turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi 
quyidagi yosh bo‘yicha segmentlarni ajratadilar. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin