152
Turizm xizmat bozorida yoshlar ikki yosh kategoriyalari bo‘yicha
bo‘linadilar, ya’ni 18 dan 24 yoshgacha va 25 dan 34 yoshgacha.
O‘zlarining ko‘p sonliligi va ko‘proq harakatlanish qobiliyati bilan, bu
kategoriyadagilar turizm xizmat bozorining holatiga ta’sir qiladi. Odatda
bu guruhdagi yoshlar ko‘pchilikni
tashkil qilganligi sababli, bu
segmentning kompleks tendensiyasini aniqlash mumkin: kechroq
turmush qurish, oilada faqat bir bolaning tug‘ilishi, kichik uy xo‘jaligi,
oiladagi har ikkala a’zosi uchun ham kar’eraning muhimligi. Turizm
xizmat bozorida yoshlarning ko‘proq ikki guruhi uchraydi: turmush
qurmagan va bolasi yo‘q yosh oilalar.
Aholining harid qobiliyatiga 35 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lganlar
asosiy ta’sir ko‘rsatadilar. Bu segmentning hayot tarzi butun mamlakat
hayot tarzi bo‘la
boshlaydi, bu xoh sayohat bo‘lsin, yoki dam olish
maskanlari bo‘lsin, aynan shu guruhdagi aholi samolyotlardagi
sayohatlarga va kurortlarda dam olishga ishqiboz. Sayohatga va ko‘chish
vositalariga ular ko‘p pul sarflaydilar. Bularning ko‘pchiligi yaxshi ta’lim
olgan. Ular uchun o‘z bilimlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb
etadi. Yangi axborotlarni olishni ular o‘zlari uchun fikrlash doirasini
kengaytiruvchi vosita deb biladi. Bu guruhdagi kishilarning ehtiyojlarini
qondirish, turizm biznesining kelajakdagi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi
asosiy omil hisoblanadi.
45 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lganlar. O‘zlarining
yashash
joylaridan uzoqroqda, kurortlarda dam olishga, samolyotlarda sayohat
qilishga molikdir.
Bu guruh asosini ijtimoiy faol kishilar tashkil qiladi. Bu
yoshdagigilar barcha qulayliklar bo‘lishini va ekskursiya dasturlariga
153
o‘zlarining kasbiga bog‘liq ob’ektlar bilan
tanishishni kiritilishini
xohlaydilar.
Asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan tendensiya – bu keksa
yoshdagi aholining o‘sib borishidir. (60-65 yosh va 65 yoshdan yuqori).
Bu bozor doimo o‘sib boruvchi va boshqa yoshdagi segmentlarga
nisbatan asosiysidir. Bu turizmning ajralib turuvchi jixati shundaki, bu
yoshdagilar xodimlar xizmatiga, tibbiy yordamga va h.k.larga
talabi
yuqori.
Shu
jumladan
bu
turistlarning
dam
olish
vaqtlari
chegaralanmaganligi sababli, aynan turizmning mavsum oylari (iyul,
avgust) ni chetlab o‘tishga harakat qiladi va iliq kuz mavsumini yaxshi
ko‘rishlari bilan, kishini o‘ziga jalb qiladi.
Bu yoshdagi guruhlarning turizm va sayohatga bo‘lgan munosabati
nuqtai nazaridan uch asosiy guruhlarga ajratiladi:
-
55 yoshdan 64 yoshgacha:
-
65 yoshdan 74 yoshgacha va 75 yoshdan yuqori.
55 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lganlar, qo‘llarida naqd pul borligi va
bolalarining o‘qishi, tarbiyasi va ta’minotidan ozodligi bilan
harakterlanadi. 65 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lganlar faol pensionerlar
hisoblanib, sayohatchilarning asosiylarini tashkil qiladilar. 75 yoshdan
yuqori aholi unchalik faol emas va shu sababli uzoq davom etuvchi va olis
sayohatlarga molik emaslar.
Daromad. Aholining harid qobiliyati turizm rivojlanishining asosiy
omilidir. Daromadlarning o‘sishi bilan turizmga
sarf-harajatlar ham
oshadi. U yoki bu oilaning daromadi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik
tursayohatga imkoniyati yuqori bo‘ladi. O‘zlariga to‘q odamlar
daromadlarining bir qismini aynan turizmga sarflashni ma’qul qiladilar.
154
Vaqt tejash vositasi sifatida ularni ko‘proq aviatransportlar orqali
uchishlar jalb qiladi.
O‘ziga to‘q mijozlarning dam olish uchun qiladigan harajatlarining
ko‘p qismi, tur mahsulotni harid qilishga, joylashishga, ko‘ngil
ochar
dasturlarga va ovqatlanishga sarf qiladilar. Transportga qilinadigan
harajatlar jami harajatlarning katta qismini tashkil qiladi. Sababi,
transport xizmatlarida tejamkorlik qilish, joylashtirish va ovqatlanishga
ko‘ra ancha qiyin. Turizmga bo‘lgan talab to‘g‘ridan-to‘g‘ri
iste’molchilarning daromadlariga bog‘liq. Shu sababli doimo aholi
daromadlari tarkibidagi o‘zgarishlar tendensiyasini kuzatib borish kerak.
Agar iqtisodiy ko‘rsatgich kamaysa, turistlik korxonalar o‘z mahsulotlari
narxlarini tushirishlari kerak.
Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar tufayli,
inflyatsiya aholi asosiy
qismining jamg‘arilgan pul mablag‘larining kamaishi oqibatida,
aholining aniq daromadlari keskin tushib ketdi. Bunday xolatda turistlik
firmalarda ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari vujudga keladi, ya’ni
chetga ancha qimmat sayohat urniga uncha uzoq bo‘lmagan va arzonroq
mamlakat ichidagi sayohatga talabni shakllantirish kerak.
Dostları ilə paylaş: