Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


-mavzu. Turizm siyosati asoslari



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

12-mavzu. Turizm siyosati asoslari 
Reja: 
1. Davlatning turizm sohasidagi siyosati 
2. Davlatning turizm siyosatini amalga oshirish mexanizmi 
3. Turizm faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning asosiy 
maqsadlari 
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 
turizm sohasiga oid farmon va qarorlarining mazmuni 
Davlatning turizm sohasidagi siyosati 


186 
Mamlakatimizda turizm faoliyatiga
mustaqillikning dastlabki 
kunlaridanoq asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun 
barcha zarur tashkiliy - huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim 
me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmokda. 
Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga ko‘tarish, 
yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo 
huquqiy zamin yaratish lozim edi. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining mazkur yo‘nalishga taa’luqli qonun va kodekslari, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari, 
Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya vazirligining va 
boshqa mutasaddi davlat idoralarining yo‘riqnoma, ko‘rsatma va tartiblari 
ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilmoqda.
Davlatning turizm sohasidagi siyosati davlat ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosat ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. 
Davlatning turizm sohasidagi siyosati – bu turizm industriyasini va 
turizm bozori sub’ektlarini (turoperatorlar va turagentlar) rivojlantirish, 
fuqarolarga turizm xizmat ko‘rsatish shakllarini takomillashtirish hamda 
shu asosda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini mustahkamlash 
bo‘yicha davlat faoliyatidir. 
Turizm siyosati O‘zbekiston Respubikasining barcha hududida 
amalga oshiriladi, avvalombor mintaqa alohida sub’ektlar darajasida, 
undagi mavjud bo‘lgan turizm bilan mintaqa iqtisodiyoti o‘rtasidagi 
ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. 
Davlatning turizm siyosati xalq xo‘jalik kompleksini rivojlantirish 
va konkret maqsadlarga erishish uchun turizm sohasi faoliyatiga davlat 


187 
ta’sirining shakllari, usullari va ta’sir qilish yo‘nalishlari yig‘indisidan 
iborat. 
Turizmni 
rivojlantirishda 
boshqarish 
strategik 
tizimi 
samaradorligini oshirishga muayan choralarning kompleks ishlatilishini 
qo‘llash orqali erishish mumkin (Rasm 9.1.). Hozirgi paytda respublikada 
20 dan ortiq mahalliy va respublika darajasida turizm rivojlantirish 
dasturlari amalga oshirilmoqda va yirik loyihalar qabul qilinmoqda. 
Turizm bozorini 
nazorat etish, 
litsenziyalash 
Tarmoqlararo 
uzaro ta’siri 
Turizmni 
rivojlantirish 
viloyat dasturla-
rini kullash 
Konunchilikni 
mukammallash-
tirish 
Ilmiy ta’minot 
Kadrlar bilan 
ta’minlash 
Statistika hiso-
botini takomil-
lashtirish 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin