Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

Turizm strategiyasi turizmni rivojlantirish va qayta tashkillash-
tirish sohasidagi davlat faoliyatini belgilaydi. Bu faoliyat avvalo amalga 
oshirish uchun vaqt va kattagina moliyaviy resurslarni talab etuvchi 
maqsadli dasturlar va rivojlanishning umumiy konsepsiyasini ishlab 
chiqishga qaratilgan. 
Taktika deganda, ma’lum maqsadga erishish usuli bo‘lib, tanlangan 
xatti-harakatlar yo‘li tushuniladi.
Turizm taktikasi – bu aniq sharoitlarda qo‘yilgan maqsadga erishish 
usullari va aniq chora tadbirlardir (masalan, xalqaro turizm faoliyatini 
litsenziyalash tartibi, turizmda narxni shakllantirish, soliqqa tortish va 
h.k.). Turizm taktikasining maqsadi mazkur xo‘jalik vaziyatida yanada 
maqbul yechimni tanlashdan iboratdir. 
Konsepsiyaning bosh maqsadi – bir tomondan O‘zbekiston va chet 
el fuqarolarini turizm xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun 
keng imkoniyatlarni ta’minlovchi zamonaviy, yuqori samarali va 
raqobatbardosh turizm kompleksini yaratish bo‘lsa, boshqa tomondan 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda kattagina hissa qo‘shadi, 
jumladan ishchi o‘rinlari sonini ko‘payishi hisobidan, respublika 
byudjetiga soliq tushumlarini tushirish bilan, madaniy va tabiiy 
merosimizni saqlab qolish hamda oqilona foydalanish bilan amlga 
oshiriladi. 
Bu maqsadlarga erishish uchun qo‘yidagilar nazarda tutilgan: 


190 
• turizm soxasini O‘zbekiston iqtisodiyotining tarkibiy qayta 
qurishdagi asosiy yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritish; 
• «O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish» respublika 
maqsadli dasturini bajarish; 
• xalqaro huquqiy amaliyotga mos keluvchi turizmni 
rivojlantirishni me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish; 
• tashqi va ichki turizmni rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi 
iqtisodiy mexanizmlarni shakllantirish, bu sohaga investitsiyalarni jalb 
qilish va davlat kafolatlarini soliq va bojxona imtiyozlarini va davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlashni boshqa usullarini taqdim etish yo‘li bilan 
ichki turizm bozorini himoya qilish; 
• turizm faoliyatini litsenziyalash (ruxsatnoma berish) va 
sertifikatlashni qat’iy tizimini yuritish; 
• tarmoqni moddiy texnika bazasini rivojlantirish va turizm xizma-
tining yuqori texnologiyali komplekslarini shakllantirish maqsadida 
turizm, bank tuzilmalari, transport, mehmonxona va sug‘urta 
kompaniyalari kooperatsiyasi uchun qulay sharoitlarni yaratish. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin