Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma
Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: • turizm industriyasi sohasidagi munosabatlarni takomillashtirishga
yo‘naltirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yaratish;
194
• ichki va jahon turizm bozorlarida turizm mahsulotini siljitishga
hamkorlik qilish;
• turistlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni xavfsizligini
ta’minlash;
• turizm industriyasida standartlash, litsenziyalash, turizm
mahsulotini sertifikatlash;
• turizmni rivojlantirish manfaatlarini hisobga olgan holda
O‘zbekiston Respublikasiga kirish, O‘zbekiston Respublikasidan chiqib
ketish va O‘zbekiston Respublikasi hududiga tashrif buyurish tartiblarini
belgilash;
• turizmni rivojlantirish respublika maqsadli dasturini ishlab
chiqish va amalga oshirishga bevosita byudjet ajratmalarini ko‘paytirish;
• turizm industriyasiga investitsiyalar kiritish uchun qulay
sharoitlarni yaratish;
• soliq va bojxona tizimini tartiblashtirish;
• O‘zbekiston Respublikasi hududida turizm faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi va O‘zbekiston Respublikasi hududida turizm bilan
shug‘ullanish uchun chet el fuqarolarini jalb etuvchi turoperator va
turagentlarga imtiyozli kreditlar taqdim etish, soliq va bojxona
imtiyozlarini berish;
• turizm faoliyatida kadrlar tayyorlashga hamkorlik qilish;
• turizm industriyasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish;
• xalqaro turizm dasturlarida O‘zbekiston turistlari, turoperatorlari,
turagentlari va ularning birlashmalari ishtirokiga hamkorlik qilish;
• kartografik mahsulotlar ta’minoti;
195
• O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda
qo‘llaniladigan boshqa usullar.