Idoralararo Kengash tuzilib, ushbu Kengash faoliyatining asosiy
vazifalari sifatida quyidagilar belgilab berildi:
1. turizm sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
2. jahon andozalari darajasida kichik va o‘rta mehmonxonalar,
motellar va kempinglar tarmog‘i shakllantirilishini muvofiqlashtirish;
3. sayr-tamoshalar zamonaiy industriyasini, madaniy va sport -
sog‘lomlashtirish markazlarini barpo etishga ko‘maklashish;
4. noyob turizm imkoniyatlari va tarixiy - madaniy merosini keng
ko‘lamda targ‘ib qilinishi va maskanlashtirishni tashkil etish;
198
5. turizm
tizimida
muvofiqlashtirilgan
ilmiy-texnikaviy
va
investitsiya siyosatini o‘tkazish;
6. turizm sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni
ta’minlash.
Yurtimizda turizm ishini yanada rivojlantirish va uni tashkil etishni
takomillashtirish, turizm xizmatlari bozorida kichik va o‘rta turistlik
tashkilotlarining qatnashishini faollashtirish, xorijiy sarmoyadorlarni
turizm sohasidagi faoliyatga keng jalb qilish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 8-avgustda «Turizm
tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida» qaror
qabul qildi.
Qarorda Xususiy turistlik tashkilotlar uyushmasi (bundan buyon -
XSTU) ni tashkil etish va uni «O‘zbekturizm» MK tarkibiga a’zo sifatida
kirishi belgilab berildi. Shuningdek, «O‘zbekturizm» MK XSTUga
turistlik tashkilotlar faoliyatini tashkil etish, marketing, malakali kadrlar
tayyorlash va ularni qayta tayyorlash hamda turizm faoliyati sohasida
qonun hujjatlariga rioya etish bilan bog‘liq masalalarda uslubiy va
huquqiy yordam ko‘rsatishni ma’lumot uchun qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, MK tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar
ro‘yxatiga, boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 55 nafardan iborat
bo‘lgan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarsiz) ijro etuvchi apparat
tuzilmasiga, XSTU ning namunaviy tashkiliy tuzilmasiga va uning
boshqaruvini ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasiga ilovalarga
muvofiq rozilik berildi. XSTU boshqaruvi raisi lavozimiga ko‘ra
«O‘zbekturizm» MK raisining o‘rinbosari hisoblanadigan bo‘ldi. XSTU
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
199
• «Buyuk Ipak yo‘li» ni tiklashda, respublikada turizmning
zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirishda faol qatnashish;
• uyushma a’zolari bo‘lgan xususiy turizm tashkilotlariga
ko‘maklashish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
• turizm sohasida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish;
• xususiy turizm tashkilotlarini rivojlantirishga xorijiy sarmoya-
dorlarni va mamlakatimizdagi yuridik va jismoniy shaxslarning
mablag‘larini jalb qilish;
• «O‘zbekturizm» MK da, davlat organlarida va jamoat
tashkilotlarida
uyushma
a’zolari
bo‘lgan
xususiy
sayyohlik
tashkilotlarining manfaatlarini ifodalash;
• uyushma a’zolariga axborot, maslahat va uslubiy yordam
ko‘rsatish;
• turizm biznesi sohasida xodimlarning kasb tayyorgarligiga va
ularni qayta tayyorlashga ko‘maklashish.
O‘zbekistonda turizm sohasini yangi bosqichga kutarishda
Respublika Prezidentining 1999-yil 15-apreldagi «2005 - yilgacha
bo‘lgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi
to‘g‘risida» gi Farmoni alohida ahamiyatga egadir. Ushbu Farmon
millatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashga ko‘maklashish
hamda xalqaro turizm bozoriga uzviy qo‘shilish, O‘zbekistonning
madaniy-tarixiy va ma’naviy merosini jahon hamjamiyatiga targ‘ib qilish,
shuningdek, turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro andozalar
darajasiga kutarish maqsadida qabul qilinib, 2005 - yilgacha bo‘lgan
davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi va uni amalga
oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tarkibi tasdiqlandi.
200
Farmonda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, turistlik tashkilotlar
xorijdan keltiriladigan texnologiya va mehmonxona uskunalari, turizm
maqsadlariga mo‘ljallangan transport vositalari uchun bojxona bojlari
to‘lashdan uch yil muddatga ozod qilinishi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek,
«O‘zbekturizm» MK tizimidagi korxonalarga xorijiy turistlarga erkin
ayirboshlanadigan valyuta hisobidan turistlik xizmat va qo‘shimcha
xizmat ko‘rsatish huquqi berilib, buning uchun maxsus kassalar
ochilishiga ruxsat berildi. «Umid» jamg‘armasi har yili studentlarni
turizm industriyasi mutaxassisliklari bo‘yicha yetakchi xorijiy
mamlakatlarga ta’lim olish uchun yuborishni ko‘zda tutishi ko‘rsatib
o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar, Moliya va Madaniyat
ishlari vazirliklarining va «O‘zbekturizm» MKning O‘zbekiston
Respublikasining AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya,
Fransiya va Italiyadagi elchixonalarida madaniyat va turizm masalalari
bo‘yicha maslahatchi lavozimi birliklarini joriy etishlariga ijozat berildi.
Ushbu Davlat dasturi olti bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘lim:
«Turizmning me’yoriy - huquqiy bazasini shakllantirish»,-deb nomlanib,
unda O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida» gi Qonunini
tayyorlash, fuqarola-rimizning xorijga chiqishi va O‘zbekistonga xorijiy
fuqarolarning kirishi haqidagi takliflarni o‘rgangan holda, xorijiy turistlar
uchun boj, viza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish Nizomiga
o‘zgartirishlar kiritish; Madaniy meros yodgorliklarining to‘liq
Dostları ilə paylaş: |