Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


Rasm 2. O‘zbekistonda turizm sohasini boshqarish



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

Rasm 2. O‘zbekistonda turizm sohasini boshqarish 
bo‘yicha davlat organlari 
 
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 
turizm sohasiga oid farmon va qarorlarining mazmuni 
Turizm sohasiga oid ishlab chiqilgan ilk me’yoriy hujjat bu - 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 27-iyuldagi 
«O‘zbekturizm» MKni tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni va 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 20-
oktyabrdagi «O‘zbekturizm» MK faoliyatini tashkil etish masalalari 
haqida»gi qaroridir. Mamlaka-timizda jahon andozalariga javob 
beradigan turizm tizimini barpo etish, ushbu soha boshqaruvini 
takomillashtirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, shuningdek, 
mamlakatimizda mavjud bo‘lib kelgan va sobiq ittifoqqa bo‘ysungan 
«O‘zbekturizm» Milliy 
kompaniyasi 
Viloyatlardagi 
mintaqaviy bo‘limlari va 
byurolari 
MK 
qoshidagi 
davlat 
korxonalari: 
Dispetcherlashtirish va xizmat kursatish 
markaziy 
boshqarmasi, 
Kurilayotgan 
ob’ektlar direksiyasi, 5 ta mexmonxona 
kompleksi va «Uzolmonxotelz» qo‘shma 
korxonasi 
Xususiy turistlik tashkilotlar uyushmasi 
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “Fan, ta’lim, ma’daniyat va 
sport” masalalari Qo‘mitasi
Vazirlar Mahkamasi xuzurida turizm buyicha Idoralararo Kengash 


196 
turistlik tashkilotlar va muassasalarni respublika ixtiyoriga o‘tkazish 
ushbu farmon va qarorning bosh maqsadi qilib olindi. 
Mazkur farmon O‘zbekistonda turizm sohasini takomillashtirish
uni yangi bosqichga ko‘tarish, «O‘zbekturizm» MK ni tuzish uchun 
dastur bo‘lib xizmat qildi. 
Keyingi yillarda ishlab chiqilgan muhim hujjatlar qatoriga 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Buyuk 
Ipak yo‘li» ni qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini avj 
oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni hamda mazkur farmonni amalga oshirish 
maqsadida 
e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2007-yil 3-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida 
xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini kiritish mumkin. 
O‘zbekiston tarixi uzoq, ajdodlari buyuk, madaniy merosi 
sermazmun ko‘hna yurtlardan biridir. Ayniqsa, mamlakatimizni sharq va 
g‘arbni bog‘lab turuvchi «Buyuk Ipak yo‘li» dagi belbog‘ sifatida yaxshi 
bilamiz. «Buyuk Ipak yo‘li» qariyib ikki ming yillik tarixga ega. Uning 
bir uchi Xitoy bo‘lsa, ikkinchi uchi Italiyadir. Bu yo‘lni «Ipak yo‘li», 
«Karvon yo‘li» deb ham ataladi. Bunday nom berilishiga sabab, ipak 
mahsulotlari karvonlar orqali tashib o‘tilgan, Shuningdek, bronza, chinni, 
jun xom-ashyolari va ulardan tayyorlangan buyumlar ham olib o‘tilgan. 
«Buyuk Ipak yo‘li»da nafaqat savdo-sotiq, shu bilan birga madaniyat
san’at, ilm-fan, ma’naviyat, ma’rifat, odobu-axloq, tinchlik, turizm, 
targ‘ibot-tashviqot (reklama), talab va taklif (marketing) ham muttasil 
shakllangan, yuqori darajaga yetgan. «Buyuk Ipak yo‘li»da ko‘hna 


197 
Turkiston hududi yetakchi uringa, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, 
Xo‘jand, Chorjuy kabi shaharlar esa muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Hozirgi O‘zbekiston hududi bu yo‘lning qoq markazida joylashgan. 
Soxibqiron Amir Temur davrida «Buyuk Ipak yo‘li» keng rivojlangan. 
Shularni e’tiborga olib, qabul qilingan ushbu hujjatlar g‘oyat muhim 
xalqaro turizm yo‘nalishi - «Buyuk ipak yo‘li»ni qayta tiklash, bunga 
xorijiy turistlarni jalb etish, shuningdek, mamlakatimizda zamonaviy 
turizm siyosatini vujudga keltirishga asosiy maqsadni qaratdi. Buning 
uchun esa: «Buyuk ipak yo‘li»dagi shaharlar - Samarqand, Buxoro, Xiva 
va Toshkentda xalqaro turizm bo‘yicha maxsus ochiq iqtisodiy mintaqalar 
tashkil etish, mazkur shaharlarning aeroportlari va temir yo‘l vokzallarida 
xorijiy turistlar uchun bojxona rasm-rusumlarining xalqaro me’yorlarga 
mos soddalashtirilgan tartibi, tranzit turistlar uchun maxsus bojxona 
zonalari, turistlik tashkilotlar uchun soliq imtiyozlari joriy qilish, 
imtiyozli kredit berish ko‘zda tutildi.
Farmon va qarorlarning muhim jihatlaridan biri shu bo‘ldiki, unda 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida turizm bo‘yicha 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin