206
joylashgan shaxslarning hisobi yuritiladi. 19-bandida: Mehmonxonalar
ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasiga kelish «viza» siga ega
bo‘lmagan, shuningdek, boshqa qoida buzishlarga yo‘l qo‘ygan xorijiy
fuqarolar to‘g‘risida hududiy ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar
qilishga
majburdir.
Bunday
shaxslarni
mehmonxonalarda
rasmiylashtirish va mehmonxonalarga joylashgan xorijiy fuqarolarning
bo‘lish muddatini uzaytirish qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma
iltimosnomasida (turistlar uchun turning amal qilish muddatida)
ko‘rsatilgan, lekin «viza» ning amal qilish muddati darajasida
oshiriladi»,- deyiladi. Uchinchi bo‘lim «Xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnomalar berish», to‘rtinchi
bo‘lim «Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida
yurishlari», beshinchi bo‘lim «O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish
muddatini qisqartirish va undan chiqarib yuborish»,-deb nomlangan.
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorlarida, shuningdek, «Xorijiy
fuqarolarning,
fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston
Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tishlari qoidalari» ham tasdiqlangan.
Respublikamizda turizm sohasi bo‘yicha yuqori malakali kadrlar
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, turizmning iqtisodiy
salohiyatini mustahkamlash va uning samaradorligini yanada oshirish
maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 30-
Dostları ilə paylaş: