Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


Turizmga oid boshqa me’yoriy hujjatlar mazmuni



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

Turizmga oid boshqa me’yoriy hujjatlar mazmuni 
Hozirgi paytda «O‘zbekturizm» MK tomonidan vazirliklar
korxonalar, tashkilotlarning taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda 
O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
markazining 
1998-yil 
31-dekabrda 
ro‘yxatdan 
o‘tkazgan 
«Mehmonxonalar klassifikatsiyasi» ishlab chiqildi. Mazkur standart 
kamida 10 nomerga ega bo‘lgan mehmonxonalar, motellar, kempinglar, 


210 
turistlik bazalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan 
turistlar va fuqarolarning boshqa vaqtincha yashab turish joylarining 
klassifikatsiyasini belgilaydi.
Unda shuningdek, ishlatiladigan asosiy terminlarning sharhi
mehmonxonalarga qo‘yiladigan umumiy talablar, ularning javobgarligi, 
turli toifadagi mehmonxonalarga qo‘yiladigan talablar haqida batafsil 
ma’lumotlar berilgan. Ayniqsa, turli toifadagi mehmonxonalarga 
qo‘yiladigan talablarda: bino va unga tegishli hudud, texnik jihozlar, 
nomerlar fondi, texnik ta’minot, mebel va boshqa jihozlar ta’minoti, 
jihozlash va nomerlardagi sanitariya-gigiyena buyumlari, umumiy 
foydalanish sanitariya ob’ektlari, jamoat joylari, ovqatlanish xizmatlari 
ko‘rsatish joylari, xizmatlar, ovqatlanish xizmatlari, xizmatchilar va 
ularni 
tayyorlashga 
bo‘lgan 
talablar 
haqida 
1-5 
yulduzli 
mehmonxonalarga xos aniq vazifalar berilgan. 
Turizm bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi 
1994-yil 5-oktyabrda Samarand shahrida BTT ning majlisida ushbu 
deklaratsiya qabul qilindi. Unda butun dunyoga murojaat qabul qilinib, 
turizmni rivojlantirish masalalariga e’tibor berildi. Ayniqsa, «Buyuk Ipak 
yo‘li» ning markazini tashkil etgan O‘zbekistonga turizm ishida keng 
ahamiyat berilishi xususida, yurtimizdagi mavjud turistlik resurslardan 
unumli foydalanish uchun imkoniyatlarni izlab topish haqida fikr-
mulohazalar bildirildi. 
YUNESKO bo‘yicha ma’lumotlar: 
Ma’lumki, O‘zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarga boy 
mamlakat. Mana shu bebaho merosimizning ko‘pgina qismi insoniyat 
mulkiga aylanganligiga ko‘p vaqt bo‘lgan. YUNESKO ning Jahon merosi 


211 
ro‘yxatiga Xivadagi Ichan Qal’a 1990-yil, Buxoroning tarixiy markazi 
1993-yil, Shahrisabzning tarixiy markazi 2000-yil kiritilgan. 2001-yil 12-
16 dekabr kunlari Finlyandiyaning Xelsinki shahrida YUNESKOning 
Jahon merosi Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib, unda Samarqand 
shahri YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Bundan 
tashqari, ushbu ro‘yxatga respublikamizdan «Boysun bahori» nomi bilan 
Surxandaryo mintaqasi ham kiritildi. Demak, endilikda mazkur to‘rtala 
tarixiy maskan xalqaro hamjamiyat muhofazasida bo‘ladi. Hozirgacha 
dunyodagi 721 ta madaniy va tarixiy yodgorliklar YUNESKOning Jahon 
merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin