Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


Turizm industuriyasi va uning xalqaro turizmi rivojlanishidagi roli



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

Turizm industuriyasi va uning xalqaro turizmi rivojlanishidagi roli 
Turizm industriyasini aniqlashning juda ko`p yo`llari mavjud. 
Ulardan biri va nisbatan muvaffaqqiyatlirog`iga BMT ning 1971-yilda 
savdo va taraqqiyot bo`yicha Konfirensiyasida baho berildi. Unga ko`ra, 
turizm industriyasi-sayohat qiluvchi shaxslar uchun tovarlar va 
xizmatlarga qaratilgan o`xshash ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
faoliyatlar turlaridir. Keyinchalik turizm industriyasi tushunchasi o`z 
mohiyatini oydinlashtirish va turistik sector tarkibini belgilashdi turlixil 
qiyinchiliklarga duch keldi ular turizm intisturiyasining iqtisodiyotini 
boshqa sohalar bilan o`zaro mustahkam bog`liqligida paydo bo`lgandi. 
Turistik talablar majmuasi va ko`p qirrali ehtiyozlarni qondirishda sanoat 
va qishloq xo`jaligi, qurilish va savdo tarmoqlari ishtirok etdi. AQSH 
savdo vazirligining ma`lumotlari bo`yicha tashrif buyuruvchilarga hizmat 


180 
ko`rsatish sohasiga mamlakat iqtisodiyotining 24 tarmog`i jalb etildi. Shu 
munosabat bilan turistik sektorga aniq chegara qo`yish va tarmoqlardan 
ajratib tashlash g`oyat mushkil ishdir.
Hozirgi paytda amaldagi klassifikatorlardan birontasi ham uzul kesil 
belgilovchi royxatga ega emas. Turizm sohasida faoliyat turlarining 
xalqaro tasnifi (SIKTA) davlatlari BTD (VTO) tomonidan ishlab 
chiqilgan va 1992-tilda BMT statistikasi kamissiyasi vaqtincha tasnif 
sifatida qabul qilingan. SIKTA turizmga dahildor statisti axborotlarni 
obektiv yig`uv tizimini yaratish, qayta ishlash, umumlashtirish va 
tarqatishga xizmat qilishga asoslangan. 
SIKTA ni joriy etish quyidagilarga imkon berdi: - turizmning 
nisbatan to`liqroq statistik manzarasini yaratish; 
▪ milliy hisoblarni turizmdagi iqtisodiy faoliyatning turlari tasnifini 
yangi tamoyillarga qaratish; 
▪ turizm to`g`risidagi milliy va xalqaro darajada statistik 
ma`lumotlarni taqqoslashni ta`minlash - mutaxassislarga bozor 
kon`yukturasi, turistik tovarlar va xizmatlar to`g`risida ishonchli 
axborotlar taqdim etish; 
▪ statistik hujjatlarda turizm faoliyati turlari tasnifini talab va taklif 
nuqtai nazardan bog`lash; -xalqaro savdo taraqqiyotida turizm hissasi va 
to`lov balansi ahvoli to`g`risida aniqroq baholash va o`tkazish. 
SIKTA ishlanmalarida markaziy masala bo`lib klassifikatsion 
belgilarni tanlash hisoblanadi. Turizm bilan bog`liq iqtisodiy faoliyat 
an`anaviy ravishda tashrif buyuruvchilar Tovar va hizmatlar iste`molida 
va ularga sarflanadigan turistik harajatlar nuqtayi nazaridan aniqlanadi. 
Turizmga bunday yondashuv turli tarmoqlar faoliyat turlarini qamrab 


181 
olgan yig`uv sohasi asosiy manba sifatida namoyon bo`ladi, chunki tashrif 
buyuruvchilar iqtisodiyotning amalda hamma sohalarida harajatlarni 
ko`taradi. ‘’Turistik xarajatlarga daxldor ta`sirlar hisobga olinganda, faqat 
bir soha – mudofa hech qanday ta`sirga ega bo`lmaydi’’ deb ta`kidlanadi. 
Mavjud turistik faoliyat turlari va mahsulotlarni ro`yxati asosiy statistic 
hisobotlar shakllarida turizm haqida zarur tarzda tassavur bermasada 
muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Uning haqiqiy mashtabi va 
iqtisodiy potensialini aniqlashga yordam beradi. Talabga qurilgan bu 
ko`rinishlar milliy hisoblar tizmi va xalqaro tasniflar bilan mos kelmaydi. 
Chunki ularda tarmoqlar va iqtisodiy faoliyat turlari ishlab chiqarish 
harajatlari va mahsulot chiqarish, ya`ni taklif nuqtayi nazari mantiqdan 
kelib chiqadi. 
Taqqoslashni ta`minlash va SIKTA keng yoyilishi xalqaro 
tarmoqlar standartlari tasniflari bilan mustahkam bog`langan. Ular kod 
tarkiblari tipalogiyasi va keying nomenklaturlaridan foydalanib ishlab 
chiqarilgan. Bunda iqtisodiy faoliyat turlarini tanlash umumiy bosh 
mezon bo`lib hisoblanadi: ya`ni masshtab,ixtisoslashish darajasi va ishlab 
chiqarishni markazlashtirish (bozorni qamrab olish). Shu bilan birga 
talabga asoslangan turizm chegarasini belgilashda voz kechish maqsadga 
muvofiq bo`lardi. SIKTA doirasida ikki yondashuvni qo`shish 
qo`shimcha guruh belgilarini kiritish tufayli mumkin bo`libdi. Ya`ni 
turistik harajatlar ustun yo`nalishlarga e`tabor qaratiladi. Turizmda 
takliflar xususiyatlar bilan bir qatorda, SIKTA turistik harajatlar ulushiga 
to`g`ri keladigan ro`yxatlarga tashrif buyuruvchilar hohishi va talabini 
qo`shib aks ettirdi. Tanlangan belgilar muvaffaqiyatli ravishda bir-
birlarini to`ldirdi va turizm sohasini chuqurroq idrok etish imkonini berdi. 


182 
SIKTA 17 bo`lim, 18 bo`limchalar, 43 guruhlar, 66 klass va 121 klass 
bo`laklarini o`zida mujjasamlashtirgan. Rekratsion xo`jalikning o`xshash 
tarkibi sobiq sovet ilmiy adabiyotlarida o`tgan asrning 70-80- yillaridayoq 
ishlab chiqilgandi. Tadqiqotchilar ketma-ket amalga oshiriladigan 
texnalogik operatsiyalar doirasida rekratsion tarmoqda mavjud faktlardan 
kelib chiqishdi. Unga kiritiladigan xo`jalik aholi dam olishini tashkil 
qilishda faol ishtirok etadi. Ammo uning rekration faoliyat bilan bog`liq 
darajasi turlicha. Bir muassa o`z rekration hizmatini ko`rsatishga 
ixtisoslashadi – bu ularning ishiga bosh, ko`pincha yagona yo`nalishda. 
Sayyohlik va ekskursiya byurolari, otellar, motellar, restaranlar va kafelar 
tashrif buyuruvchilarga hizmat ko`rsatishdan 100% ga yaqin daromad 
oladi. Ular dam olish sohasidan tashqarida faoliyat yurita olishmaydi va 
iqtisodiyotning rekratsion sektori uchun tarkib yaratish ahamiyatiga ega. 
Boshqa guruhlar hayotiy ta`minlash korxonalari tashkil qiladilar. Ular 
turizm obyekti ham, uning natijasi ham emas. Ularning xizmatidam 
mijozlar ham mahalli aholi ham foydalanadi. Shunga qaramasdan savdo 
tarmoqlari, komunal – xizmat ko`rsatish transport, aloqa mavjudligi aholi 
dam olishini tashkil etishning zarur shartlari hisoblanadi. Turizm 
industriyasi – bu o`xshash mehmonxonalar va boshqa joylashtirish 
vositalari, transport tarmoqlari, ko`ngil ochar obyektlar ishbilarmonlik
sog`lomlaashtirish, transport va boshqalarga mo`ljallangan tashkilotlar, 
shuningdek, ekskursion hizmatlaar va gid – tarjimonlar hizmati ko`rsatish 
majmuasidir. Turistik talabni to`liq va har tamonlama qondirish. Turizm 
industriyasi barcha obyekt va tashkilotlari, hamma xildagi vositalarni, 
ishlarini muvafaqiyatlashtirishni taqozo etadi.


183 
Turizm industriyasi (sanoati) turizm jarayonida turistlar iste`moli 
uchun zarur bo`lgan turizm xizmatlari, ish va tovarlarni yetkazib beruvchi 
muvofiqlashtirilgan turizmdir. Jahonda oilaviy turizmni rivojlanishi 
turizm industriyasi va xo`jaliklarning bir-biriga bog`liq tarmoqlarini din 
va ma`daniyatni ta`lim tizimini shunday qizg`in rivojlanishini keltirib 
chiqaradi. Ana shu shart-sharoitlardan kelib chiqib, aytish mumkinki, 
turizm industriyasi bu – mehmonxonalar va joylashtirishning boshqa 
vositalari, tashish hizmatlari, umumiy ovqatlanish obyeklari, ko`ngil 
ochish joylari va vositalari, bilim ortirish, davolash, sog`lomlashtirish, 
sportga doir, diniy marosimlik, ishbilarmonlik va boshqa maqsadlarga 
molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentlari amalga oshiruvchi 
shuningdek turistik ekskursiya yoki tarjimonlik xizmatlarini taklif 
qiluvchi tashkilotlar majmuidir.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin