Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


Ishbilarmonlar davrasi a’zosi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

Ishbilarmonlar davrasi a’zosi – aniq bir maqsad sari intiluvchan 
faol shaxsdan farqli o‘laroq qimmatli ta’til uchun o‘zida ko‘proq 
mablag‘ga ega. Doimiy turar joyi va o‘zining oilasi bo‘lganligi uchun 


146 
uzoq masofaga ketishni xohlamaydi. U ishbilarmonlar jurnali, gazetalar 
o‘qiydi va qisqa sayohat, tabiat va axborotlar to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlar 
muxlisi. 
Ko‘k yoqaliklar – uncha katta bo‘lmagan shaharlarda yoki katta 
shaharlarning atrofida, chetlarida turadilar, xalqning boyligi to‘g‘risida 
qayg‘uradilar (vatanparvarlik hissi). Oilasi bilan palatkalarda dam olishni 
ajoyib deb biladi. Baliq ovlashni yaxshi ko‘radi.
An’anaviy uy egasi – uning asosiy muammosi bo‘lib, tez 
o‘zgarayotgan zamon bilan birga boraolmayotganligidir. Eski urf-
odatlarga molik va boshqa odamlardan ham shuni kutadi. Har bir 
ishlatilgan pulidan maksimal daromad olishga harakat qiladi. Hech 
qachon kreditga harid qilmaydi. Tavakkalchilik bilan bog‘liq barcha 
ishlardan uzoqroq yurishga harakat qiladi. Komediyalarni yaxshi ko‘radi. 
Dunyodagi so‘nggi yangiliklar haqida faqat televizor orqali xabardor 
bo‘lishni afzal ko‘radi.
Yuqorida qayd etilgan segmentlar iste’molchilar haqida yuzaki 
tavsif beradi. Turistlik xizmat bozorini umumlashtirilgan segmentlar 
harakteristikasi bo‘yicha bo‘linganda turli talab va istakli iste’molchilar 
guruhi namoyon bo‘ladi. Har bir segment asosiy bozorni tashkil qilib, 
ushbu bozorda maxsus tur mahsulot ishlab chiqariladi. Ijtimoiy 
demografik ma’lumotlar har bir segmentning fizik va moliyaviy 
xususiyatlari va cheklanmalarini namoyon qiladi. Turmush tarzini 
namoyon qilish har bir segmentning talab va so‘rovnomasi haqida 
ma’lumot beradi. Har bir segmentdan foydalanish haqidagi ma’lumotlar 
qaysi vosita yordamida mazkur segmentni reklama qilish maqsadida 
reklama kompaniyasi o‘tkazish kerakligini ko‘rsatadi 


147 
Shunday qilib segmentlashni amalga oshira borib turistlik firmalar 
biron bir alomatlari o‘xshash bo‘lgan mijozlar guruhini aniqlaydi. Har bir 
bozor segmentlari o‘ziga xos turistlik takliflarga muvofiq kelishi kerak. 
Bunday yondashish amalda bor bo‘lgan talabni faqatgina qoniqtiribgina 
qolmay, balki unga o‘zgartirishlar kiritadi.
Butun jaxon turistlik tashkilot daromadlar darajasini belgilash 
kombinatsiyasi asosida va ta’lim darajasi bo‘yicha to‘rtta turistlik xizmat 
bozori segmentini ajratadi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin