Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

To‘rtinchi segment – bular yuqori malakali kishilar bo‘lib, tabiatni, 
ma’daniyat, yashash tarzi, xalqlarning dini, udumlari bilan qiziquvchi 
shaxslardir. Ushbu toifada turlicha daromadga ega kishilar bo‘lib, sayohat 
uchun ular kattagina mablag‘ ajratishlari mumkin. Ko‘pincha ular 
yig‘ilgan omonatlarini ushbu yo‘lda sarflashadi. Ushbu bozor segmenti 
ko‘pchilikni tashkil qilmaydi, ammo keyingi paytlarda ularning soni 
oshib bormoqda. 
Jadval 18.2. 
Daromadlar 
darjasi bo‘yicha 
guruhlar 
Turistlar guruhi 
Foiz 
1-guruh (100 
dollargacha) 
Toshkent va Toshkent atrofi bo‘yicha 
ekskursiyalar, sport turlari, pensionerlar 
uchun sanatoriyalar
7% 


149 
2-guruh (300 
dollargacha) 
Sanatoriya 
va 
sog‘lomlashtirish 
komplekslarida dam olish (3-5kun) 
13% 
3-guruh (500 
dollargacha) 
Avtobus turlari (Chexiya, Polsha, Vengriya), 
shop turlar (Italiya), dam olish (Turkiya, 
Kipr, Vengriya) 
20% 
4-guruh (1000 
dollargacha) 
Suvdagi marshrutlar, kombinatsiyalashgan 
va sog‘lomlashtirish turlari 
50% 
5-guruh (1000 
dollardan 
yuqori) 
Dengiz kruizlari, ish bilan bog‘liq, tog‘-
changi va ekzotik turlar 
10 % 
18.2. jadvalda daromadlari bo‘yicha iste’omol darajasiga ega 
bo‘lgan turistlik xizmat talabdorlari guruhi keltirib o‘tilgan. 
Birinchi guruh iste’molchilari qisman kam hajmga egadirlar. 
Bundan kelib chiqadigan fikr ijtimoiy turizmning taklif qilinadigan 
sohalari kam bo‘lar ekan.
Ikkinchi guruh iste’molchilari egallagan mavqeda turadi. Bu yerda 
ham taklif kilinuvchi xizmatlar spektrini ko‘paytirish kerak degan fikr 
kelib chiqadi.
Uchinchi guruh bir muncha o‘zgarmas bo‘lib, ular iste’molchilar 
daromadi darajasidan kelib chiqilgan holda guruhda hajmi yuqori.
To‘rtinchi guruh ga tavsif bera borib shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 
turistlik sohaning rivojlanib borishi, ichki va ijtimoiy turlarga talabning 
kengayishi ushbu guruhning kamayib borishiga sabab bo‘ladi.


150 
Beshinchi guruh iste’mol xizmat darajasi bo‘yicha o‘zgarmas 
mavqe’ni egallagan. Uning dinamikasida turli ijtimoiy – iqtisodiy 
faktorlar tebranishi yuzaga keladi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin