145
bozorining segmentatsiyasi hayot tarzining me’zoni bo‘yicha quyidagi
iste’molchilar guruhlarini ajratadi:
• Hayotdan lazzat izlovchi shaxs;
• Aniq bir maqsad sari intiluvchi faol shaxs;
• Ishbilarmonlar davrasining a’zosi;
• “Ko‘k yoqaliklar”;
• An’anaviy uy egasi.
Hayotdan lazzat izlovchi shaxs- bir xil ishni bajaruvchi va toza
havoda haqiqiy faoliyat turlaridan qoniqish hosil qilishni istovchi shaxs.
Baliq ovlashga, ovchilikka, sport bilan shug‘ullanishga va qimmatbaho
sport avtomobillariga qiziqadi. Uning daromadi yaxshi, lekin harid
bo‘yicha qarorlar u tomonidan qo‘l uchida hal qilinadi. Hayotini uzoqni
ko‘zlab rejalashtirmaydi. Sport, sarguzasht va boshqa dasturlarning
doimiy muxlisi.
Aniq bir maqsad sari intiluvchan faol shaxs-o‘zida barcha
mahoratini va energiyasini kasbi bo‘yicha ko‘tarilish uchun ishga soladi
va o‘z ishiga katta qizaqish bilan qaraydi. O‘ziga ishongan
,
hayotning
liberal bo‘lishini xoxlaydi va zamonaviy hisoblanadi. Doimo faol faoliyat,
yangi taassurotlar olishga harakat qiladi. Masalan, yaxtada suzish, chetga
sayohat qilish, chang‘ida uchish va hokazo. Zamonaviy madaniyatning
oxirgi yo‘nalishlaridan, hamda voqea va hodisalardan doimo xabardor
bo‘lishi uchun turli
jurnallar o‘qiydi. Xabarlar, ko‘ngilochar va sport
dasturlarini ko‘radi.
Dostları ilə paylaş: