138
Mashhur turistlik xizmat bozori-bir
muncha kamchiliklardan
iborat turistlardan tashkil topgan bo‘lib, qimmatroq, inklyuziv turlar,
ya’ni yuqori darajadagi servis va qimmatbaho mehmonxonalardan iborat,
shuningdek sayohat davrida istaklariga qarab qo‘shimcha xizmatlar
uchun haq to‘lanadi.
Individual turistlik xizmat bozori-ushbu holatda turistlar yakka
tartibda o‘z marshrutlarini
mustaqil belgilaydilar, zaruriy hollarda
transport xizmati va mehmonxonada joylashish uchun buyurtmalar
beradilar. Bu turlar badavlat kishilar uchun ancha qiziqarli bo‘lib, ularni
o‘ziga jalb qiladi. Bundan tashqari o‘z dam olishlarini biznes yoki boshqa
bir mashg‘ulot bilan
birgalikda davom ettiradilar, bu esa o‘z navbatida
oldindan dam olishni tugallash yoki qaytish muddatini belgilashlari
kerakligiga yo‘l qo‘ymaydilar.
Sayohatni tashkil qilishning tavsiflanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan
turizm xizmat bozorlariga
ajratiladi.
Harakatlanish uslubiga ko‘ra: piyoda, temir yo‘l, aviatsiya, dengiz
va daryo, hamda avtomobil turizm xizmat bozorlariga ajratiladi.
Har bir qayt etib o‘tilgan turistlik xizmat bozorlari xilma-xil bo‘lib:
ish bilan bog‘liq turizm o‘z ichga delegatsiyalar yoki alohida shaxslarning
kelishuvlarda, majlislarda, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish
maqsadini o‘z ichiga oladi. Boshqa turdagi ish bilan bog‘liq
turizm
maxsuslashgan guruhlar (kasb, ixtisoslik) bo‘yicha tuzilgan, ammo
ularning yo‘naltirilgan maqsadli holdagi aniq bir dastur orqali sayohatlari
ularni ish bilan turizmning alohida bir guruhiga ajratish lozimligini
bildiradi.
139
Marketing faoliyatining alohida xususiyati va tarkibiga ko‘ra
quyidagi bozorlar ajratiladi:
Maqsadli, bunda korxona o‘z maqsadini
amalga oshiradi yoki
oshirmoqchi bo‘ladi.
Asosiy, korxonaning asosiy xizmati amalga oshiriladi (sotiladi).
Qo‘shimcha, bunda bir qancha hajmga ega bo‘lgan xizmatlarning
sotilishi ta’minlanadi.
O‘sib borayotgan, sotish hajmining real oshish imkoniyati.
Dostları ilə paylaş: