8-mavzu. Turistik oqim statistikasi.Turistik daromad va harajatlar
statistikasi
Reja:
1. Turistlar oqimi statistikasi
2. Turistik daromadlar va harajatlar statistikasi
3. Turizmda statistik hisoblar usullari
4. Xalqaro turizm statistikasini takomillashtirishga qaratilgan asosiy
yo‘nalishlar.
Turistlar oqimi statistikasi
Turistik oqimlar statistikasi Turistik oqimlarni hisobga olish
statistikasiga XX asrning birinchi yarimida asos solingan. 1929 yilda
Avstriyaga 2 mln. ga yaqin, Shvesariga -1,5 mln., Italiyaga – 1 mln. dan
ziyod kishi tashrif buyurgan. Bir qator Yevropa mamlakatlarida erkin
turistik harakatning sayohat statistikasi yuritila boshlaydi. Biroq, ular hali
mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni yig‘ish va qayta
ishlash milliy xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib, soliq to‘lash
qonunchiligi va migratsiya ustidan nazorat qilish orqali amalga
oshirilgan. Turistik maqsadlar orqali rejaga kiritilgan turistlar boshqa
sayohatchilar qatorida alohida toifa sifatida ajratilmagan. Xalqaro turizm
82
statistikasi taraqqiyoti yangi bosqichiga XX asrning 40 - yillari oxiri, 50-
yillar boshida qadam quyildi.
Urushdan keyin Yevropa mamlkatlari juda ko‘p xo‘jalik
muammolariga duch keldilar: vayronagarchilik, boshqaruvning izdan
chiqqanligi, moliya va tovar ishlab chiqarish tizimining buzilishi shular
jumlasidandir.
Vaziyatni
barqarorlashtirish
butun
bir
koordinatsiyalashgan kompleks harakatlarni talab qilardi. Ana shunday
sharoitda hukumatlar katta umid bilan xalqaro turizmga e’tibor qildilar.
Bunda to‘lov balansini faolllashtirish, moliyaviy muvozanatga erishish,
bu bilan uzoq muddatli iqtisodiy yuksalishga o‘tishni ko‘zda
tutilgandi.1960-yillarga kelib g‘arb industrial mamlakatlari xukumatlari
va xalqaro tashkilotlar diqqati rivojlanayotgan mamlakatlar ahvoliga
qaratiladi. BMT Bosh Assamblyasi mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga
mustaqillik berish (1960 y.) to‘g‘risida Dekloratsiya qabul qildi. Joriy o‘n
yillik «Rivojlanish («o‘n yilligi») dekadasi» deb e’lon qilindi. Uchinchi
Dune mamlakatlari uchun konsultantlar iqtisodiy qoloqlikni bartaraf etish
dasturini ishlab chiqdilar. Ushbu dasturda esa turizmga muhim o‘rin
berildi. Turizmning iqtisodiy ahamiyati va hajmi o‘sishi bilan turizm
statistikasi ham rivojlanib bordi. Asta-sekin oddiy hisob-kitob
operatsiyalari murakkablashib, unga turistik migratsiya tahlillari ham
qo‘shildi.
Hozirgi paytda turizm statistikasi katta doiradagi savollarni qamrab
olgan holda, mamlakatlar iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasini baholash
maqsadida yuritilmoqda. Xususan, uning to‘lov balansiga ta’siri, turizmni
moddiy – texnik bazasini rivojlantirishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar va
tendensiyalarni aniqlash, marketing tadqiqotlari o‘tkazish va turistik
83
mahsulotlarni potensial iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir.
Sanab o‘tilgan statistik kuzatuvlarning har biri zamirida axborotlardan
aniq foydalanuvchilar mavjud. Bular – hukumat, milliy turistik
ma’muriyatlar va turistik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda turli
xil xizmatlardir. Ish jarayonida mijoz 53 ularning hammasi turizm haqida
eng yangi axborotlarga ehtiyoj sezishadi. Uning mazmuni, hajmi,
shakllari va taqdim etilishi davriyligi bilan qiziqishadilar.
Xalqaro turizm statistikasi asosan ikki bo‘limdan iborat bo‘lib,
turistik oqimlar statistikasi va turistik daromadlar hamda harajatlar
statistikasidan iborat. Ularning har biri uchun BMT asosiy ko‘rsatkichlar
ruyxatini ishlab chiqqan. Bular ixcham axborotli va nisbatan oson
o‘lchanadi.Turistik oqim ko‘rsatkichlarining eng muhimi kelish (ketish)
va mazkur mamlakatda bo‘lishning davomiyligidir. Turistlarning kelish
(ketish) soni deganda ma’lum muddat, odatda kalendar yilda bironta
mamlakatga kelgan va ketgan, ruyxatda qayd etilgan turistlar soni
tushuniladi. Turistning bir yilda bir necha mamlakatda bo‘lishi
mumkinligi hisobga olingan holda, xatto bir safar chog‘ida bir necha
davlatda bo‘lsa, haqiqiy turistlar soni kelaganlarga nisbatan kam
bo‘ladi.Jahonda turistik oqimlar soni kelish (ketish) statistikasi yozuvida
aks etadi. XX asrning 90-yillari oxirida xalqaro turistik safarlar soni 650
mln. dan oshib ketdi. Ayrim yillarda qisqa muddatli kamayish yoki
ko‘payishlarga qaramasdan, turizm taraqqiyotida barqaror ko‘payish
kuzatilmoqda. Turistlarning o‘rtacha yillik kelishining o‘sish sur’atlari
1950 yildan to 2001 yilga qadar 7 % ni tashkil qilgan. Kelishlar statistik
ma’lumotlari sayohat maqsadlari bo‘yicha guruhlanadi. Ya’ni
84
foydalanilgan transport turlari, kelish oylari, turistlarning qaysi hududlar
va mamlakatlardan tashrif buyurilganidir.
BMT jahonni oltita yirik turistik makroregionlarga ajratadi:
➢ Yevropa – G‘arbiy, Shimoliy, Janubiy Markaziy va Sharqiy
Yevropa mamlakatlari. Ularga Sobiq SSSR respublikalari, shuningdek,
Sharqiy O‘rta yer dengizi (Isroil, Kipr, Turkiya) ham qo‘shiladi.
➢ Amerika – Shimoliy, Janubiy, Markaziy Amerika orol davlatlari
va Karib havzasi hududlari.
➢ Osiyo-Tinch okeani havzasi – Sharqiy va Janubiy – Sharqiy
Osiyo mamlakatlari, Avstraliya, Okeaniya.
➢ Afrika – Afrika davlatlari, Misr va Liviyadan tashqari.
➢ Janubiy Osiyo – Janubiy Osiyoning hamma mamlakatlari.
➢ Yaqin Sharq – G‘arbiy va Janubiy – g‘arbiy Osiyo, Misr va
Liviya. Xalqaro turistik oqimning hududiy taqsimlanishining asosiy
qirralari avvaldan beliglangan.
Jahon turizm bozorida, avval boshidan hozirgacha oilaviy turistik
almashuvda Yevropa alohida ajralib turadi (2005 y. keluvchilar 442
mln.).Bu hudud Yevropaliklarning o‘zlarida ham mashhur. Shuningdek
AQSH va Kanada aholisi o‘rtasida ishtiyoqmandlar talaygina. Ikkinchi
o‘rinni uzoq yillar davomida Amerika mintaqasi mustahkam egallab
kelmoqda (2005 y. Amerikaga keluvchilar 134 mln.). Yevropa va
Amerika, eng avvalo Shimoliy, asosiy turistik hududlar hisoblanadi.
Jahondagi barcha daromadlarning 4/5 ular hisobiga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro turizmning jahon hududlari bo‘yicha dinamikasi keyingi 45
yilda sezilarli farqi ko‘zga tashlanmoqda. Sayyoramizda umumiy turistik
oqimlar 20 marta ko‘payishiga qaramay, Yevropa va Amerikada bu jahon
85
o‘rtacha darajasi sur’atlarida (yiliga mos ravishda 6,6 va 5,9 %) o‘sdi.
Yosh turistik hududlar – Osiyoning Tinch okeani, Yaqin Sharq va
Afrikada tez rivojlanmoqda. Ularda ayrim yillarda turistik 54
kelishlarning sur’atlari ikki xil raqamlarda aks etadi. Biroq ular siyosiy –
iqtisodiy omillar ta’siriga ham salbiy, ham ijobiy tomondan ko‘proq
bardoshli turizmning o‘sish davri ularda yuksalish va pasayish bilan
almashinib turadi. O‘tgan so‘nggi o‘n yillikda ko‘proq Osiyo-Tinch
okeani hududlarida dinamik holat ko‘zga tashlanadi. Ko‘p yillik kelishlar
sonining o‘sish sur’atlari jahon o‘rtacha darajasidan 9 martaga o‘sib
ketadi. Sharqiy, Janubi-sharqiy Osiyo va Okeaniyada 1997-1998 yillarda
turistik faoliyatning qisqarishi jahon moliya inqirozi bilan bog‘liqdir.
Ammo hudud 1999 yilda turistlar kelishi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatib,
uning oqibatlarini bartaraf etdi va 94 mln. safar qayd etildi Osiyo va Tinch
okeani mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistlarning kelishi 2005 yilda 155
mln. nafardan ortdi.
Afrika qit’asi va Yaqin Sharqda keluvchilar soni nisbatan tez
o‘sayotganiga qaramay mutloq past ko‘rsatkichlar jahon turizmi
dinamikasi ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir o‘tkazaolmaydi. Hududlar
taqsimlanishi bo‘yicha xalqaro turizm o‘sish sur’atlarining notekisligi
1950-1970 yillarga qaraganda 90-yillarda ularning hududiy tarkibining
o‘zgarishiga olib keldi. Osiyo-Tinch Okeani hududlari va qolgan jahon
hududlarida ahvolning barqarorlashuvi va turizm salmog‘ining oshishi
Yevropa va Amerika ulushining kamayishiga sabab bo‘ldi. XXI asrda
xalqaro turizmning hududiy tarkibi oldingi rivojlanish tendensiyalarini
saqlagan holda o‘zgarishda davom etadi. BMT ning 2020 yilgacha
prognozlari bo‘yicha Yevropa turizm bozorida o‘z o‘rnini bo‘shashtirib
86
qo‘yganiga qaramay, (717 mln. kelish mavqiyeni mustahkam ushlab
turadi.
Osiyoning Tinch okeani hududlari ikkinchi o‘ringa (438 mln.
kelish) chiqadi. Bir pog‘ona pastga tushadigan Amerika esa yetakchi
uchlik oxiridan (284 mln. kishi) joy oladi.Kelish (ketish) lar soni turistik
harakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi. Kelish (ketish)
u yoki bu vaqt oralig‘ida safarlarning mutloq soni hisobiga olingan holda
aksini topadi. Ammo biroq turistik oqim mutloq ko‘rsatkichlari turist
faollik darajasini aniqlashga imkon bermaydi. Chunki, ular aholining
umumiy
soniga
bog‘liqdir.
Shuning
uchun
ham
turistik
almashinuvlarning kelish (ketish) sonlari aholining 100 kishisi hisobiga
hisoblanadi, ya’ni nisbatan kattalik ko‘rinishida aks etadi. BMT
ma’lumotlariga qaraganda, 100 kishi hisobiga 10 safar to‘g‘ri keladi.
Ayrim hududlar va subhududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar jahon
o‘rtacha darajasidan ancha farq qiladi.Agar 1995 yil Janubiy Osiyo va
Markaziy Afrikada 100 kishi hisobiga keluvchilar 0,5 ta ga to‘g‘ri kelgan
bo‘lsa, Karib havzasi va Okeaniyada kamida 40 nafarga to‘g‘ri keladi.
Eng yuqori turistik faollik Yevropada qayd etilmoqda. Barcha
subhududlar – G‘arbiy, Shimoliy, Janubiy, Markaziy va Sharqiy
Yevropada 100 kishi hisobiga kelayotganlar va chiqayotganlar soni jahon
o‘rtacha darajasidan ko‘p bo‘layotir.
Keluvchilarning maksimal ko‘rsatkichlari Janubiy va G‘arbiy
Yevropada ayniqsa yuqori - 100 kishi hisobiga keluvchilar 60 dan yuqori,
Shimoliy va G‘arbiy Yevropada xorijga safar qiluvchilar 100 kishi
hisobiga 70 dan ko‘proq. Kelish (ketish) lar soni bilan bir qatorda turistik
oqimlar statistkasida boshqa ko‘rsatkich – bo‘lishning davomiyligidan
87
ham foydalaniladi. U yolg‘iz safarlar va bo‘lish davrida tunashlar uchun
soat hisobida aks etadi. 55 Barcha turistlarning ma’lum vaqt ichida
mamlkatda bo‘lish davomiyligi, ya’ni tunashlar umumiy soni,
mamlakatga turistik kelishuvlarda bir turistning o‘rtacha bo‘lish
davomiyligi kabi hisoblab chiqiladi.
Tunashlarni hisobga olish bunday qaraganda oddiy va oson ishday
tuyuladi. Lekin bunda eng tarjribali mutaxassislarni ham boshi berk
ko‘chaga kiritib qo‘ygan hollar bo‘lganini misol qilib ko‘rsatish
mumkin.Sayyohatga chiqqan va motelda bir necha soat to‘xtagan
avtomobilchining tunashiga, dush qabul qilishi, dam olishi, ovqatlanishi
va o‘sha kuni yangi yo‘lga tushishiga sharoit yaratilganmi? Bir joyga
qarindosh-urug‘laridan hol-ahvol so‘rab kelishga borgan kishi yarim
kechada qaytganda nima qiladi? BMT ana shu va ana shularga o‘xshash
savollarga javob berishda ikkita mezonga amal qilishni tavsiya qiladi.
Belgilangan joyga kelishi va u yerdan jo‘nab ketish sanasi farqlanishi
lozim.
Sayohatchi shaxs esa doimiy yashash joyi bo‘lmagandagina tunaydi.
Bo‘lishning davomiyligiga (tunashlar soni) bog‘liq holda sayohat
bozorining bir necha maqbul usullari qo‘llanadi;
• Qisqa muddatli (1-3 kunlik tunash) safarlarda dam olish va
bayram kunlari dam olish va ko‘ngil ochishlar, shuningdek ish
maqsadlarida.
• Ikkinchi guruhda (4-7 kun tunash) turli maqsadlarda, odatda
qo‘shimcha ta’atillardan foydalaniladi. Bozorning bu usuli dinamik
rivojlanishi bilan bormoqda.
88
• O‘rtacha muddatli safarni (8-28 kunlik tunash) tashrif buyuruvchi
davomiy ta’til vaqtida asosan dam olish maqsadida tanlaydi.
• Nihoyat davomiyligi 29- 91 va 92-365 kunlik tunash safarlari –
uzoq muddatli turizmga kiradi.
Avvalo iqtisodiy jihatdan faol bo‘lmagan shaxslar dam olish,
ko‘ngilxushlik, davolanish uchun, boshqalar ish va kasbiy maqsadlarda
(uskunalarni o‘rnatish va boshqalar) uchun foydalanadi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra 2000 yilda jahonda turistik tunashlar
soni 8,5 mlrd. ni tashkil etgan. Ularning asosiy ulushi -70 % ga yaqini
ichki turizmga to‘g‘ri keladi. Tunashlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar
kalendar oylari bo‘yicha guruhlanadi. Bunda tipi va joylashtirish
vositalari toifasi, shuningdek hududiy belgilari e’tiborga olinadi.
Mamlakatlar bo‘ylab turistik safarlarda bo‘lish davomiyligi bir xil emas.
Bu farq qabul qiluvchi mamlakatning turistik ixtisoslashuvi (ish bilan
bog‘liq, yoki dam olish, ko‘ngilxushlik turizmi), ichki bozorda narx-navo
darajasi, turistik oqimlar (tranzit yoki oxirgi), asosiy safar turizmi
bozorining uzoqligi va boshqa omillar bilan izohlanadi.
Ana shularga bog‘liq holda biron mamlakatda bo‘lishning o‘rtacha
davomiyligi hisoblab chiqiladi. Masalan, Osiyo-Tinch okeani hududi
(mamlakatlari) Singapurda uch tunashdan, Avstraliyada 24 tunashgacha
o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: |