Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

1-bo'lim
«Turizmning 
me'yoriy 

huquqiy 
bazasini 
shakllantirish»,deb nomlanib, unda O'zbekiston Respublikasining 
«Turizm to'g`risida» gi qonunini tayyorlash, fuqarolarimizning horijga 
chiqishi va O'zbekistonga horijiy fuqarolarning kirishi haqidagi takliflarni 
o'rgangan holda, horijiy turistlar uchun boj, viza va boshqa hujjatlarni 
rasmiylashtirish Nizomiga o'zgartirishlar kiritish; Madaniy meros 
yodgorliklarining to'liq ro'yhatini tuzish va nashr etish; yodgorliklarni 
noqonuniy tarzda olib chiqib ketgan va ularga ziyon etkazilgan hollarda 
davlat, jamoat tashkilotlarining, yuridik va jismoniy shahslarning 
javobgarliklari haqidagi tartibni tayyorlash vazifalari belgilab berildi. 
Mazkur bo'limda belgilab berilgandek «Turizm to'g`risida»gi qonun 


71 
1999-yil 20-avgustda qabul qilindi, boj va viza hujjatlarini 
rasmiylashtirish Nizomiga o'zgartirishlar kiritildi, hullas barcha vazifalar 
to'liq amalga oshirildi. 2-bo'lim: «O'zbekturizm» MKning 1999-2005 
yillardagi investitsiya siyosati»,-deb nomlanib, unda Samarqand shahrida 
«Prezident-otel» mehmonhonasi qurilishi (mablag`ning 85% horij 
investitsiyasi, 15% «O'zbekturizm» MK hisobidan), shahardagi 
«Samarqand» mehmonhonasini qayta tiklash (8 mln AQSH dollari. 
Horijiy va mahalliy sarmoya); Hivada yangi mehmonhona qurilishi (bu 
ham 85% ga 15%), Urganchda «Horazm» mehmonhonasini qayta tiklash 
(7,5 mln AQSH dollari, Hindiston krediti); Toshkent shahridagi 
«O'zbekiston» mehmonhonasini qayta tiklash (31,5 mln AQSH dollari, 
horijiy sarmoya). Shuningdek, 5060 o'rinli 23 yulduzli mehmonhona 
qurilishi (20 mln AQSH dollari, horijiy va mahalliy sarmoya); Toshkent 
viloyati Chorvoq suv ombori hududida dam olish zonasi va golf klubi 
qurilishi (100 mln AQSH dollari, horijiy sarmoya); Buhorodagi « 
O'zbekturizm» MK ma’lumotlaridan foydalanildi. mehmonhonasini 
qayta tiklash (8 mln AQSH dollari, horijiy sarmoya); Andijondagi 60 
o'rinli yangi mehmonhona qurilishi (12 mln AQSH dollari, horijiy va 
mahalliy sarmoya), shahardagi «Oltin Vodiy» mehmonhonasini qayta 
tiklash (8 mln AQSH dollari, horijiy va mahalliy sarmoya); Jizzahdagi 
«O'zbekiston» mehmonhonasini qayta tiklash (10 mln AQSH dollari, 
horijiy va mahalliy sarmoya); Termizdagi mehmonhonani qayta tiklash (6 
mln AQSH dollari, horijiy va mahalliy sarmoya); SHahrisabzdagi 
«SHahrisabz» mehmonhonasini qayta tiklash (6 mln AQSH dollari, 
horijiy va mahalliy sarmoya) kabi juda katta mablag` talab etiladigan 
vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, Avtobus - avtomobil parkini 


72 
modernizatsiyalashtirish (zamonaviylashtirish) uchun 12 mln AQSH 
dollari, kichik hususiy mehmonhonalar va otellar qurilishi uchun 30 mln 
AQSH dollari miqdorida sarmoya talab qilinishi belgilab berildi. Ushbu 
bo'limda belgilab berilgan vazifalardan asosiylari ham amalga oshirildi. 
Toshkent shahrining o'zida «O'zbekiston», «Toshkent», «Rossiya», 
«Do'stlik», 
«Turon» 
kabi 
mehmonhonalarni 
modernizatsiyalashtirilganligiga yoki Samarqand shahridagi «Prezident - 
otel» mehmonhonasini bunyod etilganligiga bugun guvohmiz. 
Shuningdek, boshqa viloyatlardagi vazifalar ham amalga oshirildi.
3bo'lim: «Marketing tadbirlari»,- deb nomlanib, unda O'zbekistonning 
diqqatga sazovor joylari haqida turistlarga ma'lumot berish va 
turmahsulotlarni taklif qilish maqsadida internet, E-mail xalqaro 
informatsiya 
tarmog`laridan 
foydalanishni 
rivojlantirish; 
Gidekskursovodlar 
uchun 
respublika 
tarihi, 
siyosiy 
hayoti, 
madaniytarihiy merosi, turizm imkoniyatlari, asosiy qonunlari, ijtimoiy 
fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari haqidagi barcha axborotlarni o'zida 
mujassamlashtirgan informatsionuslubiy ma'lumotnoma (spravochnik) 
ishlab chiqish; har yili Toshkent shahrida xalqaro «Buyuk Ipak yo'li» 
turistlik yarmarkasini o'tkazish, shuningdek, yirik xalqaro turistlik 
yarmarkalarda ishtirok etish; Yangi va mahsus turistlik turlarni ishlab 
chiqish (tarihiy, ekologik, ekzotik va sport); «Turizm - revyu» 
teleko'rsatuvini doimiy ravishda tashkil etish, O'zbekistonning tarihiy va 
madaniy yodgorliklariga oid kinofilmlar ishlab chiqarish, reklama 
prospeketlarini va hususiy «Buyuk Ipak yo'li» axborot - reklama haftalik 
gazetasini nashr ettirish; Informatsiya olish va almashish maqsadida 
xalqaro tashkilotlar (BTT, YUNYESKO, YUNID, PROON) bilan 


73 
hamkorlikni faollashtirish. Rivojlangan davlatlar turizm tashkilotlari 
bilan tajriba almashish asosiy vazifa sifatida karaldi. Bu bo'limda ham 
belgilangan internet va saytlar xalqaro informatsiya tarmoqlaridan 
foydalanish, gidlar uchun ma'lumotnomalar ishlab chiqish, har yilgi 
turyarmarkani o'tkazish, xalqaro turtashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga 
qo'yish kabi va boshqa vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin