44
bo‘yicha turistlar mehmonxonada, motelda, pansionatda, kempingda,
palatka singari joylarga joylashishi mumkin. Motel, pansionat va kemping
haqida tushuncha.
Motel –
shahar tashqarisida, shahar bo‘yida, magistral yo‘l
yoqalarida joylashgan oddiy bir yoki ikki qavatli binolar. Bu kichik yoki
o‘rta korxonalardir (400 o‘ringacha). Kam sonli xodimlarni o‘rta darajali
xizmat ko‘rsatishi harakterlidir. Mijozlari bo‘lib havvaskor avtoturizmiga
urg‘u berilgan turli kategoriyadagi turistlar hisoblanadi.
Pansionat – dam olish uyining bir turi yoki kurortda dam oluvchilar
mehmonxonasi. Asosan, shahar tashqarisida, xushmanzara joylarga
quriladigan bino va inshootlar majmui. Pansionat xonalar 1 kishiga,
oilaviy va keksa kishilarga mo‘ljallanganligi
bilan dam olish uylaridan
farqlanadi. Pansionatda yotoq korpusi, oshxona, kinokonsert zali,
ma’muriy, xo‘jalik va boshqa yordamchi xonalar bo‘ladi.
Kemping – avtomashinalarda sayohat
qiluvchilar uchun chodirli
yoki yengil tipda qurilgan uylari va avtomobillar turadigan joylari
(bevosita chodirlar oldida yoki umumiy maydonchada) bor yozgi
oromgoh. Kempingda yotoqxona (2-4 kishiga), oshxona, dushxona,
yuvinish joyi va boshqalar bo‘ladi. Ba’zan
Kempingda sport va raqs
tushish maydonchalari, kino zali, aloqa bo‘limi va do‘konlarni o‘z ichiga
oladi.
Dostları ilə paylaş: