158
10-mavzu. Turistik talab geografiyasi.Turistik talabning hozirgi
zamon yoʻnalishlari.
Reja
1. Turistik talab geogragʼfiyasi haqida tushuncha
2. Turistik talabning xususiyatlari.
3. Turistik talab geografiyasi.
4. Oʻzbekistonning turistik salohiyati.
Dam olish va hordiq chiqarish maqsadidagi turizm geografiyasi
Dam olish va ko'ngil ochish maqsadidagi
turistik oqimlar eng
ommaviy bo'lib, umuman turizmning geografik tuzilishini belgilaydi.
Dam olish va hordiq chiqarish maqsadidagi turizmning muhim xususiyati
shundan iboratki, mintaqalararo
sayohatlarga nisbatan, asosan, qo‘shni
davlatlarga sayohatlar ustunlik qiladi (lekin, mintaqalararo sayohatlar
salmog‘i asta-sekin ortib bormoqda). Dam olish va ko'ngil
ochish
maqsadida turizm uchun turistik oqimlarning meridional yo'nalishi
xarakteri. Shimoliy mamlakatlardan kelgan sayyohlar iliq dengiz
sohillarida dam olishni afzal ko'rishadi. Dam olish, hordiq chiqarish —
charchoqni yozadigan (qarang Charchash),
kuchquvvatni asliga
keltiradigan, ish qobiliyatini tiklashga yordam beradigan faoliyat yoki
orom holati. Mehnat va dam olish odamning oʻqish, ichib,chekish. va b.
faoliyatlari bilan uzviy bogʻlangan.
Yetarli dam olmaslik - ish
qobiliyatining pasayishi va hatto yoʻqolishi, organizmning himoya kuchi
susayishi, turli kasalliklar paydo boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin.
Mehnat va Dam olishni toʻgʻri tashkil etish salomatlik va ish qobiliyatini
uzoq vaqt saqlab qolishga imkon beradi. Dam olishning 3 turi (kundalik,
bir haftalik va yillik Dam olish) mavjud.Kundalik Dam olishga ish kuni
159
davomida qisqa muddatli tanaffuslarda bajariladigan ishlab chiqarish
gimnastikasi kiradi. Ovqatlanishga ajratilgan
vaqtning bir qismini toza
havoda oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Kundalik Dam olish tiniqib
uxlash bilan yakunlanadi. Haftada 5 kun ishlab 2
kun Dam olish sof
havoda uzoqroq boʻlish, sport bilan shugʻullanish imkonini beradi. Yillik
Dam olish taʼtil davomida taʼminlanadi. Yillik mehnat taʼtilida tabiat
quchogʻida boʻlish, havo va quyosh vannalari organizmni chiniqtirishda
nihoyatda foydali. Oqilona Dam olish tartibi koʻpgina omillar, xususan,
mehnat sharoitlari, kishining yoshi va b.ga qarab tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: