Bunday oqsillar tarkibiga har xil prostetik guruhlar, jumladan, porfirin, karotin,
izoalloksazin hosilalari va boshqalar kiradi.
Prostetik
guruhining xarakteriga qarab, xromoproteinlar gemoprotein,
flavoprotein, magniy-porfirinli oqsillarga bo’linadi. Xromoproteinlar fotosintez
jarayonida, to’qimalarning
nafas olishida, oksidlanish - qaytarilish jarayonlarida,
yorug’lik va rangni sezishda faol ishtirok etadi.
Gemoproteinlar ichida yaxshi o’rganilgani va muhim ahamiyatga ega bo’lgani
qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) tarkibida uchraydigan oqsil-gemoglobindir.
Gemoglobin prostetik guruh sifatida protoporfirinning hosilasi –gemni tutadi.
Gemoglobin 4 ta gem yadrosi va 2 juft polipeptid zanjiridan iborat globin
oqsilidan tashkil topib, yana
vinil va propion kislotalari, metil guruhlaridan tashkil
topgan tetropirol halqasidan iborat.
10--rasm. Gemning tuzilishi.
Tetrometil, divinil, dipropion, profin
Gem gemoproteinlarning prostetik guruhi bo’lib, o’pka alviolalaridan
to’qimalarga kislorod tashishda ishtirok etadi. 1 g gemoglobin eritmada normal
sharoitda 1,36 ml kislorod bilan birikadi. Uning prostetik
guruhi yoki oqsil qismi
biror kimyoviy o’zgarishga uchrasa, bu xususiyat yo’qoladi. Gemoglobin SO va
boshqa gazlar bilan oson birikadi. Agar xonada o’tin-ko’mirlarning chala yonishidan
SO ko’payib ketsa, gemoglobindagi temir atomi bilan kislorod emas,
SO gazi
birikishi natijasida uning kislorod tashish vazifasi buzilib, shu xonadagi odam is gazi
bilan zaharlanishi mumkin.
Gemoglobin to’rtta oqsilli subbirlikdan tashkil topib, har biri bittadan gem
tutadi. Oqsil tarkibidagi “birinchi” subbirlikka kislorod bog’lanishi bilan
molekuladagi ionning tutgan o’rni biroz o’zgaradi. Temir ionining harakati subbirlik
tarkibidagi aminokislotalardan tashkil topgan zanjir holatini o’zgartirib, uchlamchi
strukturali oqsil oz bo’lsa ham transformatsiyaga uchraydi.
Kislorod bilan
bog’lanmagan navbatdagi subbirliklar, kislorod bilan bog’langan “qo’shni”
subbirlik ta’sirida o’z holatini o’zgartirib kislorod bilan bog’lanadi.
SHunday qilib, birinchi subbirlik kislorod bilan bog’langandan so’ng,
keyingi subbirliklar tez va osonlikcha kislorod bilan bog’lanadilar.Demak,
subbirliklar bir-birlariga “yordam” beradi. Gemoglobin uchun uchlamchi va
to’rtlamchi strukturalarning ahamiyati kislorod atomini bog’lashda zarur omildir.
Dostları ilə paylaş: