RNK tuzilishi. Ribonuklein kislotalar (RNK) ning kimyoviy tuzilishi DNK
ga o’xshash, faqat RNK tarkibida timin o’rnida uratsil va dezoksiriboza o’rnida
riboza uchraydi.
Ular asosan UMF, TSMF, AMF va GMF lardan tashkil topgan.
RNK ham nukleotidlarning bog’lanishi xuddi DNK ga o’xshash, ya’ni nukleotidlar
o’zaro fosfodiefir bog’lari orqali birikadilar. RNK molekula tarkibida oz miqdorda
bo’lsa-da, 5-metiltsitozin, 1-metilguanin va psevdouratsillar uchraydi.
RNK molekulasi bitta polenukleotid zanjiridan tashkil topgan bo’lib, uning
fazoviy konfiguratsiyasi beqaror bo’ladi. RNK ning ayrim qismlari bir-biriga yaqin
kelib, o’zaro vodorod bog’lari bilan birikadi va spiral struktura hosil qiladi. Bunday
strukturalar RNK xillariga qarab har xil shaklda bo’ladi.
RNK
ning turlari masalan r-RNK, i-RNK va t-RNK lar o’zlariga xos
makromolekula struktura tuzilishiga ega. RNKlarning
molekulasida spirallashgan
qismlar bilan bir qatorda spiral bo’lmagan joylar ham uchraydi.
Akademik
A.S.Spirinning ko’rsatishicha, eritmaning ion kuchi, harorati va boshqa omillarga
qarab, RNK ning makromolekulalari har xil strukturaga ega bo’lishi mumkin.