15-rasm.
DNK ning modeli va chizmasi
DNK modeliga asosan uning molekulasi qo’sh spiral hosil qiluvchi ikkita
polinukleotid zanjirdan tashkil topgan. Har ikkala zanjir bitta umumiy o’qqa ega
bo’lib, diametri 0,2 nm ga teng. Nukleotidlar qoldig’i bir-biriga nisbatan 36
0
S
burchak hosil qilib joylashgan. Spiralning bir aylanasi 360
0
S yoki o’rami 10
nukleotid qoldig’idan tashkil topgan. Spiralning bir o’rami orasidagi masofa 0,34
nm ga teng bo’lib, har bir nukleotid 0,34 ni egallaydi (16-rasm)..
DNK zanjirlarining pentoza fosfat guruhlari spiralning tashqi tomonida, azot
asoslari esa ichki tomonida joylashgan. DNK molekulasidagi
adenin miqdori har
doim timin miqdoriga teng va guanin miqdori tsitozin miqdoriga teng bo’ladi.
DNK molekulasining boshqa (A,V,S,Z va boshqa) shakllari ham kashf
etilgan.
16-rasm. Qo’sh spiralning A va
V chizmasi
DNK molekulasining har xil shakllari o’zaro bir-birlariga o’ta oladilar.
Xromosomadagi genlarning vazifasiga qarab (DNK-replikatsiyasi, transkriptsiya va
boshqa holatlar) DNK molekulasining shakli o’zgarib turadi.
DNK ning uchlamchi strukturasi
Ikki spiralli DNK molekulasi har qanday organizmda zich holda joylashib uch
o’lchovli murakkab strukturani hosil qilishi mumkin. Prokariot organizmlarda ikki
zanjirli DNKning kovalentli tutashtirilgan aylana shaklidagisi
chap superspiral
holatidagi ko’rinishi uning uchlamchi strukturasini yaratadi. DNK ning
superspiralizatsiyasi nihoyatda katta bo’lgan molekulani kichik hajmdagi hujayraga
joylanishini ta’minlaydi. Ye soli DNK sining uzunligi 1 mm, hujayrasi esa 5 mkm
dan oshmaydi. DNKning superspiralizatsiyasi
zanjirning ajralishini, replikatsiya
jarayonining dastlabki bosqichini tezlashtirishda va transkriptsiyani boshlash uchun
zarur omil hisoblanadi (17-rasm).
DNK ning uchlamchi strukturasi xromosomadagi oqsil bilan kompleks holda
shakllanadi.
17-rasm. Qo’sh spiralli DNK shakllari
1-chiziqli struktura; 2-aylana
shakldagi DNK; 3-halqali superspiral; 4-
ixcham o’ralgan struktura.
Ayrim viruslar, mitoxondriy, xloroplastlar va boshqa ob’ektlardan
ajratib
olingan tabiiy holdagi DNK aksariyat, qo’sh spiralli zanjir alohida qismlari bo’yicha
superspiral holda joylashadi.
Xromosomadagi giston xilidagi oqsillar asosli xossaga ega bo’lib, DNK dagi
kislotali guruhlar bilan ion bog’lari va qo’shimcha ta’sirlar yordamida bog’lanib,
xromatinni hosil qiladi.
Xromatin va xromasomada DNK superspirallangan holatida bo’lib, bir necha
bosqichli superspirallanishni kuzatish mumkin. Birinchi bosqichda xromatinda
DNK o’ta zich, bir-biriga o’ralgan, ixcham shaklda bo’ladi. DNK molekulasining
200 nukleotid masofasi giston oqsili bilan
qoplangan matinning birligi-
nukleosomani tashkil qiladi. Dezoksiribonukleoproteid tasmasi o’z navbatida
ikkinchi tartibli spiralni hosil qiladi. Ko’rsatilgan birliklar 5, 10, 13 va 50 nm larda
qaytariladi. Xromosomadagi gistonlar spiralning ichki qismida joylashadilar.
DNKning superspiral holatidan oddiy holatga va aksincha bo’lishi topoizomeraza
fermentlari ishtirokida sodir bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: