Tekshiruv taxtalar katta sirtli detallarni tekshitrish uchun qo`llaniladi.
Ular mayday donali kul rahg cho`yandan yasaladi. Ish yuzasining aniqligi
bo`yicha taxtalar 4 klassga bo`linadi: 0, 1, 2, 3. birinchi uch klassi tekshirivda,
to`rtinchisi esa rejalashda qo`llaniladi.
Taxtalarni zarba, tirnalish, ifloslanishdan saqlash, ishdan keyin uni
yaxshilab tozalab meniral moy, skipidar yoki vazilin bilan moylash, yog`och
qopqoq bilan ustini yopib qo`yish kerak.
III. Stangensirkul bilan ishlash: Shtangenasboblar mashinasozlikda keng qo`llaniladi. Ulardan detallarning ichki,
tashqi diametrlari, uzunligi, eni, qalinligi, chuqurligi va boshqa qismlarini
o`lchashda qo`llaniladi.
Shtangensirkullarning uch turi – ShS-I, ShS-II, ShS-III ishlatiladi.
Ularning o`lchash chegaralari har xildir: 0-125 mm; 0-160 mm; 0-400 mm.
nonius bo`yicha sanoqlari 0,1 mm va 0,05 mm.
Shtangensirkul ShS-I bilan tashqi, ichki o`lchamlar va chuqurlikni
o`lchash mumkin. Shtankasining bitta uchida o`lchash jag`lari, ikkinchi uchida
chizg`ich bo`lib, undan chuqurlikni o`chashda foydalaniladi. Shtanka bo`ylab
qo`zg`aluvchi rama sirtlari suriladi. O`lchash jarayonida shtanka qisqichini vint
bilan mahkamlab qo`yiladi.
Shtangensirkul ShS-II yuqori aniqlikda o`lchash imkonini beradi.
Asbobning ustki jag`i o`tkirlangan bo`lib, undan rejalash ishlarida foydalaniladi.
Suriluvchi ramkaning shtangasi nisbatan aniq o`rnatish uchun mekrometrik
surish mexanizmi bilan ta`minlangan.
Shtangensirkul ko`rsatgichini o`qish.Shtangensirkulni ko`zning
ruparasida tutib, millimetrlarning butun sonlarini chapdan o`nga qaratib,
noniusning nolinchi shtrixi bilan sanaladi va noniusning shtanga shkalasi shtrixi
bilan ustma-ust tushadigan shtrixi topiladi. Millimetrning yuzdan bir ulushlarini
ifodalovchi chapdagi yaqiniroq raqamga sanoq boshi kattaligini nonius qisqa
shtrixining tartib raqamiga ko`paytirishdan chiqqan nateja qo`shiladi.