Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 164,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix20.04.2023
ölçüsü164,33 Kb.
#101179
1   2   3
302-304

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 1 |
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal January, 2023 
303
 
infratuzilma, aholiga xizmat ko‘rsatish sohasi)ni rivojlantirish prognozlari, tarmoq va 
hududiy prognozlari, iqtisodiyot tizimining birlamchi bug‘inlari (korxona. ishlab 
chiqarish birlashmalari hamda alohida ishlab chiqarish va mahsulotlar) prognozi.
Prognozlar vaqt davriyligi bo‘yicha tezkor, qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq 
muddatli va olis muddali prognozlarga bo‘linadi. Tezkor prognoz bir oygacha, qisqa 
muddatli bir oydan bir yilgacha, o‘rta muddatli bir yildan besh yilgacha, uzoq muddatli 
besh yildan o‘n besh to yigirma yilgacha, olis muddatli esa ushbu muddatdan ortiq 
bo‘lgan davrga tuziladi. Sanab o‘tilgan prognoz turlari shuningdek tadqiq etilayotgan 
jarayonlarni baholash mohiyati va tavsiloti bilan bir-biridan farq qiladi. Tezkor 
prognozlar prognoz davrida tadqiq etilayotgan ob’ektda miqdor va sifat jihatdan hech 
qanday sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi degan tahminlarga asoslanadi. Ularda 
kutilayotgan voqealarning aniq miqdoriy baholash ustun turadi. Qisqa muddatli 
prognozlar faqatgina miqdoriy o‘zgarishlarni nazarda tutadi. Unga muvofiq holda 
voqealarning baholanishi ham miqdoriy tarzda amalga oshiriladi. O‘rta muddatli va 
uzoq muddatli prognozlar tadqiq etilayotgan ob'ektda miqdor va sifat jihatidan 
o‘zgarishlarga tayanadi, shunda o‘rta muddatli miqdoriy o‘zgarishlar sifatli 
o‘zgarishlardan ustun turadi. O‘rta muddatli prognozlarda voqealarning miqdoriy-sifat, 
uzoq muddatli prognozlarda esa sifat-miqdoriy baholash amalga oshiriladi. Uzoq 
muddatli prognozlar faqatgina sifatli o‘zagrishlarga tayanadi, bu yerda faqatgina tadqiq 
etilayotgan ob’yekt rivojlanishining umumiy qonuniyatlari to‘g‘risida gap boradi. 
Bunda prognoz qilinayotgan voqealarni baholash shakli sifatli hisoblanadi.
Bu prognozlar faqatgina oy va yillar jihatidan emas, balki boshqa yana ko‘plab 
o‘zining ma'noli xususiyatlari orqali ham farqlanadi. Qisqa muddatli va operativ 
prognozlar asosan boshqarilmaydigan jarayonlarni, shuningdek, boshqariladigan 
jarayonlar bo‘yicha rejaning bajarilishiga baho berishni qamrab oladi. O‘rta muddatli 
prognozlar kompleks tarzda tendensiyalarni, sur'atlarni, nisbatlarni, iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishning sabab-oqibat omillarini,kapital qurilish hamda investitsion 
qarorlarning istiqbollarini, pul-moliya tizimidagi o‘zgarishlarni namoyon etadi. Uzoq 
va o‘ta uzoq muddatli prognozlar yordamida ilmiy-texnika taraqqiyoti, demografik 
jarayonlar, tabiiy resurslardan foydalanish va ularning holatidan kelib chiquvchi milliy 
iqtisodiyo va ijtimoiy sohalarning strategik jihatlari tadqiq qilinadi.
O‘rta muddatli va uzoq muddatli prognozlashda me’yoriy yondashuvda 
prognozlash, olinadigan prognoz natijalari nisbattan ob’ektiv bo‘lish imkoni mavjud. 
Shuningdek o‘rta muddatli prognozda shartlar (cheklovlar) qo‘yiladi uzoq muddatliga 
nisbattan. Shartlaring sababi shundaki u mavjud o‘sish qonuniyatlariga amal qilinishi 
kerak. Shundan kelib chiqib, o‘rta muddatli prognozlashda minimal o‘sish varianti 
o‘rnatiladi, prognoz boshidagi ishlab chiqarish hajmi saqlanib qoladi, yoki ishlab 
chiqaruvchilar va korxonalarning qurollanishi sharoitida eng minimal o‘sishi saqlanib 



Yüklə 164,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin