MAVZU: "BOBURNOMA"
REJA:
1."Boburnoma" ning yaratilish tarixi. Uning nusxalari va tarjimalari.
2."Boburnoma" – tarixiy manba.
3."Boburnoma" – prozaning yirik namunasi.
4."Boburnoma" da joylar va tabiat lavhalari tasviri.
5."Boburnoma" da tarixiy shaxslar tasviri.
6.Bobur – "Boburnoma" ning bosh qahramoni.
7."Boburnoma" ning ilmiy – ma’rifiy va adabiy qimmati.
Zahiriddin Muhammad Boburdan qolgan ijodiy merosning eng muhim va eng
yirigi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi,
etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan va adabiy
tilning yorqin namunasi bo’lgan "Boburnoma" asaridir.
Asarning asli nomi "Boburiya" bo’lsa – da, uni "Voqeanoma", "Tuzuku
Boburiy", "Voqeoti Boburiy" deb atadilar, keyinchalik asar "Boburnoma" degan
nom bilan mashhur bo’lib ketdi.
"Boburnoma" memuarlar (esdaliklar) to’plamidir. Bu tarixiy – badiiy asar
1494 –1529 yillardagi voqealarni, Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston va
Hindistonda ro’y bergan va ko’pida Boburning o’zi ishtirok etgan o’zaro feodal
urushlarni o’z ichiga oladi. Aftidan, Bobur siyosiy faoliyatining dastlabki
yillaridan boshlab voqealrni xotira sifatida qayd etib borgan, keyinchalik bu
qaydlar "Boburnoma" ning yaratilishiga asos bo’lgan. Boburning "Boburnoma" ni
qachon yozishga kirishgani ma’lum emas. Biroq asarning ayrim o’rinlari uning
ko’proq qismi Hindistonda yozilgani yoki qayta tahrir qilinganini ko’rsatadi.
Masalan, adib 909 (1503-1504) yilgi Afg’oniston voqealarini bayon qilar ekan
Ibrohim Lo’diy ustidan qozongan g’alabasini eslaydi. Bu esa Boburning 909 yil
voqealarini Hindistonda yozganini yoki avvalgi yozganlarini tahrir qilganini
ko’rsatadi. Bobur bu asarini umrining oxirlarida, 1529-1530 yillarda yozib
tugatadi.
Boburning o’z so’zi va uning qizi Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" dagi
ma’lumotlariga ko’ra, "Boburnoma" dastlab "Voqeanoma" deb atalgan.
"Boburnoma" dagi bir ruboiysida shoir shunday degan edi:
Bu olam aro ajab alamlar ko’rdum,
Olam elidin turfa sitamlar ko’rdum,
Har kim bu "Vaqoe" ni o’qur, bilgaykim,
Ne ranju ne mehnatu ne g’amlar ko’rdum.
"Boburnoma" ni ko’chirgan bir kotib uni "Boburiya" deb nomlaydi. Demak,
"Boburnoma" asari o’z davrida yuqorida aytib o’tganimizdek bir qancha nomlar
bilan atalgan ekan.
"Boburnoma" ning o’ndan ziyod qo’lyozma nusxalari ma’lum. Asarning
Boburning hayot davridayoq ko’chirilgan ikki nusxasi haqida ma’lumotlar bo’lsa –
da, ularning qaerda saqlanayotgani ma’lum emas. "Boburnoma" ning XVII –
XVIII asrlarda ko’chirilgan nusxalari Leningrad, Kalьkutta, Agra, Haydarobod,
Manchestr, London, Edinburg va boshqa joylarda saqlanadi.
"Boburnoma" 1857 yilda Qozonda turkshunos rus olimi N.Ilьminskiy
tomonidan nashr etiladi. 1905 yil ingliz olimasi A.Beverij xonim "Boburnoma"
ning Haydarobodda topilgan qo’lyozmasining faksimiliesini nashr ettiradi. Asar
Turkiyada ham nashr ettirilgan. Asardan parchalar bir necha xrestomatiyalarda
nashr ettirildi. 1948-49 yillarda ikki kitob holida, 1965-66 yillarda uch tomlik
tarkibida, 1990 yilda alohida kitob holida chop etildi. "Boburnoma" asari bilan
SHarq va G’arb olimlari alohida qiziqishgan. Uni eng kamyob va nodir asarlardan
hisoblagan ko’pgina G’arb olimlari tadqiq etib o’rganganlar, tarjima qilganlar.
Jumladan, G’arb tarixchi olimlardan Elfinston Boburning bu asari haqida shunday
yozadi: "Bu memuarlarda buyuk turk podshosining hayoti batafsil tasvirlangan,
uning shaxsiy his – tuyg’ulari har qanday mubolag’adan, pardadan holi. Uning
uslubi oddiy va mardona, shuningdek, jonli va obrazli. o’z zamondoshlarining
biografiyalarini, ularning qiyofalarini, urf-odatlarini, qiliqlarini oynadek ravshan
tasvirlaydi. Bu jihatdan u ("Boburnoma") Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir
namunasidir..."
"Boburnoma" bir necha tillarga tarjima qilingan. Akbarshoh davrida (1586).
"Boburnoma" fors tiliga tarjima qilinib, unga miniatyuralar ishlangan. Bu
tarjimaning nusxalari ko’p. Asar 1705 yilda Vitsen tomonidan golland tiliga
tarjima qilinib, Amsterdamda bosiladi. Djon Leyden bilan V.Erskin "Boburnoma"
ning o’zbekcha va forscha nusxalarini solishtirib, uni ingliz tiliga tarjima qilishga
va 1926 yilda Londonda nashr ettirishgan. A.Keyzer "Boburnoma" ning inglizcha
tarjimasi asosida uni qisqartirilgan holda nemis tiliga tarjima qilinadi va bu tarjima
1828 yilda Leyptsigda bosiladi. Frantsuz olimi Pave de Kurteylь tarjima qiladi. Bu
tarjima 1871 yilda Parijda nashr etiladi. "Boburnoma" ni rus olimlaridan dastlab
N.I.Pantusov, S.I.Polyakov, V.Vyatkinlar tarjima qilgan bo’lsalar, u keyinchalik
M.Salьe tomonidan rus tiliga to’la tarjima qilindi va ikki marta nashr etildi.
O’zbek adabiyotshunoslari tomonidan "Boburnoma" ning ko’p jihatlari
tadqiq etilgan. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar A.Fitrat, H.Yoqubov,
Ya.Fulomov, V.Zohidov, I.Sulton, M.SHayxzoda, F.Sulaymonova, A.Qayumov,
H.Hasanov,
N.Mallaev,
S.Hasanov,
X.Nazarova,
P.Qodirov,
R.Nabiev,
X.Qosimov, F.Salomov, S.Jamolov, N.Komilov, A.Abdug’ofurov, I.Haqqulov,
H.Qudratullaev, tarixchi olimlardan S.Azimjonova va boshqalarni nomi bilan
bog’liq.
"Boburnoma" tarixiy manba sifatida alohida qimmatga ega. Unda XV
asrning oxiridan XVI asrning 30 – yillariga qadar ro’y bergan tarixiy voqealar aks
ettiriladi. Asar 1494 yil voqeasi tasviri bilan, Samarqand hukmdori Sulton Ahmad
Mirzoning Farg’onaga hujumi, Umarshayx Mirzoning halok bo’lishi va 12 yoshga
qadam qo’ygan Boburning taxtga chiqishi bilan boshlanadi. Asarda voqealar
doirasi
kengayib,
chuqurlashib,
murakkablashib
boradi.
Muallif
Movarounnahrdagi, keyinroq Xuroson, Afg’oniston va Hindistonda voqealarni
bayon qiladi.
Faktik materiallarning ko’pligi, boyligi, aniqligi va to’laligi, tarixiy
voqealarning asosan ob’ektiv, beg’araz va rostgo’ylik bilan bayon etilishi,
xronologik izchillik, ifodaning soddaligi va ravonligi "Boburnoma" ning tarixiy
manba sifatidagi afzalliklarini tashkil etadi. SHu jihatdan qaraganda "Boburnoma"
o’tmishning ko’pgina tarix kitoblari va memuarlaridan ustun turadi. "Boburnoma"
da tarixiy
voqealar asosan ob’ektiv bayon etiladi. "Boburnoma" sodda uslub,
ravon, shirali va boy til bilan yozilgan, jonli manzaralar, portret va xarakterlar,
original badiiy til vositalari bilan badiiiylashtirilgan asardir. Aynan mana shu afzal
jihatlari bilan "Boburnoma" uzoq zamonlardan buyon tarixchilarning va boshqa
olimlarning diqqat – e’tiborini o’ziga jalb etib, yuksak baholanib kelmoqda.
"Boburnoma" XV-XVI asr tarixiy hodisalari bilan tanishish va ularni
umumlashtirish, SHarq feodal jamiyatining xususiyatlarini belgilash va yoritishda
juda ko’p xarakterli faktlar, ma’lumotlar beradi.
"Boburnoma" o’zbek adabiyoti tarixida badiiy prozaning eng birinchi yirik
namunasi hisoblanadi. Bu asar adabiyotimizda prozaning rivojlanishiga uzoq vaqt
ijobiy ta’sir etib keldi.
Dadil aytish mumkinki, bu asarda badiiy prozaning deyarli ma’lum darajada
barcha elemaentlari bor. Muallif o’z asarining ko’p qismlarini xuddi ana shu
planda yozadi, o’z boshidan kechirgan va ko’rganlarini, o’zining atrofidagi yoki
tarixiy aloqador bo’lgan odamlarni, bu odamlar nima qilgan bo’lsalar – ularning
barchasini tasvirlaydi. Mazkur asarda muallifning juda chuqur bilimi, badiiy
salohiyati va mahorati namoyon bo’ladi.
"Boburnoma" da qahramonlarning harakatlar bilan voqealik uzviy va
chambarchas bog’lanib ketadi. Muhimi shundaki, bu voqealarning barchasida
Boburning hayoti va faoliyati, uning harbiy yurishlari yetakchilik qiladi. Ular
o’quvchiga shunday yetkazib beriladiki, asarning ba’zi joylari badiiy umumlashma
darajasiga ko’tariladi.
"Boburnoma" ning syujeti juda murakkabdir.
Bobur syujetni rivojlantirishda SHarq adabiyotida keng tarqalgan bayon
ichiga bayon kiritish usulini qo’llaydi. Mazkur usul turli mavzularni qamrab
olishga, konfliktning kuchayishiga va asarning serqirra bo’lishiga imkoniyat
beradi.
Muhimi shundan iboratki, Bobur ko’pincha badiiy umumlashma va
voqealikni realistik aks ettirish orqali yuksak mahoratga erishadi. Bu jihatdan
"Boburnoma" da bayon qilingan 1502- 1503 yil voqealarini o’z ichiga olgan
bobning (ikkinchi yarmida yolg’iz qolgan Boburning dushmanlar ta’qib qilar ekan,
u barcha xavf-xatarni bilgani, tushungani holda uzoq vaqt katta masofani ajal bilan
yonma-yon bosib o’tganligi) tasviri ajralib turadi.
Muallif epizodik hodisalarni aks ettirganda ham shu usulni qo’llaydi.
Voqealarni tasvirlagan adib ularning ko’pida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi,
voqealar Boburning o’z obrazi orqali bir-biri bilan ulanadi, o’ziga xos syujet
chizig’ini yaratadi. SHuning uchun ham "Boburnoma" juda yengil o’g’iladi,
kitobxonni o’ziga maftun etadi. Rus SHaro’shunos olimi, akademik V.V.Bartolьd
"Boburnoma" ni "turkcha proza" ning eng yaxshi asarlaridan biri, deb baholagan
edi.
Bobur biror tarixiy voqeani hikoya qilishga kirishar ekan, ko’pincha, avval
voqeaning o’rnini batafsil tasvirlaydi, voqeada ishtirok etuvchi kishilarning aft-
basharasidan tortib fe’l – atvori va hatti - harakatiga qadar ta’riflaydi, so’ng
voqeaning bayoniga kirishadi. Ba’zan voqea davomida chekinish qilib, joy yoki
manzarani tasvirlaydi. Kitobxonning ko’z o’ngida XV – XVI asrlardagi
Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston va Hindiston o’lkalari, ulardagi shahar va
qishloqlarning manzarasi, topografiyasi, ob-havosi, o’simliklar dunyosi, aholisi,
urf-odatlari namoyon bo’ladi.
Bobur peyzaj ustasidir. Mana bir misol. Bobur va uning odamlari o’z
yo’llarida duch kelgan va ular kechib o’tishlari lozim bo’lgan daryoning
kengligini, ulug’vorligini va sekin oqishini muallif quyidagiga qisqa va obrazli
qilib ifodalaydi: "Farib ulug’ suv nazarga keldi. Ul yuzdagi dashtlar xud aslo
ko’rinmaydur. Suv osmon bila payvast ko’rinadur, ul yuzdagi tog’lar va pushtalar
netavrkim, Serobning ul yuzidagi tog’ va pushtalar muallaq ko’rinur..."
"Boburnoma" muallifi bunday o’rinlarda iste’dodli adib va shoir sifatidagina emas,
balki bilimdon va kuzatuvchan bir olim, geograf, tabiatshunos, etnograf, tilshunos,
san’atshunos sifatida gavdalanadi. U ayrim kichik detallarga ham katta e’tibor
beradi, realistik lavhalar yaratadi va hassos rassom sifatida tabiatning xilma-xil
manzaralarini chizadi. Andijon, Marg’ilon, O’sh, Xo’jand, Qobul, Fazna, Hirot va
boshqa shaharlar tasviri xuddi shunday manzaralardir. Joylar tasviri "Boburnoma"
da tarixiy voqealarni, kishilarning sarguzashti, hayoti va faoliyatini bayon etishda
bir ekspozitsiya vazifasini bajaradi. Masalan, 1494 yil voqealarni, Umarshayx
Mirzoning halokati va o’zining taxtga chiqib amakisining qo’shinini chekinishga
majbur etganini so’zlashdan avval Farg’ona viloyati va uning yetti shahrini
tasvirlaydi.
Bobur tabiat manzaralari bir-biridan farq qiluvchi va o’ziga xos bo’lgan
viloyat va o’lkalarda bo’ldi. U turli joylarni tasvirlar ekan, mana shu tabiat
manzaralariga ham katta e’tibor beradi, ularning nozik nuo’talarini topa oladi va
xuddi bir rassomday jonli polotnolar, peyzajlar chizadi. "Boburnoma" ning tarixiy
manba sifatida baholashga birinchi asos – tarixiy voqealar bayoni bo’lsa, ikkinchi
asos asarda tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlarining ifoda
etilishidir. "Boburnoma" da bir necha yuz tarixiy shaxslar haqida ma’lumot
beriladi. Ular shohlar, viloyat hokimlari, amir – amaldorlar, askarlar, ilm – fan,
san’at va adabiyot ahllari, dehqonlar, hunarmandlar va boshqa kasb egalaridir.
Adib ularni tasvirlayotgan voqealardagi roliga qarab birlari haqida keng va batafsil
so’zlaydi, ikkinchi birlari haqida qisqacha ma’lumot beradi, ba’zilarini biror
munosabat bilan tilga oladi yoki eslab o’tadi. Voqealar rivojida muhim o’rin tutgan
Umarshayx mirzo, Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad mirzo, Xisravshoh kabi
tarixiy shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning
shakl – shamoyili, nasl – nasabi, ma’naviy qiyofasi, xislati, xulq-atvori, kishilarga
munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarini ham tasvirlaydi, xilma – xil
badiiy portretlar, xarakterlar yaratadi. Bunday personajlar bevosita tarixiy roman
yoki qissalardagi qahramonlarga o’xshab ketadi. Bobur ularning ta’rifi va tavsifini
bir joyga to’plab, mujassamlashtirib beradi, bu bilan kitobxonni tarixiy shaxs bilan
tanishtiradi, shundan keyin voqealar bayonini davom ettiradi.
"Boburnoma" da ilm – fan, san’at va adabiyot ahllariga ham katta o’rin
berilgan. Bobur Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy,
Mir Husayn Muammoiy, SHayxim Suhayliy, Yusuf Badeiy, Ahmad Hojibek
Behzod, Sulton Ali, Xoja Abdullo Marvoriy, SHoh Muzaffar, Fulom SHodiy,
Husayn Udiy kabi qator shoirlar va san’atkorlar haqida ma’lumot beradi, ularni
mao’taydi, asarlardan namunalar keltiradi, ba’zan hayoti, faoliyati va shaxsiy
sifatlari haqida qiziqarli faktlarni keltiradi. "Boburnoma" bu kishilarning hayoti va
faoliyatini o’rganishda, ularning madaniy hayotdagi o’rnini belgilashda juda
ahamiyatlidir.
"Boburnoma"ning bosh qahramoni – Bobur. U juda murakkab shaxs –
siyosiy arbob, lashkarboshi, olim, shoir va donishmand. Tabiiyki, barcha badiiy
asarda inson, uning hayoti, turmush tarzi va xarakteri o’z ifodasini topadi. Mumtoz
nasriy asarlar ham bundan xoli emas. Odamlar orasidagi munosabat eng avvalo
hissiyot, hayajon, ruhiy o’zgarishlarsiz vujudga kelmaydi. Bu holatlarning badiiy,
tarixiy, sarguzasht, voqeaiy – ilmiy sarguzasht asarlarida g’ay darajada
yoritilganini o’rganish adib uslubi, bayon tarzini belgilashga yordam beradi.
"Boburnoma" da muallifning psixologik holati tasviri alohida o’rin tutadi.
Boburning birinchi marta may ichishga rag’bat etgani jiddiy ruhiy kechinmalar
orqali o’tganligi bunga bir dalil. Vaqti kelib Bobur o’zida "chog’irga mayl paydo"
bo’lganligini sezgan. Muallifning inkor qilib bo’lmas sabablar, xolis dalillar
keltirib, may ichuvchilar davrasiga qo’shilishi uchun ruhan va ma’nan tayyorligini
zikr etadi, o’zini tinchitadi. Biroq yana bir monelik sezadi: Boburni bilgan barcha
kishilar uning azaldan ichkilik ichmasligidan boxabar bo’lganliklari tufayli uni
qistamas edilar. Uning o’zi esa jur’at etib, ichishga mayli borligini ochiq bildira
olmasligini shunchalik aniq, hayotiy tasvirilaganki, ehtimol bu holatni bundanda
mazmunliroq yoritib bo’lmas: "... so’ngralar yigitlik havasidan va nafs
taqozosidinkim, chog’irga mayl paydo bo’ldi, taklif qilur kishi yo’q erdi, balki
chog’irga maylini bilur kishi yo’q erdi. Ko’nglum agarchi moyil edi, qilmag’on
amrni o’zluk bila qilmoq mushkul edi".
Bugungi kunda mumtoz adabiyotimiz orqali yuksak ma’naviy jihatlarni yosh
avlodga yetkazish borasida ko’p so’z yuritmoqchimiz. Boburning yuqoridagi
andishasi temuriyzodalar axloqi, insoniy
qadr - qiymatga ehtiromi, atrofdagilar
fikr – mulohazasi bilan hisoblashish, jamiyatning qonun - qoidalari barcha uchun,
hatto shoh Bobur uchun ham birdek amal qilishining yorqin dalili emasmiq! Bobur
qanchalik ichishga mayli bo’lmasin, yoshi kattalar, davradoshlarning hohish –
istagi bo’lmagan ekan, u o’zini tiyadi, o’z irodasini ishga soladi, ichmaydi. Xuddi
shu xislat davrimiz yoshlari uchun, ularni may va boshqa sarxush etuvchi
moddalarni iste’mol qilishdan bosh tortish uchun yuksak ibrat va ma’naviy saboq
vazifasini o’taydi.
"Boburnoma" ning bosh qahramoni Bobur timsoli, uning faoliyati, ruhiy –
ma’naviy olami haqida o’rnak bo’ladigan darajadagi juda ko’plab ma’lumotlarni
olish mumkin.
"Boburnoma" qomusiy asardir. Unda tarixiy voqealar bilan birga, tabiiyot,
geografiya, topografiya, adabiyotshunoslik, etnografiyaga va fanning boshqa
sohalariga doir juda qimmatli fakt va ma’lumotlar berilgan. Bobur tog’ va daralar,
ko’l va daryolar, xilma – xil o’simlik va hayvonlar, joylarning yer osti boyliklari,
xalqlarning urf – odati, tili, san’ati va adabiyoti, ayrim so’zlarning etimologiyasi va
boshqa masalalar bilan qiziqadi, bularning barchasini erinmay kuzatadi, o’rganadi,
turli kasbdagi kishilardan, keksalardan ma’lumot to’playdi. Movarounnahr,
Xuroson, Afg’oniston va Hindiston faqat siyosiy tarixi bilangina emas, balki
tabiati, ilm – fani, san’at – adabiyoti va boshqa jihatlari bilangina emas, balki
tabiati, ilm – fani, san’at – adabiyoti va boshqa jihatlari bilan "Boburnoma" da
birmuncha to’la va mukammal tasvirlanadi.
"Boburnoma" da shu darajada ko’p turli – tuman ma’lumotlar borki, fanning
deyarli barcha sohalaridagi mutaxasisslar bu asardan bahramand bo’la oladilar.
SHular bilan bir qatorda "Boburnoma" o’zbek adabiy tilining juda muhim
yodgorliklardan biridir. Bu asar orqali biz XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi
o’zbek adabiy tili va hamda uning o’sha davrdagi asosiy shevalardagi bo’lagan
Andijon shevasi haqida keng va mukammal tasavvurga ega bo’lamiz.
"Boburnoma" da nosir Boburning san’atkorlik mahorati ham sezilib turadi.
Asarda romantik tuyg’u, yuksak badiiy vositalar – tashbeh, istiora, majoz,
mubolag’a, badiiy san’atlari orqali voqea - hodisalarni tasvirlash uning jozibador
va go’zal bo’lishini ta’minlaydi.
Nasrda nazm qanchalik an’ana bo’lmasin, har bir adib bu masalaga o’z
o’lchovi, uslubi, tasviri bilan yondashgan. Masalan, "Boburnoma" da muallif o’z
fikrini nasrda bayon etadi, boshqacha aytganda, shoir Boburdan ko’ra nosir Bobur
yaqqolroq ko’ringan.
"Boburnoma" voqeaviy – ilmiy – saprguzasht asar bo’lganligi bois muallif
o’zining yuksak romantik tuyg’ularini ifodalash uchun gohida shoirona tuyg’uga
beriladi, realistik tasvirlariga ko’tarinkilik baxsh etish niyatida she’rga murojaat
etadi. "Boburnoma" ning ana shu qismlari, ayniqsa, juda ravon o’g’iladi,
o’quvchini muallif hikoya qilgan voqea - hodisalarga hamroh qiladi. Xullas,
Bobur o’zining lirikasi bilan ham, "Boburnoma" asari bilan ham o’zbek adabiyoti
taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Boburning "Boburnoma" sidan ilhomlangan qizi
Gulbadanbegim fors – tojik tilida "Humoyunnoma" asarini yaratdi.
"Boburnoma" Navoiy nasriy asarlaridan so’ng turkiy tildagi nodir badiiy,
ilmiy nasr xazinasi bo’lganligi bois bugungi kunda ham va hech qachon o’zining
ilmiy – adabiy – ma’rifiy qimmatini yo’qotmaydi.
Dostları ilə paylaş: |