1. Bozor - iqtisodiy kategoriya sifatida: mohiyati, klassifikatsiyasi va
rivojlanishi
“Bozor" tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo‘lib,
iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar
tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushuncha bo’lib hisoblanadi.
Globallashuv (lotincha globus - yer kurrasi) atamasi jahon xo‘jaligining butun
makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil
topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv jararyonining quyidagi bir nechta yo‘nalishlarini ajratib
ko‘rsatishimiz mumkin:
- mulkchilik munosabatlarining globallashuvi;
- kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o‘tishi;
- xo‘jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo‘lishi va
rivojlanishi;
- xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi rolini rivojlanishi.
Shuningdek, jahon xo‘jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari
ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylariga quyidagilarni keltirib o’tsak bo’ladi:
1) Turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi;
2) Boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi;
3) Ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi;
4) Turli mamlakatlarda aholi sonining o‘zgarishining farqlanishi.
Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan
farqlanishini ta'kidlab o‘tishimiz lozim.
Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining
ro‘y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning
ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi.
5
Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr
mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo‘ladi va bozor qonunlari
asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor takror ishlab chiqarishning bitta fazasini, ya'ni ayirboshlash fazasini o‘z
ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa barcha fazalarini shu jumladan: ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste'mol jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi.
Hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilarning ko‘p qirrali
murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ta'sirini bog‘laydigan
bo‘g‘in hisoblanib, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta'minlaydigan
jarayon sifatida shakllandi.
Bozorning asosiy belgilariga quyidagilarni kiritishimiz mukin:
- sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi;
- ekvivalentlilik tamoyili asosidagi ayirboshlash;
- sotuvchilarning xarajatlari qoplanib foyda olishi va pul to‘loviga qodir
bo‘lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilikdan iboratdir.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi,
ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi
davrda keng tarqalgan ob'yektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, sotuvchilar va xaridorlar
o‘rtasida pul orqali ayirboshlash ya’ni oldi-sotdi jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy
munosabatlar yig‘indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar
va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi faqat ayirboshlash jarayonidagi
iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo‘lgan
xizmatlar bajariladi.
Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo‘lsa
narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada
tovarni sotuvchi me'yoridan ortiqcha daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha,
bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib,
sotuvchilar zarar ko‘radilar. Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik,
6
no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, zarar
yanada oshib ketadi, chunki bozor bunday ortiqcha behuda sarflarni hisobga
olmaydi.
Bozor sub'yektlarini ikki guruhga bo’lib o’rganamiz: sotuvchi va xaridorlarga.
Ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar
va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z
sub'yektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va
xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste'molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu
yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste'molni bir-biriga bog‘laydi, ishlab chiqarilgan
tovar yoki xizmat o‘z iste'molchisini topadi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, u ishlab chiqarishning uzluksiz
takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun
yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy
resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag‘lar
hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo‘li bilan sarflangan ishlab
chiqarish vositalari o‘rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun
kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor orqali resurslarning
erkin harakati ta'minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar
yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha
miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx
vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan
tarmoqlarga oqib kelishini ta'minlaydi.
Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko‘plab qo‘shimcha vazifalari ham
keltirilganini ko’rishimiz mumkin. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun
ularni maxsus chizma ko‘rinishida ifodaladik. (1.1-chizma).
7
Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo
qiladi. Bozorning mazmunini to‘laroq tushunishimiz uchun uning turlarini va ichki
tuzilishini bilishimiz zarur.
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashda
quyidagi asosiy mezonlarni asos qilib olishimiz mumkin:
- bozorning yetuklik darajasi;
- sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi;
- bozor sub'yektlari xususiyatlari;
- bozor miqyosi,
- iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
1.1-rasm. Bozorning vazifalari.
Bozorning yetuklik darajasiga qarab bozorlarni: rivojlanmagan bozor, klassik (erkin)
bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‘lishimiz mumkin. Rivojlanmagan,
shakllanayotgan bozor ko‘proq, tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, unda tovarni tovarga
ayirboshlash usuli (barter) ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul
kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri kelgan. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul
Bozorning
vazifalari
Rag’batlantirish
Tartibga
solish
Nazorat
qilish
Narxni
tashkil
qilish
Vositachili
k
integratsiy
alash
Iqtisodiyotni
sog’lomlashtirish
Axborot
berish
Tejamkorlik
Bozor sub’ektlarining
manfaatlarini
ro’yobga chiqarish.
8
inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davrlarda
ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir
turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, ya'ni sotuvchilar va sotib
oluvchilardan iborat bo‘lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o‘rtasida erkin raqobat
kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi,
raqobatning turli usullari qo‘llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori - bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, bozor
ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga
xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo‘ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi
yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o‘rtasidagi farqlar kamayadi.
Darhaqiqat, globallashuvning zarurati mamlakatimiz tashqi savdodasida hamkor davlatlarning
ahamiyati va integratsiyaning zaruratini o‘zida aks ettirmoqda. Shu nuqtai nazardan,
O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini mustahkamlash, savdo munosabatlarnini
erkinlashtirish blan birga kapital va ishchi kuchi xarakatini soddalashtirilishida integratsion
jarayonlarning roli o‘zining dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida,
unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy
integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. Ta’kidlash
lozimki, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida
shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot
oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz
bermoqda.
Iqtisodiy globallashuv – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik
taraqqiyotning natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik
bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha
ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab
harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globallashuv tushunchasi keng
madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog‘liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Bu
9
tushunchaning ishlatilishi XX asrning 80- yillarida ommaviy tus olgan bo‘lib, u o‘zida xalqaro
o‘tkazmalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi texnologik
imkoniyatlarni aks ettirgan. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida
amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining
[1]
milliy chegaralarni e’tiborga olmay uzluksiz
kengayishini anglatadi.
Bozorlar raqobat va ishchi kuchining ixtisoslashuvi orqali samaradorlikni rag‘batlantiradi,
ya’ni insoniyat imkon qadar samaradorlikka intiladi. Global bozorlar insoniyatga jahon
bo‘ylab ko‘proq va kattaroq bozorlardan foydalanish borasida kengroq imkoniyatlarni taqdim
etadi. Bu shuni anglatadiki, ular yanada ko‘proq kapital oqimi, texnologiya, arzon import va
yirik eksport bozorlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Lekin bozorlar samaradorlikning
oshishidan ko‘riladigan manfaatlarni barcha uchun teng taqsimlanishini kafolatlay olmaydi.
Globallashuv kechagina sodir bo‘lgan voqelik emas. Ba’zi tahlilchilar jahon iqtisodiyoti 100
yillar oldin ham bugungi kundagidek globallashganligini e’tirof etadilar. XIX asr oxirlariga
kelib, milliy daromad tarkibidagi tashqi savdo oqimining ulushi deyarli bugungi kundagidek
edi, zero, kapital, transferlar nisbatan yirikroq, insonlarning ko‘chib o‘tishi darajasi
immigratsiyaga to‘siqlarning mavjudligiga qaramay bugungi kunga nisbatan yuqoriroq
bo‘lgan. Lekin shuni tan olishimiz kerakki, bugungi kunda tijorat va moliyaviy xizmatlar
avvalgi davrdagiga nisbatan ancha taraqqiy etgan va chuqur integratsiyalashgan.
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni hozirgi bosqichining asosiy farqli xususiyati
zamonaviy elektron kommunikatsiyalari tufayli moliya bozorlarining yanada
integratsiyalashganligidir. Globallashuv XX asrning oxirgi o‘n yilligida hukmron kuchga
aylandi va o‘ziga xos yangi xususiyatlar kasb etdi:
Dostları ilə paylaş: |