Mexnatga talab – mavjud bozorda vakant ish joylarini to’lg’azish uchun,
shuningdek bir martalik ishlarni bajarish uchun ehtiyoj tashkil etadi. Mavjud
mehnat bozorini tashkil etuvchi elementlar bilan tanishib chiqishmiz mumkin.
Ochiq mehnat bozori – barcha iqtisodiy aktiv axoli hisoblanib, ish
qidiruvchilar, qayta tayyorgarlik ko’ruvchilar, shuningdek vakant ish joylaridan
tashkil topadi.
Ochiq mehnat bozori rasmiy va norasmiy mehnat bozoridan iborat. Rasmiy
mexnat bozori – bandlik xizmati tomonidan ro’yxatga olingan ish joylarini o’z
ichiga oladi. Norasmiy mexnat bozori ish beruvchilar va ish qidiruvchilar
o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida xech qayerda ro’yxatdan o’tmagan ish
joylarini o’z ichiga oladi.
24
1.1- chizma. Mexnat bozori strukturasi. Mehnatga talab va taklif
Yashirin mehnat bozori bu xalq xo’jaligida band bo’lgan, lekin mahsulot
xajmi qisqarishi yoki boshqa sabablarga ko’ra qisqartirilgan ishsizlardan tashkil
topadi. Birlamchi mehnat bozorida faqatgina "yaxshi ishlar" ishtirok etadi.
Birlamchi mehnat bozoridagi mavjud ishlarini quyidagi belgilari keltirib
o’tamiz:
- Ishchini barqaror bandligi;
- Yuqori ish xaqi;
- Karyera uchun imkoniyat;
- Ilg’or texnologiyadan foydalanish va xizmat zinapoyasidan ko’tarilish
uchun imkoniyatlar.
Ikkilamchi mehnat bozori – bu yerda "yomon ishlar" ishtirok etadi.
Ikkilamchi mehnat bozorini mavjud quyidagi belgilarini keltirib o’tamiz:
25
– beqaror bandlik;
- kam ish xaqi;
- xizmat zinapoyasidan ko’tarilishi uchun imkoniyat yo’q;
- ishlab chiqarishdagi texnologiya ko’p mehnat talab qiladi.
Ishsizlikni qisqartirish va bandlikni to’liq ta’minlash maqsadida mehnat
bozorida faol siyosat o’tkazish kerak.
Faol siyosatning mavjud quyidagi yo’nalishlarini keltirib o’tamiz :
1. Korxonalarda yangi ish joylari tashkil etish.
2. Ish xaqini oshirishdagi cheklashlar.
3. Nostandart xolatdagi bandlikni oshirish.
4. Ish vaqtini qisqartirish.
5. Nafaqa yoshiga chiqishni yoshini kamaytirish.
Ishsizlik bilan kambag’allik tushunchasi o’zaro uzviy bog’langan.
Kambag’allikka qarshi kurash - bu asosiy extiyoj uchun zarur bo’lgan
konsepsiyani ishlab chiqishdan iborat.
Ma'lumki, iqtisodiy faol aholining o‘z daromadini maksimallashtirish, doimiy
yashash, o‘qish yoki uni davom ettirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga chiqish
ko‘rsatkichlari o‘rganilganda, 2019 yil mart oyida uzoq muddatga chetga chiqqanlar
umumiy soni Buxoro viloyati bo‘yicha 85032 kishini tashkil etgan, shundan, Buxoro
shahri bo‘yicha 13379 kishini tashkil etgani holda, bu ko‘rsatkich 2018 yildagiga
nisbatan viloyat miqyosida o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 7022 kishiga
kamayganini,shahar miqyosida esa 1043 kishiga kamayganligini ko‘rsatadi. Bu
tendensiya viloyatning boshqa hududlariga ham xos deb aytish mumkin. Gender
26
nuqtai nazaridan, erkaklar uzoq muddatga chetga chiqib ketganlar tarkibida 74,6
foizni tashkil etgan.
Uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslarning chiqish sabablarini tahlil etadigan
bo‘lsak, asosan ishlash uchun ketganlar 60795 kishini tashkil etib, mos ravishda bu
ko‘rsatkich 92 % bo‘lgan. O‘qish maqsadida 325 kishi chetga chiqqan bo‘lib,
umumiy hisobda 0,5 foizni tashkil etadi.
Uzoq muddatga chiqib ketganlarning xorijiy davlatlar bo‘yicha ma'lumotiga
e'tibor beradigan bo‘lsak, katta ulush jami 66115 kishidan 46910 kishi, ya'ni 71 foizi
Rossiya Federatsiyasiga, 2342 kishi Turkiyaga ketgan bo‘lib, umumiy hajmda
3,2 %ni, Qozog‘istonga chiqqanlar soni esa 13854 kishi, ya'ni 21%ni tashkil etadi.
27
XULOSA
Globallashuv hayot sur’atlarning tezlashishi bilan bog’liq jarayondir.
Globallashuv turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma`naviyati, odamlari
o`rtasidagi o`zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishi oqibatida sodir bo’ladigan
jarayondir. Tanganing ikki tomoni bo`lganidek, globallashuvning ham salbiy va
ijobiy tomoni mavjud. Globallashuv jarayonida xalqlarning iqtisodiy, ma’naviy
hayotidagi aloqalari kuchayishi bilan bir vaqtda ularning madaniyati va
ma’naviyatiga turli xil yot unsurlar o`z ta’sirini ko`rsatishi uning salbiy tomoni
bo`lsa, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan
yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi globallashuvning ijobiy tomonlaridan biridir.
Iqtisodiyotning globallashuv jarayoni hukm surayotgan XXI asrda ta’lim
mazmunini
takomillashtirish
muhim
masala
bo`lib
turibdi.
Xususan,
mamlakatimizda ham mustaqillikka erishgan ilk yillardan yetuk mutaxassis
kadrlarni, barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida “Ta’lim to`g’risidagi” Qonun va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” buning yorqin dalilidir.
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy
salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh
kelmaydigan insolar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz”, deb ta’kidlab
o`tdilar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyat, albatta, iqtisodiy yuksalishni (ko’proq mahsulot ishlab chiqarish) va
insonlarni turmush darajalarini oshishini istaydi (kishi boshiga ko’proq daromatga
erishilishi). Bozor tizimi jamiyatdagi insonlarni turmush darajalarini oshishini
belgilovchi omillaridan hisoblangan, ham texnologiyalarni takomillashuvi, ham
davlat byudjetini to’planishiga erishishiga yordam beruvchi yagona tizimdir.
Biz bitiruv malakaviy ish mavzusiga asoslangan holda Buxoro viloyatida mehnat
bozorining
holatini baholash va rivojlantirishga doir anketa so’rovnomasini
o’tkazdik.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishda
ta'lim sohasi ham alohida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ayniqsa, butun dunyoda va
28
jamiyatda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligi yaxshilanishiga va
jamiyatning yangilanishi hamda takomillashishiga qaratilgan hukumatimiz
tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar va farmonlarning mazmun va
mohiyatini ochib berishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham roli katta.
Ushbu mavzuni o‘rganish jarayonida o‘qitishning ochiq va muammoli ma'ruzalar
ya’ni yangi ped-texnalogiyalardan, metodlardan foydalanildi, dolzarb masalalar
keng o‘rganildi, bilimlarda test usulidan foydalanish va reyting nazoratini amalga
oshirish kabi yangi texnologiyalar qo‘llanildi.
Hozirgi paytda ko‘rgazmali qurollardan tashqari o‘quv-texnik vositalar, internet
tizimi hayotimizga kirib kelmoqda. Ayniqsa, bunday texnik vositalardan
iqtisodiyot fanlarini o’rganishda ularni talabalarga yangi metodlar orqali o’tishda
foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |