9-ma’ruza shamol elektr stansiyalarining turlari. Reja


Shamol elektr stansiyalarining avzalligi va kamchiligi



Yüklə 275,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix22.04.2023
ölçüsü275,35 Kb.
#101588
1   2   3   4   5
9-MA’RUZA

Shamol elektr stansiyalarining avzalligi va kamchiligi.
Suzuvchi shamol elektr stansiyalari 
Suzuvchi shamol elektr stansiyasining birinchisi 2007-yil dekabr oyida H 
Technologies BV kompaniyasi tomonidan qurilgan. U 80 kVt quvvatga ega bo'lib, 
108 metrlik dengiz chuqurligida Janubiy Italiya qirg'og'idan 16 kilometr uzoqligida 
suzuvchi platformada o'rnatilgan. 


Ushbu shamol generatorining po'lat minorasi suv ostida 100 metr 
chuqurlikda joylashgan. Suv ustidagi minorasining balandligi 65 metr bo'lgan. 
Parraklarining aylanish diametri 82,4 metrni tashkil etgan. Shamol 
generatorining minorasini barqarorligini ta‘minlash maqsadida uning pastki 
qismi ma‘lum bir chuqurlikka botishi uchun balans (shag'al va toshlar) 
joylashtirilgan. Shu bilan birga, minoraning pastki qismida o'rnatilgan 
langarlarni uchta po'lat tros ushlab turgan. Elektr toki suv osti kabeli orqali 
qirg'oqqa uzatilgan. Bu kompaniya 2017-yilda turbina quvvatini 6 MVtga, 
parraklarining diametrini —154 metrga yetkazdi. 
Tog'li shamol elektr stansiyalari 
2011-yil Qozog'istoning Jambul viloyatining Ko'rday davonida 1,5 MVt 
quvvatga ega tog'li shamol elektr stansiyasi (SHES) ishga tushirildi. Platforma 
dengiz sathidan 1200 metr balandlikda o'rnatildi. Bu yerda o'rtacha yillik shamol 
tezligi 5,9 m/sekni tashkil qiladi. 
9.2. Shamol elektr stansiyalarining avzalligi va kamchiligi.
Shamol elektr stansiyalarining afzalliklari 
• Shamol elektr stansiyalari atrof muhitni zararli chiqindilar bilan 
ifloslantirmaydi. 
• Shamol energiyasi ma‘lum sharoitlarda qayta tiklanmaydigan energiya 
manbalari asosida olinadigan elektr energiyasini tushim narxi bilan raqobatlasha 
oladi. 
• Qayta tiklanadigan, tugallanmaydigan energiya manbasidan foydalanish, 
uni qazib olish va tashish jarayonida sarf bo'ladigan yoqilg'ini tejaydi. 
• Yaqin atrofdagi hududda joylashgan ishlab chiqarish korxonalari va 
qishloq xo'jaligi sohalarida to'liq ishlatilishi mumkin. 
• Olingan energiya birligi uchun barqaror xarajatlar, shuningdek an‘anaviy 
energiya manbalariga nisbatan iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshiradi. 
• Energiya uzatishda minimal yo'qotishlar - shamol elektr stansiyasini 
to'g'ridan-to'g'ri iste‘molchilarga yaqin yoki uzoq masofada qurish mumkin, bu 


an‘anaviy energiya manbaidan foydalanishda tarmoqqa maxsus ulanishlarni 
talab qiladi. 
• Oson xizmat ko'rsatish, tezkor o'rnatish, foydalanishda kam xarajatlar 
talab 
etadi. 
• Shamol energiyasining manbayi tabiatni o'zi bo'lib, bitmas tuganmas 
hisoblanadi. 

Yüklə 275,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin