Shamol generatorining quvvati shamol tezligi va N=pSV
3
/2
bilan
belgilangan havo oqimining (N) kuchiga bog'liq bo'lib, bunda V-shamol tezligi,
p-havo zichligi, S-parraklar aylanadigan yuza.
12.3.1-rasm. Shimoliy dengizga o'rnatilgan sanoat shamol generatorlari.
Shamol generatorlarining parraklari soniga,
ularni ishlab chiqarishda
qo'llanilgan materiallarga va aylanish o'qiga ko'ra tasniflari mavjud.
Shamol generatorining ikkita asosiy turi mavjud:
vertikal aylanish o'qi asosidagi ("karusel" — rotor ("rotor
Savonius", yoki "aka-uka Voroninlar rotori" 1924-yil oktabr oyida rus
ixtirochilari aka-uka Ya.A. va A.A.Voroninlar ko'ndalang
rotor turbinasining
ixtirosi uchun patent olganlar, 1925-yili esa fin sanoatchisi Sigurd Savonius
bunday turbinalarni ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etgan;
aylanish o'qi gorizontal bo'lgan shamol generatorlari. Ular 40%
gacha bo'lgan samaradorlikka ega bo'lib, kichik parraklar va kichik ko'p
pog'onali tezlik bilan aylanadi.
12.3.2-rasm. Shamol generator qurilmasi.
Dostları ilə paylaş: