Xorijiy investitsiyalar fanidan


 Investitsion loyihalarni baholash muammolari



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/42
tarix24.04.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#101914
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Хорижий инвес

 
10.3. Investitsion loyihalarni baholash muammolari 
 
Hozirda Uzbekiston Respublikasi hududida ishlab turgan chet ellik tashkilotlar 
vakolatxonalarining biznesga texnikaviy yordam berish va qo’llab-quvvatlash 
salohiyatidan tuliqrok foydalanish imkoniyatlari mavjud. Masalan, nemis iqtisodiyoti 
vakolatxonasida zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, uskunalar ishlab 
chikaradigan firmalar rekvizitlari buyicha axborotlar olish mumkin. Bundan tashqari
katta ekspertlar jamiyati marketing sohasi, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ishlab 
chiqarish menejmenti buyicha nemis mutaxassislarining bepul maslahatlarini tashkil 
etadi. GTZ, ICE, TIKA, JICA va xokazolardagi xuddi shunga uxshash 
mutaxassislarning moliyaviy va tashkiliy yordamlaridan foydalangan holda chet elda 
eksport mahsulotini reklama qilish va olg’a siljitish buyicha ko’rgazmalar, 
shuningdek o’quv seminarlari tashkil etish mumkin.
Loyihani baholashda ushbu loyihani taklif etuvchi kompaniyaning moliyaviy-
iqtisodiy tahlili zaruriy komponent bo’ladi. Kompaniyaning layoqati va 
barqarorligiga ishonch hosil qilgandan keyingina loyihaning o’zini tahlil qilish va 
uning moliyalash to’g’risida qaror qabul qilish mumkin bo’ladi. 
Investitsiya kiritish asosida kelajakda foyda olish ko’zda tutiladi. Buning uchun 
albatta, puxta o’ylab ish tutish lozim. Dastlab investitsiya kiritish loyihasi tuzib 
olinishi shart. Har qanday loyiha tuzish asosida albatta, bir qancha fikrlar majmuasi, 
nazariy yoki amaliy tadqiqotlar asosida malakali konstruktorlarni yangi mahsulot va 
texnologiyalarni yaratishga undaydi. 
Investitsiyaviy izlanishning oraliq farq darajalari doim shartli belgilanadi. 
Investitsiyalashtirishdan oldingi kuzatish ishlarini olib borish uchun kapital 
qo’yilmaning umumiy qiymatidan 0,8%-5% gacha ajratiladi. Investitsiyallashdan 


42 
oldingi bosqichni muddatini aniq belgilash juda murakkab bo’lib bu 
loyihalashtirishga bog’lik bo’ladi. 
Loyihalarni investitsiyalash jarayoni davomida korxona aktivlari ya’ni, o’z 
mablag’lari shakllanib boradi. SHu bilan birga boshqa korxonalar bilan mahsulotlar 
yetkazib berish bo’yicha shartnomalar tuzilib boradi, ishchi xizmatchilarni ishga 
qabul qilish jarayoni boshlab yuboriladi 
Investitsiyadan foydalanish jarayonida loyihaga quyilgan investitsiyadan kelgan 
samaradorlik belgilanadi.
Bu jarayonda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
-ishlab chiqarilgan mahsulotni sertifikatsiyalash; 
-broker va diller aloqalarini tashkil qilish
-loyihani iqtisodiy ko’rsatkichlari monitoringini o’tkazish. 
Har qanday investitsiyani loyihalashtirish ma’lum bir darajadagi bilim va 
ko’nikmalarni talab etadi. SHu o’rinda aytish joizki, har qanday investitsion loyihani 
samaradorligini aniqlash uchun bu loyihani qanday fikr asosida tuzilganiga, uning 
muddatiga, investitsiya miqdoriga va inflyatsiyaning darajasiga e’tiborni qaratish 
lozim. Bu bilan biz investitsiya jarayonida uchraydigan bir qancha muammolarni 
oldini olgan bo’lamiz.

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin