etildi, 800 ga yaqin o„quvchi chet ellarda ta‟lim oldi, ko„pgina o„qituvchilar xorijiy
davlatlarning ilg„or tajribalarini o„rganish maqsadida chet mamlakatlarga borib qaytdi.
O„rta maxsus ta‟lim sohasida viloyatlarda, joylarda biznes maktabi, kichik va o„rta
maktab uchun kasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib
chiqqan holda, yangi mutaxassislik (fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va hokazo)
lar kiritildi.Unga binoan, yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq
kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar bo„yicha
mutasaddi tashkilotlar va oliy ta‟lim muassasalariga ham biriktirilishi tufayli bu
bosqichda o„quv jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarini ish bilan
ta‟minlanishiga e‟tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi.
2017-yilgi islohotlar.
2017-yil umumta‟lim va o„rta maxsus kasb-hunar ta‟limi tizimida tub islohotlar yili
bo„ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va
mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari
o„rtasida o„tkazilgan so„rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoev
tashabbusi bilan 9+3, ya‟ni 12-yillik majburiy ta‟limdan 11-yillik ta‟limga qaytildi. 2017-
yilning o„zida 10-sinf o„quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi va 10
mingga yaqin umumta‟lim maktabida 11-yillik ta‟limga o„tilgan holda o„qitish tizimi
yo„lga qo„yildi. 1998-2016 yillarda O„zbekistonda bunyod etilgan o„rta maxsus, kasb-
hunar ta‟limi muassasalari. 11 yillik ta‟limga o„tish bo„yicha so„rovnoma natijasi
otaonalarning 70 foizidan ortiq qismi 11 yillik ta‟lim qayta tashkil etilishi tarafdori
ekanini ko„rsatdi. 143 ta 1412 ta 28 ta Kasb-hunar kollejining fi liallari Kasb-hunar
kolleji Akademik litsey 75 Maktabgacha ta‟lim tizimi uzluksiz ta‟limning birlamchi, eng
asosiy bo„g„inidir. Maktabgacha taʼlim, 6–7 yoshgacha oilada, bolalar bog„chasida va
boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi.
Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko„ra, inson o„z umri davomida oladigan
barcha axborot va ma‟lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo„lgan davrda oladi. Shu bois,
bolalarning sog„lom va bilimli, yetuk kadrlar bo„lib voyaga yetishida bog„cha tarbiyasi
juda muhim o„rin tutadi. Maktabgacha ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta‟lim muassasalari tarmog„ini
kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta‟minlash maqsadida O„zbekiston
Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017-yil 30-sentabrda «Maktabgacha ta‟lim tizimini
boshqarishni takomillashtirish to„g„risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko„ra,
Maktabgacha ta‟lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog„iston
maktabgacha ta‟lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta‟lim bosh boshqarmasi,
viloyatlarning maktabgacha ta‟lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi
bo„limlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: