Ер.
ф.
с =
Ям
ЭМ
Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so`m
EM - jami ekin maydoni, ga
Y.m. – yalpi mahsulot, so`m
Bu ko`rsatkich doimo o`sib borsa ijobiy rivojlanish hisoblanadi. Albatta uning
darajasiga juda ko`plab omillar (iqtisodiyotning, texnologiyaning rivojlanganlik darajasi,
inflyatsiya darajasi, ekin turlari va mahsulotlarga shakllanadigan narxlar darajasi....) ta`sir
etadi.
2). Yer birligi hisobiga olingan foyda miqdori, so`m. Bu ko`rsatkich quyidagi formula
yordamida aniqlanadi.
Ер.
ф.
с =
Ф
ЭМ
Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so`m
EM - jami ekin maydoni, ga
F. –jami olingan foyda (yoki sof foyda), so`m
Ushbu ko`rsatkich natijalari ham o`sib borgan holdagina ijobiy sanaladi. (Unga ta`sir
qiladigan omillar juda ko`p va uning o`sish darajasi qanday bo`lishi boshqa masala).
Albatta, yerdan ajratmagan holda suv resurslaridan foydalanishni ham o`rganish lozim.
Ayniqsa, mamlakatimiz uchun resurslarining ahamiyati katta. Shu sababli 1 metr kub suv
hisobiga olingan mahsulot miqdori undan foydalanishning samarasini bildiradi. Bu
ko`rsatgichlarni natura va qiymat holida hisoblash mumkin.
Dostları ilə paylaş: