Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/110
tarix27.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#103602
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110
Samarqand davlat arxitektura-qurilish

3.2. Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar
Kompyuter axborot tizimlari o’rtasida eng katta taraqqiyot sun’iy intellektdan foydala-
nishga asoslangan ekspert tizimlarini ishlab chiqish sohasida qayd etildi.
Ekspert tizimi menejerga yoki mutaxassisga tizimlarda to’plangan bilishlarga doir har
qanday muammo bo’yicha maslahat olish imkoniyatini beradi.
Misol. AQShning davlat agentligi shunday bir ekspert tizimini yaratgan. U ob-havo va
g’allaga tegishli ma’lumotlarni tahlil qilib, fermerlarga irrigasiya, o’g’it solish va hosil olishning
optimal vaqtini belgilaydi.
Sun’iy intellekt deyilganda, odatda kompyuter tizimlarning shunday harakatlarni bajarish
qobiliyati tushuniladiki, agar bu harakatlarni odam bajarganda uni intellektual deb atash mumkin
bo’lardi.
Aksariyat hollarda bu yerda odamning fikrlashi bilan bog’liq, qobiliyatlar nazarda tutiladi.
Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar ekspert tizimlari bilan chegaralanmaydi. Shuningdek, ular o’z
ichiga odamning asab tizimi, uning eshitish, ko’rish, sezish, o’qish–o’rganish qobiliyatini
modellashtiruvchi robotlar, tizimlar yaratishni ham oladi. Maxsus masalalarni yoki vazifalarni
hal qilish maxsus bilimlarni talab etadi. Lekin har qanday kompaniya ham o’z shtatida uning ishi
bilan bog’liq barcha muammolar bo’yicha ekspertlarni saqlay yoki hatto har safar bunday
muammolar paydo bo’lganda ularni taklif qila olmaydi. Ekspert tizimlari texnologiyasidan
foydalanishning bosh mohiyati ekspertdan uning bilimlarini olish va uni kompyuter xotirasiga
kiritib, har safar zaruriyat tug’ilgan hollarda undan foydalanishdan iboratdir. Ekspert tizimlari
sun’iy intellektning asosiy ilovalaridan biri bo’lib, ekspertlarning u yoki bu bilim sohasidagi
tajribalarini evristik qoidalar shaklida transformasiyalovchi kompyuter dasturlaridan iboratdir.
Evristiklar qarorlar qabul qilishi qo’llab–quvvatlash texnologiyalari doirasida masalalarni har
qilish uchun foydalaniladigan oddiy algoritmlar singari ishonch bilan optimal natija olishni
kafolatlamaydi. Lekin ko’pincha ulardan amalda foydalanish uchun yetarli darajada maqbul
bo’lgan yechimlarni beradi. Bularning hammasi ekspert tizimlaridan maslahat beruvchi tizimlar
sifatida foydalanish imkoniyatini beradi.
Ekspert tizimlarida va qarorlar qabul qilishni qo’llab–quvvatlash tizimlarida foydala-
niladigan axborot texnologiyalarining o’xshash tomonlari shundan iboratki ularning har ikkalasi
ham qarorlar qabul qilishning yuqori darajasini ta’minlaydi. Lekin ularning uchta muhim
farqlari bor:
· birinchi farq shu bilan bog’likki, qarorlar qabul qilishni qo’llab –quvvatlash tizimi
doirasida muammolarni hal qilish foydalanuvchining uni tushunish darajasini va qarorni olish
hamda fikrlash imkoniyatlarini aks ettiradi. Ekspert tizimlari texnologiyasi, aksincha,
foydalanuvchiga uning imkoniyati darajasidan oshib ketadigan qarorlar qabul qilishni taklif
etadi;
· ko’rsatilgan texnologiyalarning ikkinchi farqi–ekspert tizimlarining o’z fikr –
mulohazalarini qarorlar qabul qilish jarayonida tushuntirib berish qobiliyatida aks etadi.
Aksariyat hollarda bu tushuntirishlar foydalanuvchi uchun qarorning o’zidan ham muhim
bo’ladi;


· uchunchi farq–axborot texnologiyalarining yangi komponenti bilimlardan foydalanish
bilan bog’liq.
Ekspert tizimida foydalaniladigan axborot texnologiyalarning asosiy komponetlari
quyidagilardan iborat: foydalanuvchining interfeys, bilimlar bazasi, interpretator, tizimni yaratish
moduli.
Mutaxassis ekspert tizimiga axborot va buyruqlarni kiritish va undan chiqarib beriladigan
axborotni olish uchun interfeysdan foydalanadi. Buyruqlar bilimlarga ishlov berish jarayonining
yo’naltirish parametrlarini o’z ichiga oladi. Axborot, odatda muayyan o’zgaruvchilarga
beriladigan qiymatlar shaklida beriladi. Menejer axborotni kiritishning to’rtta usulidan
foydalanishi mumkin: menyu, buyruqlar, tabiiy til va o’z interfeysi. Ekspert tizimlari
texnologiyasi chiqarib beriladigan axborot sifatida faqat yechimlarni emas, balki zaruriy
tushuntirishlarning ham olish imkoniyatini ko’zla tutadi. Tushuntirishlarning ikki turi farqlanadi:
· so’rovlar bo’yicha beriladigan tushuntirishlar. Foydalanuvchi istalgan vaqtda ekspert
tizimidan o’z harakatlarini tushuntirib berishni talab qilishi mumkin;
· muammoni hal qilish bo’yicha olingan yechimni tushuntirish. Foydalanuvchi yechimni
olganidan so’ng u qanday olinganligini tushuntirib berishni talab qilishi mumkin. Tizim masalani
yechishga olib kelgan o’z mulohazalarning har bir qadamini tushuntirib berishi zarur.
Ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy bo’lmasa ham, bu tizimlarning foydalanish
interfeysi do’stona bo’lib, odatda, muloqot olib borishda qiyinchiliklar tug’dirmaydi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin