5. Texnik talablar
Elektron axborot-ta’lim resurslari (EATR) axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining rivojlanishining zamonaviy talablariga mos bo’lishi shart. Elektron axborot-
ta’lim resurslarini ishlab chiqishda bu sohada dunyoning eng ilg’or mamlakatlari tajribalarini
joriy etish, EATR ni tayorlashda ular foydalanayotgan eng yangi dasturiy mahsulotlar,
qo’llayotgan texnologiyalardan samarali foydalanish kerak. Elektron axborot-ta’lim resurslari
(EATR) maktablardagi shaxsiy kompyuterlarda, lokal tarmoqda va Internet orqali onlayn
tizimida ishlash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak va shu o’rinda yuklanishi og’ir bo’lmasligi
kerak. Elektron axborot-ta’lim resurslaridan foydalanuvchilar asosan maktab o’qituvchilari va
o’quvchilardir. Shuning uchun ularni ishga tushirishda turli parollar qo’llash va ro’yxatdan
o’tkazish shartlari qo’llanilmasligi kerak. Elektron axborot-ta’lim resurslaridan foydalanish
tezligini pasaytiradigan va ortiqcha dasturlarni o’rnatish talab etilmasligi zarur.
6. Hujjatlar. Elektron axborot-ta’lim resurslar quyidagilarni o’z ichiga olgan foydalanuvchi
yo’riqnomasiga ega bo’lishi lozim: -resursdan foydalanish tartibi aks ettirilgan texnik
yo’riqnoma; resursdan ta’lim jarayonida foydalanish, ya’ni dars jarayonida qo’llash mumkin
bo’lgan uslubiy tavsiyalar (shu jumladan, tavsiya etilgan foydalanish ssenariyi) keltirilgan
yo’riqnoma.
Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki: Elektron axborot ta’lim resursi maqsadga
yo’naltirilgan, shaxsning rivojlanishiga mo’ljallangan, ta’lim maqsadiga erishish uchun
pedagogik metodlar va texnologiyalarning uslubiy izchililigiga ega bo’lgan pedagogik ssenariy
asosida tuziladi. O’quv materialining joylashtirilishi tuzilmasi pedagogik ssenariyga mos tarzda
amalga oshiriladi va ta’lim berish sifatini oshirish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: