Samarqand davlat arxitektura-qurilish


 Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta'limiy maqsadlarda samarali



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/110
tarix27.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#103602
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   110
Samarqand davlat arxitektura-qurilish

13.1. Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta'limiy maqsadlarda samarali
va xavfsiz foydalanishning pedagogik - ergonomik shart sharoitlari
Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida ham yuqori malakali informatika va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha mutaxassislar yetishib chiqishmoqda, undan
tashqari matematika, fizika kabi muxassisliklarni bitirganlar ham dasturlash bo’yicha ma’lum bir
qayta tayyorlash kurslarini bitirishsa, ularning intellektual boyligidan dasturiy mahsulotlar ishlab
chiqarish va sotish natijasida milliy iqtisodimiz rivojlanishiga katta xissa qo’shish mumkin
bo’ladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnik qismini respublikamizda ishlab
chiqarish uchun katta sarmoyalarni jalb qilish talab qilinadi, bu esa ham vaqt ham iqtisodiy
jihatda maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun ham biz asosan e’tiborimizni dasturiy


mahsulotlarni ishlab chiqarib avvalom bor o’zimizning ichki talabimizni qondirishimiz va undan
keyin eksportga yo’naltirishimiz lozimdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini maktabda ta’lim olishni boshlagan vaqtdan
boshlab ommaviy ravishda o’qitishni boshlashimiz kerak, chunki bu davrda o’quvchilar
ko’nikmalarga tez erishishadi. Keyingi bosqichda kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar
talabalari uchun maxsus davlat tilidagi multimedia kurslarini ishlar chiqib joriy qilish kerakdir.
Uchinchi bosqichda, oliy o’quv yurtlari bazasi va qolaversa texnologik parklar qoshida
dasturchilar sinfini shakllantirish kerak bo’ladi. Bundan tashqari, ta’limning barcha bosqichlarida
pilot loyihalarni o’tkazib, uning natijalari asosida kerakli qarorlar qabul qilish lozim; o’quv
jarayoni uchun ishlab chiqilishi kerak bo’lgan dasturiy mahsulotlar davlat tomonidan to’liq
moliyalashtirilishi kerak; mamlakat darajasida ta’lim resurslarini qamrab olgan yagona
ma’lumotlar bazasini shakllantirish lozim; respublika hududlarida ta’limni axborotlashtirish
darajasini doimiy ravishda tahlil qilib, uning asosida kerakli qarorlarni qabul qilish kerakdir.
Jahon amaliyoti axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamonaviy ta’lim berish
jarayonining barcha daraja va bosqichlariga kiritish lozimligini ko’rsatmoqda. Ta’limga
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilish va foydalanishdan asosiy maqsad –
ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, ya’ni ta’lim oluvchi va beruvchilar uchun yangi
imkoniyatlarni yaratib berishdan iboratdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini t a ‘ l i m j a r a yo n i g a keng ko’lamda joriy
qilish quyidagilarni beradi:
- o’quv va ilmiy axborotlarni talaba hamda professor - o’qituvchilar tomonidan qidirib topishga
ketadigan vaqtning qisqarishi;
- elektron o’quv adabiyotlar mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o’zgartirishni
tezlashtirilishi;
- talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun qo’shimcha vaqtning ajratilishi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’quv
jarayonida qo’llashning istiqbollari bo’lib multimedia-texnologiyalar asosida interaktiv
ma’ruzalarni tashkil qilish hisoblanadi. Ananaviy ma’ruzalar o’qishga nisbatan interaktiv
ma’ruzalarda talabalar o’qitish jarayoniga faol aralashishlari mumkin bo’lib, unda o’quv
materialining turli joyidan savollar berib, aniq javoblar olish imkoniga ega bo’ladilar.
Multimedia-texnologiyalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy dasturiy-
texnik vositalarining mujassamlanishi talabalarning, ya’ni audioaxborot (ovoz), videoaxborot

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin