«Uning (ya’ni, har bir kofir kimsaning) oldida jahannam bordir. (Jahannamda) unga yiringli suvdan berilganida, uni yutmoqchi bo‘ladi-yu (tomog‘idan) o‘tkazolmaydi, unga har tomondan o‘lii keladi-yu, u o‘lolmaydi...» (Ibrohim, 16-17-oyatlar).
«...Agar ular (tashnalik shiddatiga chidolmay) suv so‘rasalar, ularga eritilgan (dog‘langan) yog‘ kabi yuzlarni kuydirguvchi suv berilur. Naqadar yomon ichimlik u, naqadar yomon joy u» (Kahf, 29-oyat).
Keyin ularning «zaqqum» deb atalmish taomi xususida fikr et. Alloh taolo dedi:
«So‘ngra albatta sizlar, ey (qayta tirilishni) yolg‘on deguvchi gumrohlar! Shak-shubhasiz, (jahannamning o‘rtasida o‘sadigan) Zaqqum daraxtidan yeguvchi, undan qorinlaringizni to‘ldirguvchidirsizlar. So‘ng uning ustiga qaynoq suvdan ichguvchi, (ichganda ham) tashna, to‘ymas tuyalar kabi ichguvchidirsizlar!» (Voqea, 51 55-oyatlar).
«Darhaqiqat, u do‘zax qa’rida o‘sadigan bir daraxtdir. Uning butoqlari (dagi mevalari xunuklikda) xuddi shaytonlarning boshlariga o‘xshar. Bas, ular (ya’ni, do‘zaxilar) albatta undan yeb, qorinlarini to‘ldirguv-chidirlar. So‘ngra albatta ular uchun uning (Zaqqum mevalarining) ustiga qaynoq suvdan aralashtirilur (ya’ni, ularga majburan qaynayotgan suv ichirilur). So‘ngra albatta ularning yana qaytadan do‘zaxga qaytishlari bordir» (Ya’ni, qaynoq suv ularning butun ichki a’zolarini kuydirib bitganidan so‘ng endi do‘zax o‘ti ularning badanlarini
Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
kuydirur)» (Vassoffot, 64-68-oyatlar).
«(Ular) qizigan do‘zaxga kirur! Qaynab turgan bu loqdan yeug‘orilur!» (G’oshiya, 4-5-oyatlar).