Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...
www.ziyouz.com kutubxonasi
48
— Bu ayol o‘g‘liga qancha raxmdil bo‘lsa, Alloh taolo sizga undanda rahmliroqdir!
(Buxoriy rivoyati).
Bu xabarlarning barchasi Alloh taolo raxmatishshg cheksizlig‘iga dalolat qiladi.
Najotga xaqlimiz, degan da’vodan yiroqmiz, holimiz ma’lum. Hisob kunida bu
holimizga muvofiq muomala qilinmasligini marhamati keng Parvardigorimizning fazlidan
umid qilamiz.
Ollohim! Xalqingni tafovutli qilib yaratding. Yaratishingdan oldin ularni tanlading. Kimnidir badbaxt etding, kimnidir saodatmand! Kimnidir adashgan qilding, kimnidir to‘g‘ri yo‘lda! Gunohlarim tufayli meni badbaxtlar toifasidan qilma. Ollohim! Xar bir jonni yaratishdan oldin uning amallarini bilguvchi Zotsan. Sen bilgan narsadan hech bandang kochib kutula olmaydi! Meni o‘zingga itoat qiladiganlar jumlasidan ayla. Ollohim! Bandalaring harakatini O’zing taqdir etding. Biron narsa sening izningsiz xarakatdana olmas. Xarakatlarimga taqvoni asos qil. Ollohim! Yaxshilikni va yomonlikni yaratding. Yaxshilik va yomonlik qilguvchini ham yaratgan O’zing. Bas, meni yaxshilik qilguvchilar jumlasidan ayla. Ollohim! Jannat va do‘zaxni yaratding. Jannat va do‘zax ahlini yaratgan ham O’zing. Bas, meni jannat ahlidan qil. Ollohim! Qaysi bir qavmga zalolatni yor etding, ko‘kragini tangu tor etding. Bas, mening ko‘ksimni iymon uchun och, qalbimni iymon bilan ziynatla. Ollohim! Ishlarning tadbirini etguvchi O’zingsaya. Natijani ham belgilovchi O’zing. O’limdan so‘ng meni go‘zal hayot bilan tiriltir va O’zingga yaqin et. Ollohim! Kimki kunduzi va kechasini Sendan o‘zgaga ishonch va umid bog‘lab o‘tkazsa, ziyondadir. Ollohim, O’zing mening ishonchim va umidimsan. Mutloq kuch va qudrat O’zinggagina xosdir. www.ziyouz.com
2008