Alloh taolo rahmatining kengligi Rasululloh, sollallahu alayhi vasallam har bir ishni yaxshilikka yo‘yishni suyar edilar.
Biz ham Payg‘ambarimizga ergashib, har qanday holatda yaxshi gumonda bo‘laylik.
Chunki, biron amalimiz yo‘kki, u tufayli mag‘firatni umid qilmasak. Kitobimizning so‘ngini
Alloh taolo rahmatining kengligini zikr etish bilan nixoyalayapmiz. Umid qilamizki, Alloh.
taolo bizning dunyo va oxiratimizni xayr bilan xotimalasin.
«Albatta Alloh taolo O’ziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas. Shundan boshqa gunohlarni O’zi xohlagan kishilar uchun kechirur...» (Niso, 48-
oyat).
«(Ey Muhammad), Mening (turli gunohlar qilish bilan) o‘z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan nouiid bo‘lmangiz! Albatta Alloh (O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarshvd mag‘firat qilur...» (Zumar, 53-oyat).
Nimaiki qadamimizni toydirgan bo‘lsa yoki kitobimizda nimaiky qalamimizni
tug‘yonga tortgan bo‘lsa, Alloh taolodan mag‘firat tilaymiz. Amalimizga to‘g‘ri kelmagan
so‘zlarimiz uchun Allohdan mag‘firat tilaymiz. Alloh taoloning dinini bilamiz deb da’vo
qildik va bu jabhada nuk-sonli bo‘lganimiz holda bilganimizni zohir etdik, Alloh bizni
mag‘firat etsin.
Ulug‘ Zotning diydoriga yetiti yo‘lida qilinib, keyin unga boshqa maqsadlar aralashib
qolgan har qanday ilm va amalimiz uchun Allohdan mag‘firat tilaymiz. O’zimiz va’da
berib, keyin unga vafo qilishda kosirlik qilib qolgan har bir va’damiz uchun Allohdan
mag‘firat tilaymiz. Bizga berilgan qaysi bir ne’matni ma’siyat yo‘lida ishlatgan bo‘lsak,
Allohdan mag‘firat tilaymiz.
O’zimiz nuqson va qusurlar bilan sifatlangan holda ampi pukson va qusurlar haqida
ochiq, ba’zan kinoya bilan aytganlarimizni Alloh mag‘firat etsin. Bizni soxtalikka,
takallufga undagan har bir lahza uchun Allohdan mag‘firat tilaymiz. Yozgan
kitoblarimizda, tuzgan jumlala-rimizda berayotgan yoki olayotgan ilmimizda odamlarga
ziynatli bo‘lib ko‘rinishga sarflangan har bir daqiqa uchun Allohdan mag‘firat tilaymiz.
Bu istig‘forlardan so‘ng bizni va ushbu kitobni o‘qigan yoki tinglagan kishilarni Alloh