Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
degan gumonga bordik. 
— Faqat yaxshilik ro‘y berdi. Ulug‘ va qudratli Rabbim ummatimdan yetmish ming 
kishini hisob-kitobsiz jannatga kiritishni va’da qildi. Men esa bu uch kun davomida 
yanada ko‘proq ummatimshshg jannatiy bo‘lishini so‘rayverdim. Rabbim shu darajada 
karim, ulug‘ sahovat egasi ediki, yetmish ming kishining har biri uchun yana yetmish 
ming kishini menga ato etdi. Shunda men: 
— Ey Rabbim, ummatimning soni shunchaga yetadimi? deya so‘radim. 
— Faqat a’robiy ummatlaringiz hisobiga bu sanoqni sizga to‘ldirib beraman, dedi 
Rabbim» (Bayhaqiy rivoyati). 
Abu Zar Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Jabroil 
alayhissalom ulkan bir toshning yonida turib menga: 
— Ummatingizga xushxabar bering. Qaysi kishiki, Allohga shirk qilmasdan dunyodan 
o‘tsa, jannatga kiradi, dedi. 
— Ey Jabroil, (umrida biror marta Allohga shirk qilmagan bo‘lsayu, lekin) o‘g‘irlik va 
zino qilgan bo‘lsa-chi? so‘radim. 
— O’g‘irlik va zino qilgan bo‘lsa ham! dedi Jabroil. 
— O’g‘irlik va zino qilgan bo‘lsa ham? yana so‘radim. 
— O’g‘irlik va zino qilgan, hamr ichgan bo‘lsa ham! dedi Jabroil alayhissalom» 
(muttafaqun alayh). Abu Dardo aytadi: «Payg‘ambar alayhissalom: 
«Parvardigori (huzurida) turishidan (ya’ni, o‘zshpshg Parvardigor oldida 
turib xayoti dunyoda qilib o‘tgan bar-cha amallariga javob berishidan) qo‘rkqan 
kishi uchun ikki jannat bordir» (Rahmon surasi) oyatini o‘qidilar. Shunda men: 
— O’g‘irlik va zino qilgan kishi uchun hammi, ey Allohning rasuli? deb so‘radim. 
Payg‘ambar alayhissalom Rahmon surasining o‘sha oyatini qayta o‘qidilar. 
— O’g‘irlik va zino qilgan kishi uchun hammi, ey Allohning rasuli? yana so‘radim. 
Payg‘ambar alayhissalom mazkur oyatni yana takrorladilar. 
— O’g‘irlik va zino qilgan kigai uchun hammi, ey Allohning rasuli? deya yana 
so‘radim. 
— Ha, burning yerga ishqalangur, ey Abu Dardo, dedilar» (Ahmad rivoyati). 
Imom Muslim Abu Burdadai keltiradi: «Umar ibn Abdulaziz Payg‘ambar 
alayhissalomning quyidagi so‘zlarini otasi Abu Musodan rivoyat qiladi : «Payg‘ambar 
alayhissalom shunday dedilar: «Musulmon kishi vafot etar ekan, Alloh taolo uning 
o‘rniga byar yahudiy yoki nasroniyni do‘zaxga kiryatadi». 
Shunda Umar ibn Abdulaziz bu hadis haqikdtan ham Payg‘ambar alayhissalomdan 
rivoyat qilinganiga ishonch hosil qilish uchun otasidan Allohning nomiga uch marta 
qasam ichishni so‘radi. Otasi aytganlarini tasdiqlab, Alloh nomi bilai uch marta qasam 
ichdi» 
Rivoyat qiliiishicha, g‘azotlardan birida asirlar ora-sida go‘dak bola borligi ma’lum 
bo‘ldi. Asirlar o‘lja sifatida taqsimlandi. Lekin qancha nido qilinsa, ham bolani oluvchi 
topilmadi. 
Shunda asira ayollardan biri kun tig‘ida qiynalayotgan go‘dakka ko‘zi tushib, bor 
kuchi bilan u tomon otildi, yaqinlari ham ayolniig orqasidan yura boshlashdi. Darhol ayol 
bolani qo‘liga olib, bag‘riga bosdi. Butun gavdasi bilan qaynoq qumga chalqancha yotib, 
«bolam, bolam» deya unga ko‘ksini tutdi, sahroiing o‘tli hovuridan bolani to‘sdi. Bu 
holatga guvoh bo‘lgan barcha yig‘ladi, keyin ularni holi qoldirishdi. 
Payg‘ambar alayhissalom bu voqeadan xabar topgach, ularning qoshiga keldilar va 
asxobining raxmdilligidan xursand bo‘lib, shunday xushxabarni yetkazdilar: 
— Bu ayolning bolasiga bo‘lgan mehribonligidan xayratga tushyalsizmi? 
— Ha, deyishdi. 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin