Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc


«Hali (Qnyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulion bo‘lishni istab



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

«Hali (Qnyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulion bo‘lishni istab 
qolurlar» (Hijr,2-oyat) (Nasaiy rivoyati). 
Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «Mushfiq ona o‘z far-zandiga qanday mexribon 
bo‘lsa, Alloh O’zining mo‘min bandasiga undanda mehribonrokdir» (muttafaqun alayh). 
Jobir ibn Abdulloh deydi: «Qiyomat kunida kimning savob amallari gunohlaridan 
ziyoda kelsa, japnatga hisob-kitobsiz kiradi. Kimning savob amallari va gunohlari 
barobar kelsa, savol-javobi yengil o‘tadi va jannatga kiradi. Rasuli akramning shafoatlari 
nafsini halokatga sudragai, gunohdar yukini yelkasiga ortib olgan odam uchundir». 
Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Muso alayhissalomga: «Ey Muso! Qorun sendan 
yordam so‘radi, yordam bermading. Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, agar u mendan 
yordam so‘raganida, albatta yordam bergan va uni afv qilgan bo‘lardim» deydi. 
Sa’d ibn Bilol aytadi: «Qiyomat kuni ikki kishini do‘zaxdan chiqarish buyuriladi. 
Shunda Alloh taolo: «(Do‘zaxga tushishingiz) qo‘llaringiz sodir etgan gunohlar tufaylidir, 
Men bandamga zulm qilguvchi emasman» deydi va ikkalasini ham do‘zaxga qaytarishni 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
buyuradi. Bittasi zanjirlarini sudrab, buyurilgan joyga gaoshadi, do‘zax uni komiga 
chorlaydi. Ikkinchisi shoshmaydi. Alloh taolo yana qaytadan ularga do‘zaxdan chiqishni 
amr etadi. Savol-javob boshlanadi. Do‘zaxga shoshib kirib ketgani aytadi: «Gunohning 
xalokatli oqibatidan qo‘rkdim. Amringda sustkashlik qilmay, ikkinchi marotaba 
g‘azabingga yo‘likmay, dedim.» Do‘zaxga shoshmasdan kirgan deydi: «Sen hakda-
yaxshi gumonga bordim. Do‘zaxdan bir marta olib chiqqaningdan keyin kayta u yerga 
meni tashlamassan, degan o‘yga bordim». Alloh taolo u ikkisiga ham jannatga kirishni 
buyurdi». 
Rasuli akram aytadilar: «Qiyomat kuni Arishing ostvda bir munodiy shunday nido 
qiladi: «Ey Muhammad ummati! Mensizlarning ustingizdagi haqqimni o‘zingizga hadya 
qildim. Sizlar ham bir-biringizning xaqlaringizni o‘zaro hadya qilishing va Allohning 
rahmati bilai jannatga kiring» (Abu Said Kushayriy rivoyati). 
Sunojiy deydi: «Uboda ibn Somitning xuzuriga kirdim. U o‘lim to‘shagida edi, 
yig‘ladim. Shunda Uboda: «Nega yig‘layapsan, o‘zingni bos?! Allohshshg rasulidan 
eshitgan har bir xayrni sizga yetkizganman. Ammo bitta hadis bor, uni sizga stkizmagan 
edim. Bugun, jonim g‘arg‘araga kelgan bir paytda sizga uni aytay. Rasulullohning 
shunday deganlarini eshitganman: «Kimki «la ilaha illallohu va antsa Muhammadan 
rasululloh» deb guvohlik bersa, Alloh unga do‘zax o‘tini harom qiladi» (Muslim rivoyati). 
U Abdulloh ibn Amr ibn Os.aytadi: «Rasululloh shunday dedilar: «Alloh taolo Qiyomat 
kuni ummatimdan bir kishini xaloyiq ko‘z oldida qutqaradi. Keyin u kishining to‘qson 
to‘qqiz daftari ochiladi. Har daftar ko‘zning nazari yetadigan joy kadar kattadir. Alloh 
taolo u kishidan: 
— Bu daftarlarda bitilganlardan biron narsani inkor etasanmi? Amallarni yozib 
boruvchi farishtalardan norozi emasmisan? deb so‘raydi. 
— Yo‘q, (yozilg‘anlarning barchasi to‘g‘ri), ey Rabbim. deydi u kishi. 
— Biron uzrlik ishing bormi? 
— Uzrlik ishim yo‘q, ey Rabbim. 
— Bale, huzurimizda senga atalgan bir yaxshilik bor, bugun senga zulm yo‘q, deydi 
Alloh taolo va bir parcha bitikni unga ko‘rsatadi: «Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu 
anna Muhammadan Rasululloh». 
— Ey Rabbim, bu parchagina bitik shuncha daftarlar qoshida nima bo‘lardi? 
— Senga zulm qilinmas, deydi Alloh taolo. 
So‘ngra daftarlar tarozining bir pallasiga, haligi parcha bitik tarozining boshqa 
pallasiga qo‘yiladi, parchagina bitik shuncha daftarlardan og‘ir keladi. 
Demak, hech narsa Allohning ismidan og‘ir kelolmaydi» (Termiziy rivoyati). 
Qiyomat va Sirot vasf etilgan bir hadis so‘ngida aytiladi: «Kimning qalbida dinor 
misqolicha yaxshilik topsangiz, uni do‘zaxdan chiqaring». Ko‘p xalq do‘zaxdan chiqa-
rilganidan so‘ng farishtalar aytishadi: 
— Parvardigoro, do‘zaxdan chiqarishni buyurganlaringdan birortasini ichkarida 
qoldirmadik. Shunda Alloh taolo: 
— Qalbida yarim dinor misqolicha yaxshiligi bor bandamii do‘zaxdan chiqaring! deb 
buyuradi. 
Ko‘p xalq do‘zaxdan chiqadi va farishtalar: 
— Parvardigoro, bizga do‘zaxdan chiqarishni buyurganlaringdan birortasini u yerda 
qoldirmadik, deyishadi. Shunda Alloh taolo: 
— Qalbida zarra misqolicha yaxshilik bor bandamni do‘zaxdan chiqaring, deb amr 
qiladi. 
Ko‘p xalq do‘zaxdan chiqadi. So‘ng farishtalar: 
— Parvardigoro, do‘zaxdan chiqarishni buyurganlaringdan birortasini u yerda 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin