Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
31
Jahannamning ilon va chayonlari to‘g‘risida hech o‘ylaganmisan? Ularning zaharlari
o‘tkir, ko‘rinishlari qo‘rqinchli, sovuq qarashlaridan badanlar muzlaydi. Ularning hamla
bilan tashlanib, chaqib-chaqib olishlariga qanday chidash mumkin.
Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi:
«Kimgaki Alloh taolo mol-dunyo bersa-yu, u mol-dunyosining zakotini ado qilmasa,
o‘sha berilmagan zakoti Qiyomatda boshidan tuki to‘kilgan, ko‘zlari o‘rnida ikkita qop-
kora nuqta bo‘lgan ilon suvratida uning oldida paydo bo‘ladi. So‘ngra u do‘zaxiyga
o‘ralib, komiga tortar ekan, deydi: «Men sening mol-dunyongman, men sening
xazinangman» (Buxoriy rivoyati).
Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning ushbu oyatini tilovat
qildilar:
Dostları ilə paylaş: