www.ziyouz.com kutubxonasi
37
Rasuli akram bu haqda yana shunday deganlar:-«Jannatda-gi baland daraja egalarini
ulardan quyidagilar xuddi os-mon ufqlarida porlagan yulduzlarni ko‘rganday ko‘radilar.
Abu Bakr va Umar shulardandir...» (Termiziy rivoyati).
Jobir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat kiladilar: «Payg‘ambar
alayhissalom bizga:
— Sizlarga jannat ko‘shklarining xabarini beraymi? dedilar.
— Ota-onamiz Sizga fido bo‘lsin, ey Allohning rayouli, xabarini bering, dedik.
— Jannatda hamma tomoni gavhardan bunyod qilingan ko‘shklar bor. Bu ko‘shklar
shu darajada shaffofki, tashqa-risidan ichi, ichidan tashqarisi ko‘rinib turadi. Ko‘shk
ichkarisida na ko‘z ko‘rgan, na kuloq eshitgan, na inson xotiriga kelgan bir ne’mat,
tuganmas lazzat, adoqsiz surur bor, dedilar.
— Ey Allohning rasuli, bu ko‘shklar kim uchun hozirlangan? so‘radim.
— Shunday bir kishi uchunki, u salomni yoyadi, taom yedi-radi, davomli ro‘za tutadi,
tunda odamlar uyquga g‘ark pay-tda namoz o‘qiydi, dedilar.
— Ey Allohning rasuli, bularni kim bajara oladi? dedik.
— Ummatim bu ishlarni bajarishga qodir. Ular haqida sizlarga xabar berayinmi? Kim
birodariga yo‘liqqan paytda salom bersa yo alik olsa, demak u salomni yoygan bo‘ladi.
Kimki ahli oilasini to‘yguncha oziqlantirsa, taom yediruvchilar jumlasidan bo‘ladi. Kimki
ramazon oyida va har oyning uch kunida ro‘zador bo‘lsa, davomli ro‘za tutgan
hisoblanadi. Kimkya xufton va bomdod namozini jamoat bilan ado qilsa, tunda odamlar
ya’ni, yahudiylar, nasoralar va majusiylar uyquda paytda namoz o‘qigan bo‘ladi, dedilar
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. (Abu Naim rivoyati).
Alloh taoloning: «...abadiy jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritur» (Saf, 12)
oyati haqida Rasulullohdan so‘rashdi. Rasuli akram dedilar: «Pokiza maskanlar -
marjonlardan bunyod qilingan qasrlardir. Xar bir qasrda qirmizi yoqutdan bo‘lgan
yetmishta xovli, xar hovlida yashil zumraddan bo‘lgan yetmishta uy, har uyda bir taxt,
xar taxtda barcha ranglardan uyg‘un yetmishta to‘shak, xar to‘shakda ohu ko‘zli
xurlardan bir jufti halol bor. Xar uyda yetmishta dasturxon, xar dasturxonda yetmish xil
taom bor. Xar uyda yetmishta xodima bor. Mo‘min kishiga xar kuni ertalab shunday bir
quvvat beriladiki, kun davomida xodimlarning barchasi bilan qo‘shilishga kodir bo‘ladi»
(Abu Shayx rivoyati).
Jannat suvratini xayolingda jonlantir. Jannat ahlining baxtiyorligi va bu dunyoning
huzurhalovatini deb abadiy baxtiyorlikdan maxrumlarning hasrati haqida tafakkur et.
Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi:
«Jannat devorining g‘ishtlari kumush va oltindan, tuprog‘i za’faron, loyi mushkdir»
(Termiziy rivoyati).
Abu Hurayra Rasuli akramdan rivoyat qiladi: «Kimki ulug‘ va qudratli Alloh
tomonidan oxirat mayini totib, xushnud bo‘lmoqchi ekan, dunyo mayini tark etsin. Kimki
oxiratda Alloh kiydirgan ipak (kiyim) dan sururga to‘lmoqchi ekan, duyayo ipagidan voz
kechsin» (Tabaroniy rivoyati).
«Jannat daryolar tepaliklar yoxud mushk tog‘lar ostidan toshib oqadi» (Abu Hurayra
rivoyati).
Oxiratda jannat ahliga beriladigan eng ko‘rimsiz ziynat ham bu dunyoning barcha
zeb-ziynatlaridan afzaldir. Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday
deganlarini rivoyat qiladi: «Jannatdagi daraxt soyasi bir otliq yuz yil yuradigan masofa
qadardir. «O’ng tomon egalari yoyilgan soya (osti) dadirlar» (Voqea, 30-oyat).
Abu Umoma deydi: «Payg‘ambar alayhissalom sahobalari der edilar: «Ulug‘ va
qudratli Alloh a’robiylar va ularning savollari bilan bizga naf beradi. Bir a’robiy kelib:
— Ey Allohning rasuli! Alloh Qur’onda aziyat beruv-chi bir daraxtni zikr qilibdi.