Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc


«(Ey Muhammad), siz ularni barcha ish bitirilib (ya’ni, jannat ahli jannatga



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

«(Ey Muhammad), siz ularni barcha ish bitirilib (ya’ni, jannat ahli jannatga, 
do‘zaxilar do‘zaxga hukm qilinib), ular hasrat-nadomat qilib qoladigan Kundan 
- Qiyomatdan qo‘rqiting! (Bugun) ular g‘aflatdadirlar (shu sababdan), iymon 
keltiriaydilar» (Maryam, 39-oyat). 
Ajabo! Bu hukmdan so‘ng qanday qilib ko‘nglingga o‘yin-kulgu sig‘adi? O’zing hakda 
azaliy hukm qandayligini bilmaysan-u, yana nelar bilan mashg‘ulsan?!... 
 
 
Jannat va jannat ne’matlari 
Mana, oxiratning g‘am va qayg‘uga to‘la diyori bilan tanishding. Bilginki, buning 
muqobilida yana boshqa bir diyor ham bor. Bu diyorning ne’matlari, sururu quvonchlari 
xaqida fikr et. Bu ikki diyorning biridan uzoqlashgan kishi, shubhasiz, ikkinchisida qaror 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
topadi. Bas, lsahan-nam dahshatlari haqida uzoqrok o‘yla, qalbing xavfga to‘lsin. Jannat 
ahliga va’da kilingan, abadiy ne’matlar haqida ham uzoq fikr et, qalbing umidga to‘lsin. 
Nafsingni xavf kamchisi bilan haydab, umid bilan jilovla va sirotul mustaqimga yo‘lla. 
Ana shunda bukj mulkka yetasan, alamli azobdan xalos bo‘lasan. 
Ahli jannat xususida, ularning yuzlarida aks etgan ne’matlar jilvasi, mushk bilan 
muhrlangan may ila qondirilishlari haqida o‘ylaganmisan?! Jannat ahli oq durdan tikilgan 
chodirlar ichida, qizil yoqutdan bo‘lgan minbarlarda, yashil bolishlar va gilamlar ustida, 
may va asal ohayottan daryolar bo‘yida qurilgan so‘rilarda yastanib o‘ti-rurlar. Ularning 
atrofida xizmatga hozir g‘ulomlar va hech qachon qarimaydigan bolalar bo‘lur. Jannat 
ohu ko‘zli, xushxulq va go‘zal yuzli ayollar bilan ziynatlangan. Yoqut va marjondek nafis 
bu bokiralarga ilgari na bir ins va na bir jin tegingan... 
Ularning egnidagi" onpoq ipak ko‘zlarni qamashtiradi. Boshlaridagi inju va marjonlar 
qadalgan tojlari undanda nurafshon. Ishvalari sokinlik va osudalik bilan bezangan yuzlar 
qarib qolish kabi noqisliklardan holi. Ular jannat bog‘chalarining o‘rtasida yoqutdan 
bunyod etil-an chodirda yolg‘iz bo‘lurlar. 
Ularning xuzurida borlig‘i xayo bilan to‘silgan musaffo ohu ko‘z hurlar bor. Ustlarida 
esa mangu yosh bolalar oqar chashmadan qadahlarni, ko‘zalarni va kosalarni aylan-tirib 
tururlar. Yana ular uchun xuddi sadaf ichida yashirib qo‘yilgan gavhar misoli ohu ko‘z 
hurlar bordir. Bu hurlar jannat ahlining dunyo hayotida qilib o‘tgan solih amallarining 
mukofotidir. Ular jannatning chashmalar, daryolar oqib turgan emin maqomida, Qodir 
Podshoh huzuridagi rozi bo‘lingan o‘rinda Malikul Karim Parvardigorining jamoliga 
boqadilar. Ularning yuzlarida ne’matlar jilvasi porlaydi. Ularga na bir zaiflik, na bir xorlik 
yetadi. Balki ular Parvardigori tomonidan yog‘dirilayotgan turli ne’matlardan baxtiyor, 
o‘zlari istagan maskanda abadiy qolguvchidirlar. Ularga u yerda na bir xavf, na bir 
hazinlik yetmas, balki baloyu falokatlardan omondadirlar. 
Ular jannat taomlaridan yeydilar. Sut, may, asal to‘la daryolardan ichadilar. U 
daryolarning yerlari kumushdan, toshlari marjon, tuprog‘i mushk, o‘tlari za’farondir. 
Quyuq ko-fur aralashgan oq atirgul suvlariga to‘la bulutlardan yomg‘irlar yoadi. Jannat 
ahliga asli kumushdan bo‘lgan, dur, yoqut, marjonlar bilan ziynatlangan kadahlar, 
shuningdek, ichida muhrlangan may, aralashmasi chuchuk salsabil bo‘lgan may-kosalar 
keltiriladi. U maykosalardan nur porlaydi. Ularning sofligi shu darajadaki, mayning 
mayinligi va qir-mizi ranggi kosaning tashqari tomonidan bilinib turadi. Chunki, bu 
odamzodning san’ati emas, u bunday go‘zallikdan ojiz. Maykosalar chehrasidan nur 
yog‘ilayotgan xodimlar kaftida (jannat ahliga uzatilgan holda) turadi. 
Ha, xodimlarning nur porlayotgan yuzlari quyogaga o‘xshaydi, fakat, u yuzlardagi 
halovat, u ko‘zlardagi xusnu malohat quyoshda ne qilsin! 
Ajabo! Oxirat diyorining bu sifatlarig‘a, bu diyor ahlining o‘lmasligiga va jannat 
ahlining kutilmagan o‘zgarish, ofatbalolardan omonda ekanligiga aniq igaongan kishi, 
qanday qilib, oxiri xarobalikka yuz tutuvchi bu o‘tkinchi dunyoni o‘ziga do‘st bilishi 
mumkin?! Qanday Kilib, u diyor lazzatini, bu dunyo lazzatiga almashtirish mum-kin?! 
Allohga qasamqi,agar jannatda sihatsalomatlik bilan birga o‘lim, ochlik, tashnalik 
kabi ofatlardan omonlik bo‘lsa-yu, boshqa hech narsa bo‘lmasa, faqat shu sababning -
o‘zi ham bu dunyodan yuz o‘girishga arziydi. Nega endi oxirat dshzri bu dunyodan ustun 
ko‘yilmasin? Axir, jannat ahli har qanday xavfdan omon podshohlardir. Ular turli-tuman 
ne’matlar ichida shod-xurram, xohlagan ne’matlari oldida muhayyo! Ular xar kuni Arsh 
yonida hozir bo‘lib, 
ALLOHNYNG 
diydoriga nazar soladilar... 
Abu Hurayra Rasuli akramning shunday deganlarini ri-voyat qiladi: «Munodiy,-nido 
qiladi: «Ey jannat ahli! Endi siz hamisha sog‘lomsiz, hech qachon dardga chalinmaysiz, 
hamisha tirdkeiz, hech qachon o‘lmaysiz. Doimo yoshsiz, hech qachon qarimaysiz. 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin