Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc


«...Bizlarni bu (ne’iatlarga) yo‘llagan Zot — Allohga hamdu sano bo‘lgay



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

«...Bizlarni bu (ne’iatlarga) yo‘llagan Zot — Allohga hamdu sano bo‘lgay. 
Agar bizni Alloh xidoyat qilmaganida hargiz yo‘l topa olmas edik...» deydi (A’rof, 
43-oyat). 
Keyin munodiy nido qiladi: «Mangu hayotsiz, hargiz o‘lmaysiz. Doimo bunda 
muqimsiz, hech qachon ketmaysiz. Hamisha salomatsiz, hsch qachon xastalanmaysiz». 
Rasuli akram dedilar: «Qiyomat kuni jannat eshigi oldida hozir bo‘laman, uning 
ochilishini so‘rayman Shunda jannat qo‘riqchilari: 
— Kim u? deydi. 
— Muhammad! deyman. 
— Sizdan oldin birorta kishiga eshikni ochmaslikka bu-yurilgan edim, deydi u» 
(Muslim rivoyati). 
Jannatdagi ko‘tpklar, u yerda darajalarning farqlani-pti to‘g‘risida ham fikr et. 
Chunki, oxirat daraja jihatidan eng yuksak, afzalligi jihatidan eng ulug‘ mezondir. 
Odamlar toatlarning zohiriy ko‘rinishida va botiniy xulqda bir-biridan farqlangani kabi 
amallariga ko‘ra takdirlanishda ham farqlanadilar. Agar yuksak darajalarni ko‘zlayotgan 
bo‘lsang, jiddu jaxd qil, toki Alloh taologa itoat qilishda hech kim sendan o‘zib 
ketolmasin. Axir, Alloh taolo ayni shu maydonda senga musobaqa va raqobatni 
buyurgan-ku! 
 (Ey insonlar), Parvardigoringiz tomonidan bo‘ladigan mag‘firatga hamda 
Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltirgan zotlar uchun tayyorlab 
qo‘yilgan, kengligi osmon va yer kengligi kabi bo‘lgan jannatta shoshilingiz...» 
(Hadid, 21-oyat). 
«U (may) ning muhri mushk bo‘lur. Bas, bahslashguvchi - musobaqa 
qilguvchi kishilar (iana shunday mangu ne’matga yetish yo‘lida) bahslashsinlar 
- musobaqa qilsinlar» (Mutaffifun, 26-oyat). 
Ajabo! Yaqinlaring yo qo‘shnilaringdan birortasi boyib ketsa yoki imoratini baland 
qilib ko‘tarsa, siqilasan, qiy-nalasan. Hasad tufayli xayoting achchik zardobga aylanadi. 
Lekin eng oliy qarorgoxda, jannatda shunday yaqinlaring yoki ko‘shnilar borki, ular o‘z 
fazilatlari bilan allaqa-chon sendan o‘zib ketdi. Bu fazilatlarga dunyo va undagi jamiki 
narsalar ham bas kelolmaydi. 
Abu Said Xudriy Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: 
«Ustma-ust, darajamadaraja joylashgan ko‘shk ahli jannatiylarga, bamisoli uzoq 
ufqlarda mag‘ribu mashriqqa sochilib, bir-biri bilan musoba-qalashayotgan yulduzlardek 
bo‘lib ko‘rinadi. 
— Ey Allohning rasuli, ular payg‘ambarlardan o‘zgasi yetolmaydigan manzilmi? deya 
so‘rashdi. 
— Jonim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, u Allohga iy-mon keltirgan va mursallarni 
tasdiqlagan kishilarning manzillaridir» (muttafaqun alayh) ; 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin