www.ziyouz.com kutubxonasi
39
Alloh taoloshshg «...Ular u joyda oltindai bo‘lgan bilakuzuklar va marvarid -marjonlar
bilan bezanurlar...» oyati tafsirnda aytganlar: «Ularning boshlarida tojlari bor. Tojlarga
qadalgan eng kichik injulardan taralayotgan vur mashriq va mag‘ribni yoritadi»
(Termiziy rivoyati).
Rasuli akram dedilar: «Jannat chodiri ichi g‘ovak bir durdir. Uning samodagi uzunligi
oltmish mil bo‘lib, xar burchagida mo‘minning ahli ayoli bor. Boshqalar uni ko‘rolmaydi»
(muttafaqun alayh).
Ibn Abbos aytadi: «Jannat chodiri kengligi ikki farsah kedadigan ichi govak durga
o‘xshaydi. Uning oltindan bo‘lgan to‘rtta eshigi bor» (Buxoriy rivoyati).
Abu Said Xudriy deydi; «Baland ko‘tarilgan ko‘rpachalar (usti) dadirlar» (Vokea, 34) oyati xususida Payg‘ambar alayhissalom shunday dedilar: «Ikki
ko‘rpachaning orasi osmon bilan yer qadardir» (Termiziy rivoyati).
Jannat ahlining taomi Jannat ahlining taomi Qur’onda zikr qilingan. Qushlar, shirinliklar, asal, sut kabi turli-
tuman noz-ne’matlar shular jumlasidan bo‘lib, ularning hisobi yo‘q. Alloh taolo deydi:
«...Qachon o‘sha (jannat) larning biror mevasidan bahramand bo‘lsalar: «Ilgari tatib ko‘rgan narsamiz-ku!» deyishadi. Zero, ularga (surati) bir-biriga o‘xshash me-valar beriladi...» (Baqara, 25-oyat).
Jannat ahlining sharobi haqida Alloh taolo ko‘p eslatgan. Rasuli akramning mavlosi
(qullikdan ozod qilingan kishi) Savbon hikoya qiladi: «Payg‘ambar alayhissaslom
huzurlarida tikka turgan edim. Yahudiy olimlaridan biri Rasuli akramdan bir qancha
narealarni so‘radi:
— Sirotdan kim avval o‘tadi?
— Muxojirlarning faqirlari!
— Jannatga kirganlarga qanday tuhfalar qilinur?
— Nahang jigarining ziyodasi (jigarning eng totgi qismi) — Undan so‘ng qanday taom bo‘lur?
— Jannat atrofida o‘tlab yurgan ho‘kizlardan so‘yilur!
— Ahli jannatning sharobi nima?
— Ularning sharobi «Salsabil» deb nomlanmitsd buloqdan olinur!
— To‘g‘ri aytding, dedi yaxudiy olimi (Rasuli akramning javoblariga tan berib)»
(Muslim rivoyati).
Zayd ibn Arqam deydi: «Yahudiylardan biri Payg‘ambar alayhissalom oldlariga kelib:
— Ey Abu Qosim! Sen jannat ahliniig u yerda yeb-ichishlarini tasdiq etmaysanmi?
deya so‘radi. Yaxudiy savol 6e-rishidan oldin do‘stlariga: «Agar Muhammad so‘zlarimni
tasdiqlasa, uni maglub etaman deb so‘z bergan edi. Rasuli akram yaxudiyning savoliga
shunday javob berdilar:
— Ha, jonim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, jannat ahli-nint xar biriga yeyish-ichish,
jimo’ qilishda yuz kishining quvvati berilur!
— Axir, ular yeb-ichsa, hojatlari nima bo‘ladi?
— Ularning hojatlari terilaridan toshib chiquvchi terdir. Bu terdan xushbo‘y mushk
taraladi. Jannat ahlining qorni juda ozg’in bo‘ladi» (Nasoiy rivoyati).
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Payg’ambar alayhissalomning shunday deganlarini
rivoyat qiladi: «Jannatdagi qush (parranda) larga boqib, ishtaxang ochiladi. Shunda ular
qovurilgan holda oldingga tushadi» (Bazzor rivoyati).
Huzayfa rivoyat qiladi: «Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: