www.ziyouz.com kutubxonasi
40
— Jannatda kattaligi tuyadek qushlar bo‘lur.
— Ularning go‘shtlari yoqimli va mayin bo‘lsa kerak, ey Allohning rasuli? so‘radi Abu
Bakr Siddiq.
— U go‘shtdan yegai kishi undan ham yoqimli va mayin bo‘ladi. Sen, ey Abu Bakr,
o‘sha qushlardan totadiganlardan birisan, dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam»
(Termiziy rivoyati).
Abdulloh ibn Amr Alloh taoloning: «Ularga oltindan bo‘lgan laganlar (da taomlar) va
qadahlar (da sharoblar) aylantirilur» (Zuhruf surasi, 71) oyati xususida deydi: «Ularga
oltindan bo‘lgan yetmishta laganda biri boshkd-siga o‘xshamagan taomlar aylantirilur».
Ibn Mas’ud: «U mayshshg mizoji-aralashmasi Tasnimdandir» (Mutaffifin, 27) oyati
tafsirida dedi: «Ashobi yamin-o‘ng tomon egalari aralashtirilgan, muqarrabun-Alloh
taologa yaqin qilinganlar toza, aralashmagan sha-robdan ichurlar».
Abu Dardo roziyallohu anhu mazkur oyat tafsirida dedi: «U sharob kumush kabi
okdir, muhrlangan. Agar dunyo ahlidan birortasi u sharobga barmog‘ini tiqib olsa, yer
yuzida uning xush bo‘ylarini tuymagan bironta jonzot qolmasdi».
Ohu ko‘z hurlar va hech qachon qarimaydigan bolalar Huri iyn - oxu ko‘z hurlar va vildon - hech qachon qarimaydigan, mangu yosh bolalar
vasfi Qur’oni karimda takrortakror zikr qilingan.
Anas roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomdan shunday rivoyat qiladi: «Bir
kecha-kunduz Alloh yo‘lida bo‘lish dunyo va undagi narsalardan yaxshiroq. Sizlardan
birortangiz jannatda yoy oralig‘icha yoki oyoq qadamlaricha joyni egallasa, bu dunyo va
undagi barcha narsadan yaxshiroq. Agar jannat ayollaridan bittasi yer yuziga chiqsa,
yeru ko‘k orasi yorishib, butun atrofni xush. bo‘ylar tutgan bo‘lardi. Jannat ayolining
boshidagi yopinchig‘i duiyo va undagi barcha narsadan yaxshirokdir» (Buxoriy rivoyati).
Anas ibn Molik Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini keltiradi: «Me’roj
kechasida jannatning la’l, ko‘k zabarjad va kizil yoqutdan bo‘lgan chodir bilan yopilgan
Baydax degan joyiga kirdim. Chodir ichidagilar menga: «Assalomu alayka yo Rasulalloh»
deyittsdi. Shunda men Jabroil alayhissalomdan:
— Ey Jibril, bu qanday nido bo‘ldi? deya so‘radim.
— "Ular chodirlarda asralgan hurlardir, Sizga salom berish uchun Parvardigoridan izn
so‘rashdi, ularga izn bo‘ldi, dedi Jabroil alayhissalom.
Keyin ular: «Biz erlaridan rozi bo‘lguvchi ayollarimiz, biz hech qachon
g‘azablanmaymiz. Biz bu yerda abadiy qolguvchilarmiz, deyishdi (Termiziy rivoyati) va
Payg‘ambar alayhissalom ushbu oyatni o‘qidilar: